The role of banking and financial services in the economy of namangan region


Download 73.8 Kb.
bet1/2
Sana14.10.2023
Hajmi73.8 Kb.
#1701655
  1   2
Bog'liq
B.Gulmatov maqola


UDK: 336.6
NAMANGAN VILOYATI IQTISODIYOTIDA BANK-MOLIYA XIZMATLARINING O`RNI
РОЛЬ БАНКОВСКИХ И ФИНАНСОВЫХ УСЛУГ В ЭКОНОМИКЕ НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ
THE ROLE OF BANKING AND FINANCIAL SERVICES IN THE ECONOMY OF NAMANGAN REGION
Gulmatov Bahodir Xabibullaevich
Toshkent kimyo xalqaro universiteti Business Administration (MBA)
yo`nalishi magistranti
tel: +998 99 696 02 90 е-mail: Tomswan2023@gmail.com


Annotatsoya: Ushbu maqolada Namangan viloyati iqtisodiyoti va unda xizmat ko`rsatish tarmog`ini tutgan o`rni o`rganilgan. Viloyatda moliya xizmatlarni rivojlanishi va investitsiya siyosatini amalga oshirish bo`yicha ilmiy hulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so`zlar: iqtisofiyot, moliya xizmati, bank, investitsiya, IT-texnologiya, bozor, strategiya, raqobatbardoshlik.
Аннотация: В данной статье исследуется экономика Наманганской области и роль в ней обслуживающей отрасли. Разработаны научные заключения и предложения по развитию финансовых услуг и реализации инвестиционной политики в регионе.
Ключевые слова: экономика, финансовые услуги, банковское дело, инвестиции, IT-технологии, рынок, стратегия, конкурентоспособность.
Abstract: This article examines the economy of Namangan region and the role of the service industry in it. Scientific conclusions and proposals on the development of financial services and the implementation of investment policy in the region have been developed.
Keywords: economy, financial services, banking, investments, IT technologies, market, strategy, competitiveness.

Namangan viloyatida xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish darajasini yanada oshirish, aholiga yangi zamonaviy va sifatli xizmat turlari koʻrsatish, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda yildan-yilga xizmatlar sohasi va unda faoliyat koʻrsatayotganlar soni ortib bormoqda, bu orqali viloyatning iqtisodiy koʻrsatkichlar ham ijobiy tomonga oʻzgarib boshladi.


Xizmat bu harakatlar, foyda yoki ehtiyojni qondirish koʻrinishidagi sotuv obyektlaridir. Xizmat-tomonlardan biri boshqasiga taklif etishi mumkin boʻlgan va asosan his etib boʻlmaydigan va biron narsaga egalik qilishga olib kelmaydigan xar qanday tadbir yoki foyda. [1] Xizmatlar marketingi xususiyatlari- marketing xizmat koʻrsatish doirasida, oʻz ichiga tovarlar ijarasi,ularning taʼmirlash yoki oʻzgartirish va shaxsiy xizmatlarni oladi. Baʼzida tovarlar va xizmatlar farqlanishi qiyin boʻladi. Umuman, xizmatlarning toʻrt xil tavsifi bor: payqay olmaslik, saqlashga qobiliyatsizligi, xizmat koʻrsatuvchidan ajratib boʻlmasligi va sifati jihatidan oʻzgaruvchanligi. Xizmatlarning iqtisodiyotdagi oʻrni tobora ortib bormoqda.
2018-2022 yillar davomida Namangan viloyatda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar ham rivojlanib borayotganligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Xususan viloyatda sanoat mahsulotlari 2018 yil yakunida 6 586,6 mlrd so’mni, 2022 yilda bu ko’rsatkich 18 241,8 mlrd so’mni tashkil etgan. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari 2018 yilda 13 944,1 mldr so’mni, 2022 yilda bu ko`rsatgich 27710,2 mlrd so’m tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2018 yilda 8 138,2 mlrd soʻmni tashkil etib, 2022 yilgi holatda bu raqam 14 348,2 mlrd soʻmga toʻgʻri keldi. Bu raqamlardan koʻrinib turibdiki viloyatimizga investitsiya jalb qilish ham tobora ortib bormoqda. Xizmatlar sohasi 2018 yilda 6 067,7 mldr soʻmni tashkil etib, oʻtgan 2022 yilda bu koʻrsatkich 14 722,6 mlrd soʻmga toʻgʻri keldi.
2017-2022 yillar davomida Namangan viloyat iqtisodiy faoliyatning 2018 yilda jami xizmatlarning miqdori 4999,2 mlrd so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2021 yilga kelib bu ko’rsatkich 11 768,8 mlrd so’mga yetdi.(1-jadval)

Download 73.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling