Boshqaruvning matritsali tuzilmalari turli xil bo’lib, ularning barchasi bitta tamoyilda - ishlab chiqarishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funktsiyalarini tashkiliy tuzilmalar o’rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan. Bu tuzilmalar ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, texnologik byurolar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik izlanishlari olib boriluvchi yirik korxonalarda keng qo’llaniladi.
Boshqaruvning matritsali tuzilmalari rahbarlardan juda yuqori boshqaruv vakolatini talab qiladi. Bunday tuzilmadan foydalanganda yuzaga keluvchi muammo va vazifalarni echish uchun vaqtinchalik ijodiy guruhlarni tuzish mumkin. To’g’ri, buning uchun jamoa oldida yuzaga keluvchi loyiha topshiriqlarni bajarish uchun qo’shimcha xarajatlar talab qilinishi mumkin.
Boshqaruvning istalgan tashkiliy tuzilmasini loyihalashtirishda hamda amaliyotda qo’llashda tezkorlik, optimallik, ishonchlilik va tejamkorlik kabi asosiy talablarga javob bera olishiga e’tibor qaratilish lozim. Bu talablar qanchalik to’liq va yaxshi bajarilsa, korxonani boshqarish tizimining sifat ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’ladi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, boshqaruv ob’ekti va boshqaruvchi tizim (boshqaruv apparati) o’rtasida, boshqaruv funktsiyalari yordamida tartibga solinuvchi ma’lum bir munosabatlar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |