The economy of enterprise


Asosiy adabiyotlar ro’yxati


Download 0.55 Mb.
bet124/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Asosiy adabiyotlar ro’yxati

  1. Ызбекистон Республикасининг “Хусусий корхоналар ты\рисида”ги +онуни. +онун ва =арорлар. Т., “Ызбекистон”, 2004., №3

  2. И.А. Каримов. Ызбекистон XXI аср быса\асида: хавфсизликка тащдид, тара==иёт шартлари ва кафолатлари. Т., “Ызбекистон”, 1997.

  3. Махмудов Э.Х. Корхона и=тисодиёти: Ы=ув.=ылл. –Т.:

Ызбекистон ёзувчилар уюшмаси Адабиёт жам\армаси нашриёти, 2004.

  1. Акромов Э.А Корхоналарнинг молиявий холати тахлили. – Т.: Молия, 2003. - 223 б.

  2. «Ыз Ишингизни яратинг ёки тадбиркор нималарни билиши лозим» - Тошкент шащри, ЮНИДО, «Бизнес маслащат маркази» лойищаси, 2003й.

  3. Абдукаримов И.Т. ва бош=алар Корхона и=тисодий салощияти тащлили. Т.: «И=тисодиёт ва щу=у= дунёси» нашриёт уйи, 2003.

  4. В. Г. Грузинов. Экономика предприятия Учебник 2-е изд. М.:

«Юнити Дана» 2003.

  1. Экономика предприятия. 3-е изд., перераб. и доп. Учебник для вузов

/ Под ред. проф. В.Я. Горфинкеля, проф. В.А.Швандара М.: ЮНИТИ-ДАНА 2004.

  1. Махмудов Э.Х., Карабаева Г.Ш. Рыночная экономика и ресурсосбережение // Деловой партнер Узбекистана. - 2004. - 23 декабрь.

  2. Искандаров И. Корхонада айланма мабла\лардан фойдаланишни яхшилаш («Файз» очи= хиссадорлик Холдинг компанияси мисолида). Тошкент, ТДИУ, БМИ, 2004.

  3. Экономика предприятия. Тесты, задачи, ситуации. Учебное пособие для ВУЗов. Швандар. 5-238-00232-7 - Экономика, управление, бизнес. Учебная литература для ВУЗов. [Электронный документ]. - (knigi.alhademic.ru/offer_8473.html). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.

  4. Экономика предприятия. Учеб. пособ. , Мокий М.С., Скамай Л.Г., Трубочкина М.И ... [Электронный документ]. - (www.neocd.ru/showtov.asp?). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.

  5. Экономика предприятия. Учебник, Под ред. проф. О. И. Волкова, Инфра-М ...[Электронный документ]. - (www.zone-x.ru/showtov.asp?). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.





  1. BOB. KORXONADA KADRLAR VA MEHNAT HAQ TO’LASh




    1. Korxonaning kadrlar salohiyati

“Hamma narsani kadrlar hal qiladi” qoidasi iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Prezident I.Karimov aytganidek: “Bugungi kunda biz oldimizga qanday vazifalarni qo’ymaylik, bizning oldimizda qanday muammolar mavjud bo’lmasin, ularning barchasi pirovardida kadrlar va faqat kadrlarga borib taqaladi.”

Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatiga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari shunchalik yaxshi bo’ladi.

Korxonaning “mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal” tushunchalarini, garchi ular o’rtasida ma’joziy ma’noda aytganda “xitoy devori” yo’q bo’lsa va ular kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qo’llansada, bir-biridan farqlash lozim.

Salohiyat (potentsial) tushunchasining o’zi lotin tilidan olingan bo’lib (potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish imkoniyat ma’nosini anglatadi. Lug’at va qo’llanmalarda u mavjud va harakatga keltirilishi, ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin bo’lgan vosita, zahira, manba deb ko’rsatilgan.

Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko’nikmalari, korxonaning u yoki bu bo’g’inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat mehnat salohiyatining tarkibiy qismidir.

Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo’lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiymalakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ishchi kuchini tavsiflaydi. Korxona personali doimiy va yollanib ishlovchi, malakali va malakasiz barcha xodimlardan iborat bo’lgan shaxsiy tarkibni izohlaydi.

Ishlab chiqarishdagi asosiy «shaxs», iqtisodiyot nazariyasida talqin qilinishicha, ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati, ishchi kuchini tovar holiga keltiradi. Biroq bu oddiy tovar emas. Uning boshqa tovarlardan farqi shundaki, birinchidan, u o’z qiymatidan ortiq bo’lgan qiymat yaratadi, ikkinchidan, uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas, uchinchidan, asoiy fondlar va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish darajasi, xo’jalik yuritish iqtisodiyoti ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi.



Korxonalarda ishchi kuchi va umuman kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish



usullari va hokazolar. Ayniqsa mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi (9.1-rasm).





9.1 - rasm. Mehnat yuklamasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar

Korxona personali yoki kadrlar tarkibi va uning o’zgarishi ma’lum bir sifat, miqdor va tuzilmaviy tavsiflarga ega bo’lib, ulardan faoliyatni rejalashtirish va hisobga olishda foydalaniladi. Korxona xodimlarining ro’yxat bo’yicha tarkibi zamonaviy tasnifi bo’yicha quyidagilarni o’z ichiga oladi:


1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling