Kooperatsiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo’yicha uzoq
muddatli to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalarini o’rnatish.
Korxonaning optimal hajmi – mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) bo’yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o’z muddatida, eng
kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini
|
159
|
|
|
beruvchi korxona hajmi.
|
Korxonaning tijorat sirlari– korxonaning ishlab chiqarish, texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog’liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo’lgan, davlat sirlariga aloqasi bo’lmagan
ma’lumotlar.
|
Lizing - mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish
shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o’rta va uzoq muddatli ijarasi.
|
Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo’jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi
savdo (eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha, vakolatli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi.
|
Marketing - korxonalarning mahsulot ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish yoki xizmat ko’rsatishga oid faoliyatini, bozorni va iste’molchilar talabiga faol ta’sir
ko’rsatishni o’rganish asosida boshqarish tizimi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |