Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish
Download 32.52 Kb. Pdf ko'rish
|
3MARUZA
TEZKOR XIZMAT KO‘RSATISH VA ISHLARNI BAJARISH 1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskunalarda yakka o‘zi xizmat kiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi, shuningdek navbatchilik kilayotgan katta navbatchi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga, kolgan xodimlar esa III gruppaga ega bo‘lishi shart. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarda yakka o‘zi xizmat kiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi III gruppaga ega bo‘lishi kerak. Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunani to‘siksiz tok o‘tkazuvchi kismiga 3.1.- jadvalda kayd etilganidan kam masofaga yuk ko‘taruvchi va boshka mashina- mexanizmlarning xamda shaxslarning yakinlashishi man etiladi. Elektrostansiya va podstansiya elektr uskunalarini yakka o‘zi ko‘rib chikishni elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi, yoki V gruppaga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodim yoki korxona raxbariyati bajarishi mumkin. Elektrotexnikaga alokasi bo‘lmagan xodimlar elektrostansiya va podstansiya elektr uskunalarini ko‘rib chikishni va ekskursiyani korxona ma’muriyati ruxsati bo‘lgan, yakka o‘zi ko‘rib chikish xukukiga ega bo‘lgan IV gruppali xodim nazorati ostida o‘tkazishi mumkin. Elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rib chikish ushbu koidaning 14.5.1 va 14.5.2 bandlariga binoai amalga oshirilishi mumkin. Ushbu elektr uskunalarida xizmat kilmaydigan xodimi elektr uskunaga navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi yoxud, yakka o‘zi ko‘rib chikish xukukiga ega bo‘lgan xodim xamroxligida ijozat berib kirgizish mumkin. Nazoratchi xodim elektr uskunada ishlashga ruxsat etilgan ishchi xavfsizligini to‘la ta’minlashi, xamda tok o‘tkazuvchi kismiga mutlako yakinlashmaslik xakida ogoxlantirishi kerak. Kuchlanishi 1000 V-dan yukori bo‘lgan elektr uskunalarni ko‘rib chikish paytida tok o‘tkazuvchi kismlari 3.1.-jadvalda ko‘rsatilgandan kam masofaga yakinlashishga qarshi ko‘yiladigan to‘siklar bilan jixozlanmagan xona va xujralarga kirish man etiladi. Kuchlanishi 1000 V-gacha bo‘lgan elektr uskunni ko‘rib chikishda shchit, elektr uskuna, o‘lchov asbobi joylashgan shkaf, boshkaruv pulti va boshka uskunalar eshigini ochishga ruxsat etiladi. Elektr uskunani ko‘rib chikish jarayonida biror-bir ishni bajarish man kilinadi. 6-35 kV kuchlanishli elektr uskunada erga tutashish sodir bo‘lsa, xodimlarni yopik taksimlovchi elektr uskunada 4-metrdan ochik taksimlovchi elektr uskuna va uzatish tarmog‘ida 8-metrdan kam masofaga yakinlashishga fakat tarmokni tezda o‘chirish, iste’molchini boshka tarmokdan ulash, xamda kuchlanish ta’siriga tushib kolgan shaxsni kutkarish uchun ruxsat etiladi. Bunday xollarda, elektr uskunada ishlatiladigan ximoya vositalaridan foydalanish kerak. Kuchlanishi 1000 V dan yukori ko‘l privodan ajratgich (raz’edinitel), uzgich (otdelitel) va o‘chirgich (vыklyuchatel) uskunalarini o‘chirish va yokishda dielektrikdan ko‘lkopdan foydalanish kerak. Saklagich ko‘yish va olishda ushbu tarmokdan kuchlanishni olish shart. Kuchlanishni olib tashlovchi kommutatsion apparatlar o‘rnatilmagan elektr ko‘shilmada, saklagichni kuchlanish ostida olish va ko‘yish, shu tarmokka ulangan iste’molchi o‘chirilgan takdirda ruxsat etiladi. Ikkilamchi zanjir va yoritish tarmoklarida, kuchlanish transformatorida saklagichni kuvvatni olmasdan va kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat etiladi. Kuchlanish ostida saklagichni almashtirish kerak bo‘lib kolsa, kuyidagi ximoya vositasidan foydalanish zarur: 1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskunada dielektrik ko‘lkop va ximoya ko‘zoynagini ko‘llagan xolda ombir (shtanga)-dan; 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada izolyasiyalangan ombir yoki dielektrik ko‘lkop va ximoya ko‘zoynagidan foydalaniladi; Kommutatsion apparatlar bilan jixozlanmagan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan shchit va yig‘ilmalarda o‘rnatilgan saklagichlar (predoxranitellar) ustma-ust, fazalar vertikal joylashgan bo‘lsa, saklagichni olish va ko‘yish iste’molchidan kuvvatni olmasdan turib, kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat etiladi. Bunday paytda ko‘zni ximoya kilish vositasi o‘rniga yuz (bet)-ni ximoya kilish vositasidan foydalanish tavsiya kilinadi. Ish olib borilayotgan elektr uskuna xujrasidan tashkari, xonada kolgan barcha xona, xujra, shchit va yig‘ilmalarning eshiklari kulflangan bo‘lishi kerak. 1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskuna (yopik komplekt, ochik taksimlovchi elektr uskunaning xona va xujralari), xamda 1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskuna tashkarisida joylashgan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan shchit va elektr uskuna shchit va yig‘ilmalarning kalitlari navbatchi xisobida bo‘lishi shart. Navbatchi bo‘lmagan elektr uskunalarida kalitlar ma’muriy- texnik xizmatchi xisobida bo‘lishi mumkin. Xar bir kalit nomerlangan bo‘lishi darkor. Kalitlarning bir komplekti zaxirada saklanishi shart. Kalitlar tilxat bilan kuyidagi xodimlarga berilishi kerak: - yakka o‘zi ko‘rib chikish xukukiga ega bo‘lgan xodimlarga—barcha xonalarning kalitlari; - tezkor-ta’mirlovchi xodimlar ichidan ajratilgan ishlashga ijozat beruvchi shaxsga, ish raxbari va ishboshiga, nazorat kiluvchiga—fakat ish olib borilishi uchun ajratilgan xona kaliti beriladi. Xar kuni ish tugagandan so‘ng va elektr uskuna ko‘rib chikilgandan keyin kalitlar albatta kaytarib topshirilishi kerak Navbatchi bo‘lmagan elektr uskunada ish olib borilganda ushbu elektr uskuna joylashgan xona kaliti, ko‘rib chikilgandan yoki ish batamom tugallangandan so‘ng, uzog‘i bilan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan topshirilishi kerak. Elektr uskuna joylashgan xona kalitini uzok muddatga berish elektr tarmog‘i korxonasining taksimlovchi elektr uskunalarida tezkor o‘chirish-yokish xukukiga ega bo‘lgan iste’molchi xodimiga xamda yakka o‘zi ko‘rib chikish xukukiga ega bo‘lgan navbatchiga, tezkor — ta’mirlash va ma’muriy-texnik xodimlarga berish zaruratini korxona bosh muxandisi belgilaydi. Kalitni olish va kaytarish jarayoni istalgan shakldagi ish jurnali yoki tezkor- dispetcherlik jurnallarida kayd kilinishi kerak. Elektr tokiga tushib, jaroxatlanganni kunkarish uchun elektr uskunadan kuchlanishni olish ruxsatsiz bajarilishi mumkin. 2. ISH BAJARISH TARTIBI Ishlab turgan elektr uskunada bajariladigan ishlar naryad bilan olib borilishi kerak Naryad nusxasi va uni to‘ldirishga oid ko‘rsatma 5-ilovada ko‘rsatilgan. Ushbu Koidada ko‘rsatilgan xollarda ishni farmoyish asosida bajarishga ruxsat beriladi. O‘zboshimchalik bilan ishlash xamda naryad yoki farmoyishda ko‘rsatilgandan ortik ish bajarish, ish joyini va ish xajmini kengaytirish man kilinadi. Naryad bilan ish kilinayotgan elektr uskunada xar kanday boshka ishni olib borish, naryad bilan ish olib borayotgan shaxs yoki ushbu naryadni bergan shaxs bilan kelishilgan xolda bajarilishi lozim. Kelishuv, ish joyini tayyorlashdan oldin, naryadda (2-jadval yonida) «Kelishildi» degan so‘z yozilib, kelishilgan shaxs imzosi bilan rasmiylashtiriladi. 1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskunasini xamda kuchlanishidan kat’iy nazar xavo elektr uzatish tarmog‘ini to‘lik (joriy) ta’mirlash texnologik karta yoki ish bajarish loyixasi bilan bajarilishi shart. Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari va kabel elektr uzatish tarmog‘ida kuchlanish ostida ish bajarilayotganda kuyidagilarni bajarish kerak: - ish joyiga yakin joylashgan kuchlanish ostidagi bexosdan tegib ketish extimoli bo‘lgan elektr uskunani to‘sish; - dielektrik kalishda, bo‘lmasa izolyasiyalangan taxtachada yoki dielektrik gilamchada turib ishlash; - izolyasiyalangan dastakli asboblar yordamida (otvyortkada bundan tashkari sterjeni xam izolyasiyalangan bo‘lishi kerak) ishlash, mabodo bunday asbob bo‘lmasa, dielektrik ko‘lkopdan foydalanish zarur. Engi kalta yoki engi shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek pichok, arra, egov, metalli metr va boshka shunga o‘xshash asboblardan foydalanish man kilinadi. Agar elektr uskuna ichida egilib ishlayotgan shaxc kfddini rostlaganda, elektr uskunani tok o‘tkazuvchi kismi bilan shaxc orasidagi masofa 3.1.-jadvalda ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘ladigan bo‘lsa, bunday xolatda ishlash man kilinadi. 6-110 kV kuchlanishli elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunasidagi to‘siksiz tok o‘tkazuvchi kismi, ishlayotgan shaxsning orka yoki ikki yon tomonida joylashgan xolatlarida ish bajarishi man kilinadi. Kuchlanish ostida bo‘lgan uskuna izolyatorlariga ximoya vositasisiz tegish man kilinadi. Xavo elektr uzatish va aloka tarmog‘ini kuchlanish ostidagi kismini (simlar, trosslarni) ulash yoki kesishdan oldin ularning potensiallarini tenglashtirish kerak. Kismlar potensialini tenglashtirish esa, ularni (kesilishi kerak bo‘lgan joyning ikkala tarafini) bir-biriga sim orkali ulash yoki bo‘linishi kerak bo‘lgan kismining ikkala tomonini aloxida-aloxida erga ulab, so‘ngra ularni xar birini umumiy bir erga ulagich uskunasiga ulash kerak. Elektr ximoya vositasidan foydalanib (izolyasiyalangan shtanga va ombirdan, o‘lchov shtangasi va ombirdan, kuchlanishni o‘lchovchi asboblar bilan) ishlaganda xodimning shu ximoya vositalarini izolyasiyalangan kismi uzunligidan boshlab, to elektr uskunaning kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi kismigacha bo‘lgan masofagacha yakinlashishga ruxsat etiladi. Ochik taksimlovchi elektr uskuna va xavo elektr uzatish tarmog‘ini kesishishgan oralig‘ida kuchlanish ostida bo‘lgan simdan pastda joylashgan sim (tros) va unga taallukli izolyator va armaturalarni almashtirishda, yukorida joylashgan kuchlanish ostida bo‘lgan simga, almashtirish uchun mo‘ljallangan simni siltab tortganda, tegib ketmasligi uchun ushbu o‘zgartirilayotgan sim ustiga o‘simlik yoki sintetik toladan to‘kilgan arkon tashlanadi. Kesishgan oralikda joylashgan simning ikki erdan ikkala tarafga arkon tashlab, uning uchlarini langar, inshoot poydevori yoki boshka joyga tortib maxkamlash kerak. Simni (trosni) ko‘tarish asta-sekin bir me’yorda bo‘lishi kerak. Podstansiya va elektr uzatish tarmoklarida kuchlanish ostidagi simlardan (troslardan) yukorida joylashgan simlar (troslar) va ularga taallukli izolyator va armaturada ishlash korxona raxbariyati tasdiklangan ish bajarish loyixasi bo‘yicha olib borilishi kerak. Ish bajarish loyixasida simni osilib tushib ketmasligi chorasi xamda ishlab turgan elektr uzatish tarmog‘i ta’sirida xosil bo‘lgan kuchlanishga qarshi ximoya choralari ko‘zda tutilishi kerak. Bunday ishlarni bajarishda kesishgan oralikda joylashgan simdan kuchlanishni olmasdan turib sim (tros) almashtirish man kilinadi. Xodim doimo shuni esda tutishi kerakki, agar elektr uskunada kuchlanish to‘satdan yo‘k bo‘lib kolsa, ogoxlantirmasdan unga yana kuchlanish berilishi mumkin. Korong‘i tushgan paytda ish olib berilayotgan joy, yo‘lkalar, u erga borish yo‘li va ish joyi yoritilgan bo‘lishi kerak. YOritilish darajasi bir xil bo‘lib ishchi ko‘zini tindirmasligi kerak. YOritilmagan joyda ishlash man kilinadi. Momakaldirok paytida xavo elektr uzatish tarmog‘i, xavo aloka tarmog‘i, ochik va yopik taksimlovchi elektr uskunalaridan chikkan elektr uzatish tarmog‘ida va elektr tarmog‘idagi ajratgichda, xavo elektr tarmog‘iga ulangan kabelda, xamda aloka apparatlari joylashgan xonani aloka liniyasi kirgan kismida va antenna-ustun joylashgan inshootlardagi barcha ishlar to‘xtatilishi kerak. Download 32.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling