Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish


Download 32.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1567158
Bog'liq
3MARUZA



TEZKOR XIZMAT KO‘RSATISH VA ISHLARNI BAJARISH 
1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskunalarda yakka o‘zi xizmat kiluvchi 
navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi, shuningdek navbatchilik kilayotgan katta 
navbatchi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga, kolgan xodimlar esa III gruppaga 
ega bo‘lishi shart. 
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarda yakka o‘zi xizmat kiluvchi 
navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi III gruppaga ega bo‘lishi kerak. 
Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunani to‘siksiz tok o‘tkazuvchi kismiga 3.1.-
jadvalda kayd etilganidan kam masofaga yuk ko‘taruvchi va boshka mashina-
mexanizmlarning xamda shaxslarning yakinlashishi man etiladi. 
Elektrostansiya va podstansiya elektr uskunalarini yakka o‘zi ko‘rib chikishni elektr 
xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash 
xodimi, yoki V gruppaga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodim yoki korxona 
raxbariyati bajarishi mumkin. 
Elektrotexnikaga alokasi bo‘lmagan xodimlar elektrostansiya va podstansiya elektr 
uskunalarini ko‘rib chikishni va ekskursiyani korxona ma’muriyati ruxsati bo‘lgan, 
yakka o‘zi ko‘rib chikish xukukiga ega bo‘lgan IV gruppali xodim nazorati ostida 
o‘tkazishi mumkin. 
Elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rib chikish ushbu koidaning 14.5.1 va 14.5.2 
bandlariga binoai amalga oshirilishi mumkin. 
Ushbu elektr uskunalarida xizmat kilmaydigan xodimi elektr uskunaga navbatchi 
yoki tezkor-ta’mirlash xodimi yoxud, yakka o‘zi ko‘rib chikish xukukiga ega bo‘lgan 
xodim xamroxligida ijozat berib kirgizish mumkin. 
Nazoratchi xodim elektr uskunada ishlashga ruxsat etilgan ishchi xavfsizligini to‘la 
ta’minlashi, xamda tok o‘tkazuvchi kismiga mutlako yakinlashmaslik xakida 
ogoxlantirishi kerak. 
Kuchlanishi 1000 V-dan yukori bo‘lgan elektr uskunalarni ko‘rib chikish paytida tok 
o‘tkazuvchi kismlari 3.1.-jadvalda ko‘rsatilgandan kam masofaga yakinlashishga 
qarshi ko‘yiladigan to‘siklar bilan jixozlanmagan xona va xujralarga kirish man 
etiladi. 
Kuchlanishi 1000 V-gacha bo‘lgan elektr uskunni ko‘rib chikishda shchit, elektr 
uskuna, o‘lchov asbobi joylashgan shkaf, boshkaruv pulti va boshka uskunalar 
eshigini ochishga ruxsat etiladi. 


Elektr uskunani ko‘rib chikish jarayonida biror-bir ishni bajarish man kilinadi.
6-35 kV kuchlanishli elektr uskunada erga tutashish sodir bo‘lsa, xodimlarni yopik 
taksimlovchi elektr uskunada 4-metrdan ochik taksimlovchi elektr uskuna va 
uzatish tarmog‘ida 8-metrdan kam masofaga yakinlashishga fakat tarmokni tezda 
o‘chirish, iste’molchini boshka tarmokdan ulash, xamda kuchlanish ta’siriga tushib 
kolgan shaxsni kutkarish uchun ruxsat etiladi. Bunday xollarda, elektr uskunada 
ishlatiladigan ximoya vositalaridan foydalanish kerak. 
Kuchlanishi 1000 V dan yukori ko‘l privodan ajratgich (raz’edinitel), uzgich 
(otdelitel) va o‘chirgich (vыklyuchatel) uskunalarini o‘chirish va yokishda 
dielektrikdan ko‘lkopdan foydalanish kerak. 
Saklagich ko‘yish va olishda ushbu tarmokdan kuchlanishni olish shart. 
Kuchlanishni olib tashlovchi kommutatsion apparatlar o‘rnatilmagan elektr 
ko‘shilmada, saklagichni kuchlanish ostida olish va ko‘yish, shu tarmokka ulangan 
iste’molchi o‘chirilgan takdirda ruxsat etiladi. 
Ikkilamchi zanjir va yoritish tarmoklarida, kuchlanish transformatorida saklagichni 
kuvvatni olmasdan va kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat etiladi. 
Kuchlanish ostida saklagichni almashtirish kerak bo‘lib kolsa, kuyidagi ximoya 
vositasidan foydalanish zarur: 
1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskunada dielektrik ko‘lkop va ximoya 
ko‘zoynagini ko‘llagan xolda ombir (shtanga)-dan; 
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada izolyasiyalangan ombir yoki 
dielektrik ko‘lkop va ximoya ko‘zoynagidan foydalaniladi; 
Kommutatsion apparatlar bilan jixozlanmagan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan 
shchit va yig‘ilmalarda o‘rnatilgan saklagichlar (predoxranitellar) ustma-ust, 
fazalar vertikal joylashgan bo‘lsa, saklagichni olish va ko‘yish iste’molchidan 
kuvvatni olmasdan turib, kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat etiladi. Bunday 
paytda ko‘zni ximoya kilish vositasi o‘rniga yuz (bet)-ni ximoya kilish vositasidan 
foydalanish tavsiya kilinadi. 
Ish olib borilayotgan elektr uskuna xujrasidan tashkari, xonada kolgan barcha 
xona, xujra, shchit va yig‘ilmalarning eshiklari kulflangan bo‘lishi kerak. 
1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskuna (yopik komplekt, ochik 
taksimlovchi elektr uskunaning xona va xujralari), xamda 1000 V kuchlanishdan 
yukori bo‘lgan elektr uskuna tashkarisida joylashgan 1000 V kuchlanishgacha 
bo‘lgan shchit va elektr uskuna shchit va yig‘ilmalarning kalitlari navbatchi 


xisobida bo‘lishi shart. Navbatchi bo‘lmagan elektr uskunalarida kalitlar ma’muriy-
texnik xizmatchi xisobida bo‘lishi mumkin. 
Xar bir kalit nomerlangan bo‘lishi darkor. Kalitlarning bir komplekti zaxirada 
saklanishi shart. Kalitlar tilxat bilan kuyidagi xodimlarga berilishi kerak: 
- yakka o‘zi ko‘rib chikish xukukiga ega bo‘lgan xodimlarga—barcha xonalarning 
kalitlari; 
- tezkor-ta’mirlovchi xodimlar ichidan ajratilgan ishlashga ijozat beruvchi shaxsga, 
ish raxbari va ishboshiga, nazorat kiluvchiga—fakat ish olib borilishi uchun 
ajratilgan xona kaliti beriladi. 
Xar kuni ish tugagandan so‘ng va elektr uskuna ko‘rib chikilgandan keyin kalitlar 
albatta kaytarib topshirilishi kerak Navbatchi bo‘lmagan elektr uskunada ish olib 
borilganda ushbu elektr uskuna joylashgan xona kaliti, ko‘rib chikilgandan yoki ish 
batamom tugallangandan so‘ng, uzog‘i bilan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan 
topshirilishi kerak. 
Elektr uskuna joylashgan xona kalitini uzok muddatga berish elektr tarmog‘i 
korxonasining taksimlovchi elektr uskunalarida tezkor o‘chirish-yokish xukukiga 
ega bo‘lgan iste’molchi xodimiga xamda yakka o‘zi ko‘rib chikish xukukiga ega 
bo‘lgan navbatchiga, tezkor — ta’mirlash va ma’muriy-texnik xodimlarga berish 
zaruratini korxona bosh muxandisi belgilaydi. 
Kalitni olish va kaytarish jarayoni istalgan shakldagi ish jurnali yoki tezkor-
dispetcherlik jurnallarida kayd kilinishi kerak. 
Elektr tokiga tushib, jaroxatlanganni kunkarish uchun elektr uskunadan 
kuchlanishni olish ruxsatsiz bajarilishi mumkin. 
2. ISH BAJARISH TARTIBI 
Ishlab turgan elektr uskunada bajariladigan ishlar naryad bilan olib borilishi kerak 
Naryad nusxasi va uni to‘ldirishga oid ko‘rsatma 5-ilovada ko‘rsatilgan. 
Ushbu Koidada ko‘rsatilgan xollarda ishni farmoyish asosida bajarishga ruxsat 
beriladi. 
O‘zboshimchalik bilan ishlash xamda naryad yoki farmoyishda ko‘rsatilgandan 
ortik ish bajarish, ish joyini va ish xajmini kengaytirish man kilinadi. 
Naryad bilan ish kilinayotgan elektr uskunada xar kanday boshka ishni olib borish, 
naryad bilan ish olib borayotgan shaxs yoki ushbu naryadni bergan shaxs bilan 
kelishilgan xolda bajarilishi lozim. 


Kelishuv, ish joyini tayyorlashdan oldin, naryadda (2-jadval yonida) «Kelishildi» 
degan so‘z yozilib, kelishilgan shaxs imzosi bilan rasmiylashtiriladi. 
1000 V kuchlanishdan yukori bo‘lgan elektr uskunasini xamda kuchlanishidan 
kat’iy nazar xavo elektr uzatish tarmog‘ini to‘lik (joriy) ta’mirlash texnologik karta 
yoki ish bajarish loyixasi bilan bajarilishi shart. 
Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr
uskunalari va kabel elektr uzatish tarmog‘ida kuchlanish ostida ish 
bajarilayotganda kuyidagilarni bajarish kerak: 
- ish joyiga yakin joylashgan kuchlanish ostidagi bexosdan tegib ketish extimoli 
bo‘lgan elektr uskunani to‘sish; 
- dielektrik kalishda, bo‘lmasa izolyasiyalangan taxtachada yoki dielektrik 
gilamchada turib ishlash; 
- izolyasiyalangan dastakli asboblar yordamida (otvyortkada bundan tashkari 
sterjeni xam izolyasiyalangan bo‘lishi kerak) ishlash, mabodo bunday asbob 
bo‘lmasa, dielektrik ko‘lkopdan foydalanish zarur. 
Engi kalta yoki engi shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek pichok, arra, egov, 
metalli metr va boshka shunga o‘xshash asboblardan foydalanish man kilinadi. 
Agar elektr uskuna ichida egilib ishlayotgan shaxc kfddini rostlaganda, elektr 
uskunani tok o‘tkazuvchi kismi bilan shaxc orasidagi masofa 3.1.-jadvalda 
ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘ladigan bo‘lsa, bunday xolatda ishlash man 
kilinadi. 
6-110 kV kuchlanishli elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunasidagi 
to‘siksiz tok o‘tkazuvchi kismi, ishlayotgan shaxsning orka yoki ikki yon tomonida 
joylashgan xolatlarida ish bajarishi man kilinadi. 
Kuchlanish ostida bo‘lgan uskuna izolyatorlariga ximoya vositasisiz tegish man 
kilinadi. 
Xavo elektr uzatish va aloka tarmog‘ini kuchlanish ostidagi kismini (simlar, 
trosslarni) ulash yoki kesishdan oldin ularning potensiallarini tenglashtirish kerak. 
Kismlar potensialini tenglashtirish esa, ularni (kesilishi kerak bo‘lgan joyning ikkala 
tarafini) bir-biriga sim orkali ulash yoki bo‘linishi kerak bo‘lgan kismining ikkala 
tomonini aloxida-aloxida erga ulab, so‘ngra ularni xar birini umumiy bir erga 
ulagich uskunasiga ulash kerak. 
Elektr ximoya vositasidan foydalanib (izolyasiyalangan shtanga va ombirdan, 
o‘lchov shtangasi va ombirdan, kuchlanishni o‘lchovchi asboblar bilan) ishlaganda 


xodimning shu ximoya vositalarini izolyasiyalangan kismi uzunligidan boshlab, to 
elektr uskunaning kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi kismigacha bo‘lgan 
masofagacha yakinlashishga ruxsat etiladi. 
Ochik taksimlovchi elektr uskuna va xavo elektr uzatish tarmog‘ini kesishishgan 
oralig‘ida kuchlanish ostida bo‘lgan simdan pastda joylashgan sim (tros) va unga 
taallukli izolyator va armaturalarni almashtirishda, yukorida joylashgan kuchlanish 
ostida bo‘lgan simga, almashtirish uchun mo‘ljallangan simni siltab tortganda
tegib ketmasligi uchun ushbu o‘zgartirilayotgan sim ustiga o‘simlik yoki sintetik 
toladan to‘kilgan arkon tashlanadi. 
Kesishgan oralikda joylashgan simning ikki erdan ikkala tarafga arkon tashlab, 
uning uchlarini langar, inshoot poydevori yoki boshka joyga tortib maxkamlash 
kerak. Simni (trosni) ko‘tarish asta-sekin bir me’yorda bo‘lishi kerak. 
Podstansiya va elektr uzatish tarmoklarida kuchlanish ostidagi simlardan 
(troslardan) yukorida joylashgan simlar (troslar) va ularga taallukli izolyator va 
armaturada ishlash korxona raxbariyati tasdiklangan ish bajarish loyixasi bo‘yicha 
olib borilishi kerak. Ish bajarish loyixasida simni osilib tushib ketmasligi chorasi 
xamda ishlab turgan elektr uzatish tarmog‘i ta’sirida xosil bo‘lgan kuchlanishga 
qarshi ximoya choralari ko‘zda tutilishi kerak. 
Bunday ishlarni bajarishda kesishgan oralikda joylashgan simdan kuchlanishni 
olmasdan turib sim (tros) almashtirish man kilinadi. 
Xodim doimo shuni esda tutishi kerakki, agar elektr uskunada kuchlanish 
to‘satdan yo‘k bo‘lib kolsa, ogoxlantirmasdan unga yana kuchlanish berilishi 
mumkin. 
Korong‘i tushgan paytda ish olib berilayotgan joy, yo‘lkalar, u erga borish yo‘li va 
ish joyi yoritilgan bo‘lishi kerak. 
YOritilish darajasi bir xil bo‘lib ishchi ko‘zini tindirmasligi kerak. YOritilmagan joyda 
ishlash man kilinadi.
Momakaldirok paytida xavo elektr uzatish tarmog‘i, xavo aloka tarmog‘i, ochik va 
yopik taksimlovchi elektr uskunalaridan chikkan elektr uzatish tarmog‘ida va 
elektr tarmog‘idagi ajratgichda, xavo elektr tarmog‘iga ulangan kabelda, xamda 
aloka apparatlari joylashgan xonani aloka liniyasi kirgan kismida va antenna-ustun 
joylashgan inshootlardagi barcha ishlar to‘xtatilishi kerak. 

Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling