The economy of enterprise
Boshqaruvning funktsional tuzilmasi
Download 0.55 Mb.
|
korxona iqtisodiyoti
Boshqaruvning funktsional tuzilmasi uchun boshqaruv va ob’ekt funktsiyalari bo’yicha boshqaruv yacheykalari yaratish tavsiflidir. Bu yacheykalar bajarilishi shart bo’lgan qarorlarni boshqaruvning quyi pog’onasiga yoki bevosita ishlab chiqarish bo’g’inlariga etkazib beradi. Demak, boshqaruv funktsiyalar bo’yicha taqsimlanadi va funktsional bo’g’inlar tomonidan amalga oshiriladi, ular tomonidan tayyorlanuvchi boshqaruv qarorlari esa bajaruvchilarga kesishuvchan aloqa kanallari bo’yicha etkaziladi. Boshqaruvning funktsional tuzilmasiga misol
qilib bosh mutaxassislarning, ya’ni bosh iqtisodchi, bosh mexanik, bosh texnolog, bosh metallurg, bosh konstruktor xizmatlari(bo’limlari, guruhlari), shuningdek, korxona bosh buxgalteriyasini ko’rsatish mumkin. Boshqaruvning funktsional tuzilmasi amalda chiziqli tuzilma bilan kesishib o’tadi. Bunday sintez chiziqli yoki funktsional tuzilmaga qaraganda boshqaruvning chiziqli-funktsional tuzilmasini samaraliroq bo’lishi va keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Bu holda boshqaruv ham chiziqli, ham funktsional rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvning funktsional strukturasini quyidagi 4.2 - chizma orqali aks ettirish mumkin: 4.2.-chizma. Boshqaruvning funktsional tuzilmasi Boshqaruvning ushbu funktsional tuzilmasi afzalliklari quyidagilar: boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirish darajasining yuqoriligi; boshqaruv faoliyatining deyarli barcha sohalarini vakolat doirasida qamrab olish; ishlab chiqarish diversifikatsiyasining turli talab va shart-sharoitlariga moslashish imkoniyatlari; boshqaruv xizmatlari yoki bo’limlariga xodimlar tanlashning nisbatan osonligi. Uning kamchiliklari qatoriga esa quyidagilarni kiritish mumkin: yakkahokimlik tamoyilining buzilishi; kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish hamda ularning kompleksligini ta’minlash qiyinligi; boshqaruvning yuqori pog’onalari uchun rahbar tanlashning murakkabligi. chiziqli rahbariyat munosabatlari funktsional munosabatlar 4.3.-chizma. Boshqaruvning chiziqli-funktsional tuzilmasi Chiziqli-shtabli tuzilma boshqaruv aralash tuzilmasining bir ko’rinishi bo’lib, unga chiziqli struktura asos qilib olingan. Boshqaruvning har bir bo’g’inida shtablar tuzilib, uning tarkibiga muammolarni echish uchun malakali mutaxassislar taklif etiladi. Masalan, shtabli tuzilmalar tabiiy ofat, halokat va kulfatlarning oqibatlarini bartaraf qilish, yangi mahsulot yoki texnologiyani o’zlashtirish, to’satdan yuzaga kelgan, odatiy bo’lmagan vazifalarni echishda tuzilishi mumkin. Bunday hollarda boshqaruv shtabiga rahbarlarning vakolatlaridan kam bo’lmagan haq-huquqlar, vakolatlar beriladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling