Septik shokning diagnostik mezonlari:
Tana harorati 38-39°Sdan yuqori yoki 36,5 dan past bo`lishi va qaltirashning bo`lishi.Keksa bemorlarda paradoksal gipotermiya kuzatiladi;
Neyropsixik buzilishlar (dezorientatsiya, eyforiya, qo`zg`alish, sopor);
Giper yoki gipodinamik sindrom, qon aylanishning buzilishi;
Taxikardiya ( YUQS minutiga 100-120tadan ortiq);
Sistolik arteial bosim 90 mm sim ust. dan past;
Mikrotsirkulyasiyaning buzilishi (teri qoplamlarining sovuq, rangpar, ba‘zansezilarlisarg`imtir bo`lishi);
Taxipnoe va gipoksemiya (nafas harakatlari soni minutiga 20ta yoki RaSO2 32mm sim ust. dan
kam, akrotsianoz);
Oligoanuriya, siydik ajratish soatiga 30 ml dan kam yoki diurezni qo`llab turish uchun diuretiklar ishlatib turishni talab qiladi;
Laktat miqdori 2mmol/l.dan yuqori.
Ba‘zi klinitsistlar septik shokda uchlik simptomlarni ajratadilar: es-hushning buzilishi (dezorientatsiya va o`zini tutishining o`zgarishi), giperventilyasiya, infeksiya o`chog`ining bo`lishi.
Septik shokda intensiv terapiyaning asosiy tamoyillari:
Nafas olish va yurak qon -tomir tizimini qo`llash yo`li bilan kislorod transportini tiklash;Respirator tizim funksiyasini tiklash: o`pkalarda gaz almashinuvini va qonda kislorod miqdorini yaxshilash (SaO2=90%, RaO2 = 60mm.sim.ust.)
YUrak qon-tomir tizimi funksiyasini tiklash: infuzion terapiya yo`li bilan volemik buzilishlarni korreksiya qilish, yurak zarb hajmini me‘yordagidan ko`ra 1.5-2 marta oshirish;
Metabolik va organlardagi buzilishlar korreksiyasi;
Infeksiya o`chog`ini yo`qotish;
Samarali antibakterial terapiya uchun endolimfatik, limfatrop antibiotikoterapiyani qo`llash asosiy hisoblanadi.O`tkir buyrak etishmovchilini profilaktikasi (laziks)-siydik qopini kateterlash,soatlik, sutkalik diurezni nazorat qilish orqali.
YUqoridagi muolajalar shoshilinch va bir vaktda amalga oshirilishi kerak. Septik shokning maxsus terapiyasi mavjud emas. Respirator qo`llab quvvatlash. Sepsisda nafas etishmovchiligi 80% bemorlarda rivojlanadi. Bu esa o`pkaning yordamchi ventilyasiyasini talab qiladi. Deyarli barcha sepsis bilan og`rigan bemorlarda gipoksemiya kuzatiladi, shuning uchun ularga oksigenoterapiyaga ko`rsatma bo`lib hisoblanadi. Agar bemorda taxipnoe1 minutda 30 ga yaqinlashsa va SaO2 90%dan pasaysa traxeya intubatsiyasi rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |