The economy of enterprise
Download 0.55 Mb.
|
korxona iqtisodiyoti
Boshqaruv funktsiyalari ob’ektiv jihatdan zarur va albatta qaytariluvchi xatti-harakatlar majmuasi bo’lib, mazmuni va yo’nalish maqsadlarining bir xilligi tufayli birlashib turadi. Boshqaruv funktsiyalari butun boshqaruv jarayoni davomida uzluksiz tarzda amalga oshiriladi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarishning turli bosqichlarida turli xil salmoqqa ega bo’ladi.
Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi funktsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin: Rejalashtirish – ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab- yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish) – joriy faoliyatni samarali tarzda olib borish hamda istiqbolni ko’ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga moslashtirish. Rejalashtirishdan farqli ravishda prognozlashtirish ehtimollik tavsifiga ega bo’ladi. Tartibga solish – ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko’rsatkichlardan chetga og’ishlarni to’g’rilab borish. Tashkillashtirish – kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish dasturini minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori samaradorligi orqali amalga oshirishga yo’naltirish, amaldagi tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni bajarishga yo’naltirish. Nazorat – joriy ko’rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) vazifa(norma)larga mos kelish darajasini aniqlash. Hisobga olish – korxonaning ma’lum bir vaqt davomida bajargan ishlariga yakun yasash. Tahlil – ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan boshqaruvni asoslash va boshqa vazifalari uchun foydalanish. B o ’ l i n m a l a r 4.4.-chizma. Boshqaruvning matritsali strukturasi Shuni qayd qilib o’tish kerakki, boshqaruv funktsiyalari o’rtasida qat’iy chegara yo’q. Boshqaruv faoliyatining bitta turi boshqaruvning bir nechta funktsiyalari belgilariga ega bo’lishi va ular o’zaro chambarchas bog’lanib ketishi mumkin. Shu bilan birga har bir funktsiya o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularni bilish rahbarning professional mahorati shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling