The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet122/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.

Misol. Korxona aylanma mablag’larining o’rtacha miqdori 2005 yilda 100 mln so’mni tashkil qiladi. 2006 yilda ishlab chiqarish hajmini o’zgartirmagan holda 90 mln so’m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Bu holda asosiy vositalarning mutlaq ozod qilinishi 10 mln so’mni tashkil qiladi.

Nisbiy ozod qilish aylanma mablag’lari hajmining o’zgarishi hamda sotilgan mahsulot hajmining o’zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag’larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo’yicha haqiqiy aylanish hamda o’tgan davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda hisoblash zarur. Ular o’rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi.
Qisqacha xulosalar

Hech bir korxona aylanma mablag’larsiz faoliyat ko’rsata olmaydi. Ularning mavjud bo’lishi har bir ishlab chiqarish jarayoni uchun majburiy element hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy ahvoli ko’p jihatdan aylanma mablag’lardan foydalanish darajasi va tuzilmasiga bog’liq bo’ladi. Mazkur daraja mahsulotning material sig’imi, elektr sig’imi, energiya sig’imi, moddiy resurs xarajatlari va undan foydalanish koeffitsienti kabi ko’rsatkichlarni tavsiflaydi. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari quyidagilar: aylanish koeffitsienti, bir marta aylanish

davomiyligi va yuklanish koeffitsienti.

Korxonada mahsulotning material sig’imini pasaytirish iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, chunki u quyidagilarga imkon yaratadi:





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling