The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet140/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Примечание [I11]: да

O’z navbatida ichki omillar ham ishlab chiqarish va noishlab chiqarish omillariga bo’linadi. Noishlab chiqarish omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari, korxonaning tijorat, tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlari bilan bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish omillari esa foydaning shakllanishida ishtirok etuvchi ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlari - mehnat predmetlari va vositalari hamda mehnatning o’zi - mavjudligi va ulardan foydalanishni aks ettiradi.

Xo’jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va foyda olish bilan bog’liq bo’lgan korxonalarda bu omillar o’zaro aloqada va bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.

Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o’z xarajatlarini qoplashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.

Rentabellik ko’rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkichlar moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg’otib, korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy yoki qarzga olinuvchi kapitalning rentabelligi korxonaga mablag’lar kiritishning rentabelligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardir. Bu ko’rsatkichlarning iqtisodiy turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko’zga tashlanadi: sarflangan har bir so’m qarzga olingan (xususiy) kapitalga necha so’m foyda to’g’ri keladi (hisob-kitoblarda korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin).

Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko’ra tahlil qilishda asosli xulosalarga kelish uchun zarur bo’ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur.

Birinchi xususiyat korxona faoliyatining vaqt jihati bilan bog’liq. Masalan, mahsulotni sotish rentabelligi koeffitsienti hisobot davridagi faoliyat natijalari orqali aniqlanadi; uzoq muddatli investitsiyalarning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va rejalashtirilayotgan samarasi inkor qilinmaydi. Agar korxona katta miqdordagi investitsiyalar talab qiluvchi yangi texnologiyalar va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga o’tadigan bo’lsa, u holda rentabellik ko’rsatkichlari vaqtinchalik pasayishi mumkin.

Ikkinchi xususiyat tavakkalchilik muammosi bilan bog’liq bo’lib, tavakkalchilik darajasi yuqori bo’lgan loyihalar ba’zida katta foyda keltirishi ham mumkin.

Uchinchi xususiyat baholash muammosi bilan bog’liq. Masalan, xususiy kapitalning rentabellik ko’rsatkichi sur’ati va maxraji turli xil xarid qobiliyatiga ega bo’lgan pul birligida keltiriladi. Ko’rsatkichning sur’ati, ya’ni foyda o’zgaruvchan (dinamik) bo’lib, faoliyat natijalarini hamda tovar va xizmatlarning asosan o’tgan yilda yuzaga kelgan bahosini aks ettiradi. Ko’rsatkichning maxraji, ya’ni xususiy kapital bir qator yillar davomida shakllanadi. U joriy bahodan ancha farq qilishi mumkin bo’lgan, hisobga olish bahosida aks ettiriladi. Demak, xususiy kapital rentabellik koeffitsientining katta bo’lishi, doim ham korxonaga kiritilayotgan kapital qaytimiga mos kelavermaydi; moliyaviy qarorlarni qabul qilishda bu ko’rsatkichni e’tiborga olishdan tashqari, korxonaning bozordagi bahosini (bozor kapitalizatsiyasi) ham inobatga olish zarur.

Quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko’rsatkichlari keltirilgan.


Sof foyda (SF)


Aktivlar rentabelligi (RA) =

Sotish rentabelligi (RS) =

Xususiy kapital rentabelligi (XK) =

Bitta aktsiya daromadi (AF) =

Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati (A) Sof foyda (SF)

Mahsulotni sotishdan tushgan tushum(ST) Sof foyda

Xususiy kapital o’rtacha yillik qiymat (XK)
Sof foyda (SF) Muomaladagi aktsiyalar soni (Na)


Aktivlar rentabelligi korxonada 1 so’m foyda olish uchun qancha mablag’ jalb qilish talab etilishini (bu mablag’lar manbaidan qat’i nazar) aks ettiradi. Ushbu ko’rsatkich korxona raqobatbardoshligining eng muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Sotish rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so’mi qancha sof foyda keltirganini aks ettiradi.

Xususiy kapital rentabelligi korxona mulkdorlari ya’ni, egalari kiritgan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlash va bu ko’rsatkichni xuddi shu mablag’larni boshqa qimmatbaho qog’ozlarga kiritganda olish mumkin bo’lgan foyda bilan taqqoslash imkonini beradi. Farb mamlakatlarida bu ko’rsatkich kompaniya aktsiyalarining kotirovkasiga sezilarli ravishda ta’sir ko’rsatadi.

Bitta aktsiya keltiruvchi foyda ko’rsatkichi korxonaning bozordagi faoliyatini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biridir.



Shu tariqa, tavsiya qilinuvchi ko’rsatkichlar tahlil jarayonida korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash, ishlab chiqarish samaradorligi va korxonaning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga oid chora-tadbirlar belgilashga ikoniyat yaratadi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling