Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S
Download 185.15 Kb.
|
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi tibbiy yordam.
- Es-xushning tiniqligi bemor atrof-muxit, vaqt va o‘z xolatini baholay oladi, savollarga mos javob beradi. Es-xushning tiniqligi
- Retrograd amneziya
Uzoq vaqt bosilish sindromining kechishida 3 ta davr ajratiladi:
Erta davr-SHikastlangandan keyin 2-3 kun ichida kuzatiladi. Oraliq davr-3 nchi 12nchi kunlar ichida kuzatiladi Kech davri- 12 nchi kundan sung kuzatiladi. Erta davrda tananing shishi va gemodinamik o‘zgarishlar, oraliqda-buyrak etishmovchiligi, kech davrda jabrlanuvchi xolatining atsa –sekin sog‘ayishi kuzatiladi. Birinchi tibbiy yordam. Jabrlanuvchini bosib turgan buyumlar ostidan olib chiqish, nafas yo`llarini tozalash, muzli xaltacha quyish, ezilgan joylarga aseptik bog‘lam quyish, jaroxatli joyni elatsik bint bilan bog‘lash, qon ketayotgan bo‘lsa jgut quyish xamda transport immobilizatsiyasidan iborat. Zaxarlanishni kamaytirish uchun venaga suyuqliklar yuborish yoki ishqoriy suyuqliklar ichirish tavsiya etiladi. Og‘riq qoldirish maqsadida 1-2 ml, 1-2 % li promedol yoki narkotik analgetiklardan (morfin) foydalanish mumkin. Bosh suyagi yopiq va ochiq SHikastlanishi mumkin. Urib olish yoki lat eyish, miyaning ezilishi yopiq SHikastlanishga kiradi. Bu aksari o‘tmas buyumlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Jaroxatlanish esa ochiq SHikastlanishga kiradi. Bunda terining butunligi buzilib, qon oqadi. Bosh miya SHikastlanishlarida tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkil qilish uchun uning belgilariga e’tibor berish lozim. SHikastlangan odamda es-xush quyidagicha bo‘lishi mumkin: Es-xushning tiniqligi bemor atrof-muxit, vaqt va o‘z xolatini baholay oladi, savollarga mos javob beradi. Es-xushning tiniqligi-bemor atrof-muxit, vaqt va o‘z xolatini baholay oladi, savollarga mos javob beradi. Uyquchanlik xolati-bemor oddiy savollarga to‘g‘ri javob beradi, vaqt va turgan joyini aytib berolmaydi, uyqu tortadi. Sopor xolati-so‘zlarga javob bermaydi, faqat bemorda og‘riqqa javob reaksiyasi mavjud. Koma xolati-bemor ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilarga javob bermaydi. Ayrim asosiy reflekslargina saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin, nafas va Yurak faoliyati izdan chiqadi, asfiksiya xavfi paydo bo‘ladi, peshob tutiladi. Xotiraning o‘zgarishi: retrograd va anterograd amneziya tarzida namoyon bo‘ladi. Retrograd amneziya- SHikastlangan zaxoti xotirani yo‘qolishi va uni qisqa vaqt davom etishi. Anterograd amneziya-xotirani SHikastlangan davrdan to to‘la tiklanguncha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘qolishi. Ko‘z soqqasining xolati: miya chayqalgan odamda odatda ko‘zlari yopiq xolatda bo‘ladi. Ko‘z olmasining noto‘g‘ri joylashishi miyani og‘ir jaroxatlanishidan darak beradi. Ko‘z olmasining muvofiqlashmagan xarakatlanishi (nitsagm) ham miyani SHikastlanganini bildiradi. Ko‘z qorachig‘ining xolati qorachiqni qisqarishi sekinlashishi yoki yo‘qolishi miya SHikastlanganini bildiradi. Ko‘z qorachig‘ini bir tomonlama kengayishi (anizokoriya) miyaga qon quyilganda, miya ezilganda kuzatiladi. Ko‘z qorachig‘ini ikki tomonlama kengayishi va qorachiqni yorug‘likka reaksiyasini yo‘qolishi miyani ikki tomonlama bosilganligini bildiradigan noxo‘sh belgi xisoblanadi. Bundan tashqari miya SHikastlanganda mimik mushaklarni asimmetriyasi, ensa mushaklarini rigidligi va b. belgilar kuzatiladi. Download 185.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling