Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirib borish mulkchilik shakli, faoliyat natijasi va yuzaga kelgan tashkiliy tuzilmaning qandayligidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal
qilish korxonalarga, birinchi o’rinda, boshqaruv tizimining samaradorligini oshirishga, ikkinchidan, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi tendentsiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining maqsadli tavsifini kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini yaratish va boshqaruv apparatining faoliyatini yaxshilash, jumladan, ortiqcha boshqaruv bo’g’inlarini qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda jamoalar rolining o’sishi va ularning yuqori natijalarga erishishga yo’naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy sharoitlarining yaxshilanishi. Bu tendentsiyalarga asosan korxonalarning boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirish yo’nalishlari ham aniqlanib, ularga avvalo sifat ko’rsatkichlari asos qilib olingan. Bu ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Optimallik – tuzilma bo’linmalari o’rtasida eng kam boshqaruv bo’g’inlariga ega bo’lgan holda o’zaro aloqalarni ratsional tarzda o’rnatishdir. Shu sababli ko’p bo’g’inlilikni qisqartirish boshqaruv tizimini takomillashtirish oldiga qo’yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |