Rezyume
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, o'zbekistonlik talabalar chet tilini ham tashqi, ham ichki sabablarga ko'ra o'rganishadi. Muvaffaqiyatga erishishda ichki motivatsiya juda muhim ekanligini tushungan holda, chet tili kursini o'rganishning boshlang'ich sababi tabiatan tashqi xususiyatga ega bo'lgan talabalar o'rganishni yaxshi ko'radilar degan umidda doimo rag'batlantirishlari kerak.
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi, u morfologiya va sintaksisdan iborat. Grammatika o’qitish orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyati o’sib boradi, nutq madaniyati shakllanadi. O’quvchilar grammatikani o’rganish orqali adabiy til meyorlari bilan tanishib boradilar. Grammatik bilimlar o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga, kommunikativ savodxonlik darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Grammatika o’qitishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish zarur:
1.O’quvchilarning adabiy til meyorlarini puxta egallab borishlariga
2. O’quvchilarning nutq madaniyatini o’stirib borishga
3.O’quvchilar savodxonligini oshirib borishga
4.O’quvchilarda so’zlarni qismlarga to’g’ri ajrata olish, so’zning tuzilishini tushuna olish, to’g’ri gap tuza olish, matn yarata olish malakalarini shakllantirishga
5.O’quvchilarda ijodiy tafakkurni o’stirib borishga
Grammatikaning tarkibiy qismlaridan biri morfologiyadir. Morfologiya so’zning shakllari, yo’llari va so’zlarning ma’lum belgilar asosida guruhlarga, ya’ni so’z turkumlariga bo’linishini o’rganadi.
Maktabda morfologiyani o’qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki, keyingi bosqichda o’rganilgan “Sintaksis” bo’limini bevosita morfologiya bilan bog’langan. Chunonchi kelishik, egalik va shaxs-son qo’shimchalari garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so’z va so’z brikmasi orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi. Qo’shma gap sintaksisini o’rganishning bevosita yordamchi so’zlar bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |