The economy of enterprise


Xodimlar mehnatiga haq to’lash


Download 0.55 Mb.
bet129/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Xodimlar mehnatiga haq to’lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to’lash uchun sarflanuvchi qismidir.

Ish haqining nominal va real turlari mavjud.





Nominal ish haqibu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to’langan ish haqidir.

Real ish haqinominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati ”dir.

Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:

*adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to’lash;

*bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini hisobga olish;

*mehnatning zararli sharoitlari va og’ir jismoniy mehnatni hisobga olish;

*sifatli, sidiqidildan mehnat qilishni rag’batlantirish, yo’l qo’yilgan yo’qotishlar yoki o’z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;

*mehnat unumdorligi sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlariga nisbatan tezroq o’stirish;

*ish haqi miqdorini inflyatsiya sur’atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish;

*mehnatga haq to’lashning korxona ehtiyojlariga to’liq javob beruvchi ilg’or shakl va tizimlarini qo’llash.

Zamonaviy sharoitlarda korxonalarda mehnatga haq to’lashning turli tizim va shakllari qo’llanilib, ulardan eng ko’p tarqalganlari sifatida ishbay va vaqtbay usulni ko’rsatish mumkin.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling