Septik va infeksiontoksik shoklarning o‘ziga xosligi, Septik shok da qonda ham bakteriyaning o‘zi, ham uning toksinlari sirkulyatsiya qilsa, infeksiontoksik shokda faqatgina toksinlar sirkulyatsiy&si bo‘ladi.
Bakteriyalar 2 xil toksin chiqaradi:
` Ekzotoksin
• Endotoksin.
Ekzotoksinlarni gramm (+) musbat kokklar chiqaradi, lekin ekzotok sinlar kam hollarda shok holatmi yuzaga chiqaradi.
Endotoksinlarni gramm () manfiy bakteriyalar o‘z qobig‘idan chiqaradi va juda kuchli toksin hisoblanadi va og\ir shok holatlariga olib keladi.
To‘qimalarni holatiy siqilish sindrom ida shokning o‘ziga xosligi— bu sindrom uzoq vaqt davom etgan. mushak to‘qimasi siqilishi oqibatida yuz beradi, Bu aslida travmatik shokning bir varianti bo1 lib, lekin bun da shokning asosiy chaqiruvchisi og‘riq emas, balki to‘qimalar metab olizmida hosil bolgan oraliq mahsulotlar, toksinJar: sut kislotasi, gista min, serotonin, kininlar, tromboplastin, lizosomal fermentlar hisoblanadi.
Bu sindromda eritrotsitlar agregatsiyasi va TITQIS oqibatida eng avval buyraklar zararlanadi. Siydik qoramtir rangda bo‘lib, tarkibida mioglo bin va erkin gemoglobin boiadi. Idish tubida ko‘pik cho'kma o'tiradi. Agar diurez kamayib borsa bu yomon oqibat hisoblanadi o‘tkir buyrak yetishmovchiligi o‘limga olib kelishi .mumkin. Giperkaiemiya hisobiga yurak ritmi buziiishi kuzatiladi. Bufer tizimi kislotali tomonga oglgan bo‘lib metabolik atsidoz yuzaga keladi. Oqsilsiz erkin azot miqdori oshib boradi, uzluksiz qusish kuzatiladi va ionlar muvozonati buzilacli,
Neyrogen shok. Shokning eng kam uchraydigan turi bo‘lib ko‘proq travmatik tetraplegiya(bo‘yin umurtqasi sinishi oqibatidagi orqa miya jarohatida) yoki paraplegiyada, umurtqa pog’onasining yuqori qismlari travmasida yoki Gien Barre sindrornini og‘ir kechishida kuzatiladi.
Emdokrki shok. O ‘tk.ir buyrak usti bezi yetishmovchiligi uzoq vaqt qabul qilinayotgan. kortikosteroid gormonlarni to‘satdan qabul qiiishni to‘xtatganda yuz beradi va quyidagi: kollaps, adinamiya, qusish, qorinda og‘riq, ko'krak qafasida og‘riq, kapillyar o‘tkazuvchaniikni oshishi ko‘rinishda namoyon boiadi.
Laborator tekshirishda giponatriemiya, giperkaliemiya, gipoglikemiya, azotemiya, anemiya kuzatiladi.Shuni esda tutish kerak! H ar bir qo'shimcha jarohat shok hola tini og‘irlashtiradi, agarda ichkariga qon ketish, asfiksiya, anaerob infeksiya yoki ochiq pnevmotoraks bo‘Imasa operatsiyani bemorni shok holatidan chiqargunga qadar to‘xtotib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |