The role of banking and financial services in the economy of namangan region
-jadval Iqtisodiy faoliyatning asosiy turlari bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi
Download 73.8 Kb.
|
B.Gulmatov maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rsatgichlar 2018y 2019y
- Axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar
- Shu jumladan Avtotransport xizmatlari
- Yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlari
- Ko’chmas mulk bilan bog’lik xizmatlar
- Ta’lim sohasidagi xizmatlar
- Sog’liqni saqlash sohasidagi xizmatlar
- Ijara va lizing bo’yicha xizmatlar
- Kompyuter, shaxsiy foydalanish buyumlari va maishiy tovarlarni ta’minlash bo’yicha xizmatlar
- Me’morchilik muhandislik ishlari va tahlil sohasidagi xizmatlar
- 2-jadval Viloyatda asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar
- Ko`rsatgich 2018 y 2019 y
- Namangan viloyati 8158,1 12084,9 12007,2
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1-jadval
Iqtisodiy faoliyatning asosiy turlari bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi (mlrd. so'm)
Viloyatda xizmatlarni — tahlil qiladigan boʻlsak oʻtgan 5 yil davomida axborot va aloqa sohasidagi rivojlandi. U 2018 yilda 448,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2022 yilga kelib bu koʻrsatkich 745,9 mlrd soʻmga yetdi. Buni quyidagicha tushunamiz mumkin. Har bir sohada telekommunikatiyaga eʼtibor katta ahamiyat koʻrsatilib kelinmoqda. Ayniqsa IT- texnologiyasini davlat siyosatigacha koʻtarilganligi ham bejiz emas. Moliya xizmati – bu koʻrsatkich viloyati iqtisodiyotida asosiy oʻrinni egallaydi. Unda bank, sugʻurta, lizing va xususiy mikroiqtisodiy tashkilotlar, lombardlarni oʻz oʻrniga ega. Moliya xizmatlar 2018 yilda 636,4 mlrd soʻm boʻlgan boʻlsa, 2022 yilga kelib bu koʻrsatkich 2 483,4 mlrd soʻmni tashkil qildi. Logistika transport xizmati ham viloyatda tobora rivojlanib borayotgan soha hisoblanadi. Bu tarmoq orqali barcha tadbirkorlarimiz va dehqon xoʻjaliklar ham samarali foyda keltirib kelmoqda. 2018 yilda 1246,0 mlrd soʻm boʻlgan boʻlsa, 2022 yilda esa bu koʻrsatgich 2 624,7 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Boshqa sohalar ham o’tgan 5 yil davomida o’z daromadlari rivojlantirish orqali Namangan viloyati iqtisodiyotiga o’zlarining xissalarini qo’shib kelinayotganligini ko’rishimiz mumkin. Namangan viloyatida hududiy investitsiya loyihalari 2021 yilda jami 51 ta ni tashkil etgan bulib, ulardan 15 tasi sanoat sohasida, 17 xizmatlar sohasida, 19 qishloq xoʻjaligi boʻyicha amalga oshirildi. Hududiy investitsiya loyixalari uchun 13 302,4 mlrd soʻm mablagʻ jalb qilingan (umumiy summaning 78,8 fiozini sanoat, 15,6 foizini xizmatlar sohasi, 5,6 fozini qishloq xoʻjaligiga) mablagʻ jalb qilingan. (2-jadval) 2-jadval Viloyatda asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar (mlrd, so’m)
2018-2022 yillar davomida Namangan viloyatiga investitsiyalar jalb qilish tobora kengayib rivojlanib bordi. Ularni tumanlar kesimida tahlil qiladigan bo’lsak 2018 yilda Namangan viloyati bo’yicha jami 8158,1 mlrd so’mni tashkil etgan. Shundan; To’raqo’rg’on tumaniga 3638,4 mlrd so’m investitsiya jalb qilgan bo’lsa Namangan tumani esa 458,4 mlrd so’mni o’zlashtirgan. O’tgan 2022 yilda jami Namangan viloyati bo’yicha 14775,1 mlrd so’m investitsiya jalb qilgan bo’lib bu ko’rsatkich 2018 yilga qaraganda 3,5 baravarga o’sdi. Namangan shahrida yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni va yuqori texnologiyalarni keng jalb qilish, investitsiya loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta'minlash hamda shu asosda yuqori daromadli ish o'rinlari yaratib kelinmoqda. So'nggi 5 yil (2018-2022 yillar) mobaynida shaharda jami 445 ta loyihalarda 4,1 trln.so'm investitsiya mablag'lari o'zlashtirilib, 18 651 ta yangi ish o'rinlari hamda 3,1 trln.so'mga yaqin yangi quvvatlar yaratildi. Bu esa o'z navbatida 2018 yilga nisbatan qariyb 9 barobarga oshgan. Bugungi kunda viloyatda “drayver” soha hisoblanayotgan kichik sanoat zonalarini rivojlantirish va ularni sonini oshirish bo'yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu yo'nalishda 2,3 trln.so'mlik 333ta loyihalarni amalga oshirish hamda 26 204 ta ish o'rinlari yaratishni oldimizga maqsad qilib olganmiz. Bugungi kunda ushbu kichik sanoat zonalarida 1,1trln.so'mlik 128 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 11 176 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi hamda 333,0 mlrd.so'mlik ishlab chiqarish quvvatiga erishildi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hamda xorijiy kredit mablag'larini o'zlashtirish bo'yicha qo'shimcha loyihalarni aniqlash hisobiga 2022 yilda 93,9 mln.dollar miqdoridagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya va kredit mablag'lari o'zlashtirildi 2021 yilda 911 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil qilindi va faoliyat ko’rsatayotganlar soni 11 161 taga yetkazilib bu 2019 yilga nisbatan 1,7 baravarga oshdi. Bu jarayonlarni amalga oshirishda yurtimizdagi tijorat banklari faol ishtirok etishdi. Jumladan ATB “Qishloq qurilish bank” ham bu jarayonlarda shahrimizni iqtisodiyoti uchun o’z hissasini qo’shdi. [2] Bank moliya xizmatlari, iqtisodiyotning islohotini va rivojlanishini ta'minlashda va o'zgaruvchan moliyaviy mablag'lar o'tkazish, saqlash, ishlash va investitsiyalarni boshqarishda katta ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda bank moliya xizmatlari ahamiyatini quyidagilarda namoyon bo`ladi: Moliyaviy tizimni ta'minlash: Banklar moliyaviy tizimning islohotini ta'minlaydilar va tadbirkorlarga, fuqarolarga moliyaviy xizmatlar ko'rsatish orqali moliyaviy operatsiyalarni osonlashtirishadi. Bu moliyaviy tizimning islohotini va barqarorligini ta'minlashda muhimdir. Pul o'tkazmalar va to'lovlar: Banklar pul o'tkazmalari va to'lovlar sohasida katta tajriba va infrastrukturaga ega. Ularga ishonchli to'lov tizimlarini yaratish va operatsiyalarni tezkor va ishonchli o'tkazish imkoniyatlari beradi. Investitsiyalar va kreditlar: Banklar investitsiya va kredit tashkilotchilari uchun muhim manba bo'ladi. Ular kapitalni o'stirish uchun moliyaviy vositalarni taqdim etish orqali tadbirkorlar va shaxslar uchun yangi imkoniyatlar yaratishadi. Omonatlar va moliyaviy saqlash: Banklar omonatlar va moliyaviy ashyolarni omonat qabul qilish orqali, uning muhiti va hisob-kitobini boshqarish bilan ishonchli saqlash xizmatlarini taklif qiladi. Bu tadbirkorlar va fuqarolarning moliyaviy resurslarini xavfsiz saqlashlariga yordam beradi. Moliyaviy maslahatlar: Banklar moliyaviy maslahatlar va moliyaviy rivojlanishning yo'nalishlarini tushuntirishda yordam berishadi. Ularning moliyaviy ekspertizasi va ma'lumotlari, investitsiyalarni boshqarish va moliyaviy strategiyalarni rivojlantirishda qo'llaniladi. Valyuta operatsiyalari: Xalqaro savdo va biznes sohasida banklar valyutani almashish, almashinma va valyuta riskini boshqarishda katta o'rin o'ynashadi. Bu savdo muomalalarida stabilik va ishonchli hisob-kitoblash imkoniyatlarini yaratishda katta ahamiyatga ega. Bank moliya xizmatlari iqtisodiyotning islohotini ta'minlash, tadbirkorlarga va fuqarolarga moliyaviy xizmatlar ko'rsatish, pul o'tkazmalari va investitsiyalarni boshqarish, valyuta operatsiyalari va boshqa bir qator moliyaviy operatsiyalarni osonlashtirishda va ishonchli qilishda katta ahamiyatga ega. Bu xizmatlar iqtisodiyotni rivojlantirish, moliyaviy tizimning barqarorligini ta'minlash va kapitalni o'stirishning eng muhim vositalari sifatida xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Soliyev A., Buzrukxonov S. Marketing.Bozorshunoslik. Toshkent Moliya 2010 y 250 . Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma`lumotlari. www.namstat.uz Download 73.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling