Theory or "in theory" is sometimes used erroneously by people to explain something


Download 66.72 Kb.
bet4/7
Sana04.05.2023
Hajmi66.72 Kb.
#1425220
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TARIX

Buxoro amirligi. Madaniy hayot.
Buxoro xonligida XVIII asr o'rtalarida yuz bergan siyosiy voqealarda mang'it urug'i vakillarini Buxoro xonligi taxtiga olib chiqdi. Davlat hukmdorlari «amir» unvoni bilan yuritiladigan bo'ldi va davlat ham Buxoro amirligi degan nom oldi. Buxoro amirligi tarixiga oid yozma manbalar ichida «Qushbegi arxivi» hujjatlari, «Tarixi salotini mang'itiya», «Tuhfai shohiy», «Dostoni amironi mang'it», «Tarixi amiri Haydar», «Gulshan al-muluk», «Risolai muxtasari az tarixi salotini xonadoni mang'itiya» kabi mahalliy tillarda yozilgan asarlar bilan bir qatorda rus tarixchilaridan E.K.Meyndorf tomonidan 1820 yilda yozilgan «Orenburgdan Buxoroga sayohat», 1833 yilda tatar mullosi Mirzo Ja'far nomi bilan 4 oy Buxoroda yashagan P.I.Demezonning «Buxoro xonligi haqida qaydlar», 1841 yilda Butenov elchiligi tarkibida Buxoroga tashrif buyurgan I.Xanikovning «Buxoro xonligi ta'rifi» kabi asarlarini keltirib o'tish mumkin. Shuningdek, ingliz josuslik hizmati vakillari Mir Izatullo va A.Berns tomonidan hamda A. Vamberi tomonidan yozilgan asarlar ham Buxoro amirligining XIX asr birinchi yarmi tarixiga oid muhim manbalar qatoridan o'rin olgan. 2-masala: Ashtarxoniylar inqirozi va Abulfayzxonning o'limi bilan barxam topa boshlagan Buxoro xonligi taxti bir necha yillar davomida (1747-1756) ashtarxoniy shahzodalar tomonidan boshqarilgan bo'lsada, hokimiyat amalda mang'itlar urug'idan bo'lgan Muhammad Rahim qo'liga o'tib qolgan edi. Muhammad Rahim o'z hukmronligining dastlabki yillarida markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning barqarorlashuvidan manfaatdor bo'lgan yirik er egalari, savdogarlar, ulamolar va fuzalolar uning bu siyosatini qo'llab-quvvatladilar. Ishni avvalo saroy amaldorlarini o'zgartirishdan markaziy boshqaruvni tartibga solishdan boshlagan Muhamad Rahim asta-sekin viloyatlar hokimligiga ham o'ziga sodiq odamlarni qo'yishga kirishdi. Buning uchun u separatistik kayfiyat juda kuchli bo'lgan Shahrisabzga 1750-1752 yillarda 4 marta yurish qilib, bu erdagi muhim mudofaa qo'rgonlari (Kitob, Sangfurush, G'ovmish, Qushchi) ni egalladi va vohada o'z hokimiyatini to'laligicha o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. G'uzor ham Buxoro hokimiyatini tan oldi. Muhammad Rahim Miyonqol, Nurota, Urgut, Kabodiyon, Boysun kabi viloyatlarga ham yurishlar uyushtirib, markaziy hokimiyatni tan olishga majbur qildi. 1753-1756 yillarda Zarafshon vohasining yuqori oqimi, Jizzax, Zomin ham Buxoro amirligi tarkibiga qo'shib olindi. Buxoroning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida 1752-1753 yillarda shaharning eski devori yonida yangi mudofaa devori (2 m) qurildi. O'z hokimiyatini mustahkamlab olgan g'ayratli Muhammad Rahimni Buxoroning qonuniy hukmdori sifatida tan olib Qo'qon, Toshkent, Marv, Balx va Qunduz vakillari va hukmdorlari rasmiy elchiliklar yubordilar. Muhammad Rahim vafotidan so'ng taxtga uning tog'asi, Miyonqol xokimi Doniyolbiy o'tirdi. Uning hukmronligi davrida (1759-1784) markaziy hokimiyat zaiflashdi va urug'lar o'rtasidagi nizolar markaziy hokimiyatga qarshi chiqishlar ko'paydi. Bunday hol butun mamlakat bo'ylab yoyildi. Yuz, kenagas, burgut, baxrin, saroy kabi yirik o'zbek urug'lari birlashib, Buxoroga qarshi yurish qildilar. Biroq isyonchilar halqning qo'llab quvvatlashlari tufayli bostirildi. Bu voqea Doniyolbiy hukmronligining dastlabki yillaridayoq yuz bergan edi. 1771 yilda Shahrisabz va G'uzor beklilarida davlatga qarshi kuchli qo'zg'olon ko'tarildi. Bu qo'zgolon juda katta qiyinchilik bilan bostirildi. Qo'zgolon rahbarlari qatl qilindi. Mamlakatda g'alayonlarning to'xtovsiz davom etib turganligi markaziy hokimiyatning obro'si va qudratini zaiflashtirdi. Bu hol iqtisodiy ahvolning ham yomonlashuviga olib keldi. 1784 yilda ko'tarilgan navbatdagi qo'zgolon natijasida mamlakatda hukmdor o'zgardi va taxtga Doniyolbiyning o'g'li Shohmurod o'tkazildi. Shohmurod Buxoro amirligi tarixida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan hukmdorlar sirasiga kiradi. U mang'itlar sulolasi hukmdorlari orasida eng birinchi bo'lib «amir» unvoni bilan davlatni boshqardi. Shunga ko'ra bu davlat ham Buxoro amirligi degan nom oldi. Tarixda «amir mas'um» (Begunoh amir) nomi bilan mashhur bo'lgan Shohmurod hukmronligi yillari (1785-1800) Buxoro amirligida markaziy hokimiyat boshqaruvining nisbatan mustahkamlanishi davri hisoblanadi. Shohmurod ham boshqa hukmdorlar kabi markaziy hokimiyatga bo'ysunishdan bosh tortayotgan ayrim bekliklarga qarshi harbiy yurishlar uyushtirdi va davlatning hududiy yaxlitiligini saqlab qolishga harakat qildi. Shohmurod faqatgina siyosiy hokimiyatni mustahkamlab qolmasdan, bir qator ma'muriy iqtisodiy-madaniy tadbirlarni ham amalga oshirdi.
70 yil oldin Qo'shma Shtatlar Ikkinchi Jahon urushiga kirdi, amerikaliklarning fikriga ko'ra, uning natijalarini oldindan belgilab qo'ygan. Amerika aholisining aksariyati urushda Germaniya va Yaponiya ustidan g'alaba faqat Amerika tufayli qo'lga kiritilganiga va SSSR amerikaliklarning ta'minotisiz fashistik Germaniya hujumiga dosh bera olmasligiga amin.
Hech kim amerikaliklarning, ayniqsa Yaponiya ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan katta hissasini, shuningdek, SSSRga harbiy materiallar bilan yordam berishni inkor etmoqchi emas. Biroq, bu rol qanchalik katta ekanligini ta'kidlash kerak.
Amerikaliklarning Amerika qo'shinlari Britaniya Hamdo'stligi mamlakatlari bilan birgalikda Yaponiya dengiz va havo kuchlariga, shuningdek, Germaniya harbiy-sanoat kompleksiga katta zarar yetkazganligidan faxrlanishga haqli.
Sovet askarlarini qurol-yarog', oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta'minlashda Amerikaning ahamiyati ham katta. Darhaqiqat, urush paytida Qo'shma Shtatlar dunyoning ko'p qismida hukmronlik qiladigan super kuchga aylandi. Biroq, bunday natijalarga boshqa davlatlar bilan solishtirganda juda kichik yo'qotishlar evaziga erishildi. Urush paytida shtatlar 325 mingga yaqin askarini yo'qotdi. Tinch aholi orasida qurbonlar deyarli yo'q, chunki harbiy harakatlar Amerika hududiga juda kam ta'sir ko'rsatdi.
Bundan tashqari, AQSh hukumati nafaqat aholining turmush darajasini kerakli darajada ushlab turishga, balki Amerika iqtisodiyotini yuksaltirishga ham muvaffaq bo'ldi.
1941-yil mart oyida AQSH Kongressi ittifoqchi davlatlarga AQShdan qurol-yarogʻ va boshqa harbiy materiallar sotib olish uchun maqsadli kreditlar berish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Bunday etkazib berish uchun qarz hisobdan chiqarilgan deb e'lon qilindi. Bu tizim lend-lizing deb nomlangan. Angliya Amerikadan yordam olgan birinchi davlat bo'ldi. Aytgancha, u harbiy materiallarning asosiy oluvchisi bo'lib qoldi.
Ushbu qonun SSSRga nisbatan faqat 1941 yil noyabr oyida kuchga kirdi, ammo etkazib berish oktyabr oyining boshida boshlangan. Amerika yetkazib berishning umumiy hajmi Sovet Ittifoqi umumiy yalpi ichki mahsulotining 4 foizini tashkil etdi. Yetkazib berishning asosiy qismi 1941-1942 yillarga to'g'ri keladi, shundan so'ng asosiy e'tibor SSSRda etishmayotgan harbiy materiallar va oziq-ovqat etkazib berishga qaratildi.
Qo'shma Shtatlar SSSRga Lend-lizing asosida etkazib bergan asosiy mahsulot turlari go'sht konservalari, rangli metallar, hayvon yog'lari, jun, avtomobil shinalari va portlovchi moddalar, shuningdek yuk mashinalari, telefon kabellari va apparatlari, tikanli simlar edi.
Harbiy texnika nuqtai nazaridan Amerika yetkazib berish tanklar ishlab chiqarishning 12 foizini, bombardimonchi samolyotlarning 20 foizini, qiruvchi samolyotlarning 16 foizini, harbiy kemalar va kemalarning 22 foizini tashkil etdi. 445 ta radar yetkazib berilishi alohida e'tiborga loyiq.
Garchi G.Jukov Sovet armiyasi tomonidan zaxiralarni shakllantirish va urushni davom ettirish uchun Amerika ta'minotining roli haqida juda ijobiy gapirgan bo'lsa-da, haqiqat shuki, Sovet armiyasi uchun eng og'ir davrda 1941 yil yoz-kuzida. , yordam yo'q edi. Fashistik qo'shinlar Moskva va Leningrad chekkalarida faqat mahalliy qurollar tomonidan to'xtatildi.
To'g'riroq gap shundaki, AQSh harbiy ta'minoti Sharqdagi fashistik qo'shinlarning mag'lubiyatini tezlashtirishga yordam berdi, ammo bunday yordamsiz g'alaba qozonilmagan deb taxmin qilish xato bo'lar edi.
Umuman olganda, 1944 yilda Angliya-Amerika qo'shinlarining Frantsiya hududiga bostirib kirishi urush jarayonida burilish nuqtasi bo'lganligi umumiy qabul qilinadi. Biroq, bunday bayonot Sovet qo'shinlarining o'sha vaqtga qadar erishgan barcha muvaffaqiyatlarini inkor etadi. Axir, 1942 yildan boshlab, ba'zi lahzalar (Xarkov yaqinidagi qarshi hujum, Kursk jangining dastlabki bosqichi) bundan mustasno, fashist qo'shinlari Sharqiy frontda mudofaa holatida edi. Va 1944 yilning yoziga kelib, ilgari fashistlar tomonidan bosib olingan Sovet hududining katta qismi ozod qilindi. Urushning yakuniy natijasi allaqachon aniqlangan va u Sharqiy frontda edi.«Muntaxab at-tavorix» (Saylangan tarixlar kitobi) asari muallifi Muhammad Hakimxon ibn Ma’sumxon to’ra Qo’qon tarixnavislik maktabining yirik namoyandasi hisoblanib, muallif haqidagi ma’lumotlar asosan shu yozma yodgorlikning o’zida keltirilgan, shuningdek, bu tarixiy manba va uning yaratuvchisi borasida Abdulla Qodiriy, Aleksandr Aleksandrovich Semyonov, Aziz Qayumov, Ahror Muxtorov, Bo’riboy Ahmedov, Enver Xurshut, Shodmon Vohidov kabi olimlar qimmatli fikrlar bildirishgan. Akademik Aziz Qayumov esa ushbu satrlar muallifi bilan bo’lib o’tgan suhbatlarda Muhammadhakimxon qalamiga mansub «Muntaxab at-tavorix»ning ko’p jihatlari bilan Bobur podshohning mashhur memuar asari «Boburnoma»ga o’xshashligi xaqidagi nuqtai nazarni o’rtaga tashlagan edilar. Eslatib o’tish joizki, ushbu qo’lingizdagi o’zbekchaga tarjima xam ana shu qarashlarga ko’ra aynan Aziz Qayumovning maslahati va qo’llovi bilan amalga oshdi. O’zbekistonda manbashunos olim Enver Xurshut tamonidan «Muntaxab at-tavorix» maxsus o’rganilgan. E.Xurshut o’z tadqiqotlarida asarning nusxalari, uning manbalari, tarixiy va adabiy manba sifatidagi ahamiyati, memuar janridagi ushbu muqaddimani yozishda E.Xurshutning mazkur tadqiqotlaridan xam keng foydalanildi. «Muntaxab at-tavorix» asarini Muhammadhakimxon fors-tojik tilida Kitob va Shahrisabz shahrida 1259/1843-yilning yozlarida yozib tugatgan. Mazkur asar Qo’qon tarixnavislik maktabining g’ayrirasmiy tarixiy asarlari sirasiga kiradi. Uning ilova qismi esa 1844-yilning oxiri yoki 1845-yilda yozilgani borasida ham ishonch bilan fikr bildirishimiz mumkin. Muallif nusxasidan shu 1843-yili yana o’nta nusxa ko’chirilgani xam ma’lum. Muhammadhakimxon asari xonlik hududlarida keng tarqalishidan o’zi xam manfaatdor bo’lgani uchun undan nusxalar ko’chirishga ancha sa’y-xarakat qilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, «Muntaxab at-tavorix»ning o’zbek tilidagi qisqartirilgan tarjimasi xam mavjud. Biroq, mazkur nusxani E. Xurshut P.P.Ivanovga o’xshab asarning o’zbek tilidagi talqini deb qabul qilishni tavsiya qiladi. Izlanishlar natijasidan ma’lum bo’ldiki, o’zbek tilidagi «Muntaxab at-tavorix»ning nusxasi asl fors-tojik tilidagi matnidan ancha yiroqlashib ketgan. Unda ko’plab xatolar, voqea va sanalarning chalkashligi, tarjimon(lar) tomonidan muallif uslubini soddalashtirish yoki matnga o’zgartishlar kiritish hollari ko’zga tashlanadi. Bugungi kunda «Muntaxab at-tavorix»ning O’zbekiston, Tojikiston va Rossiya qo’lyozma xazinalarida 12 ta nusxasi mavjud. Ulardan №S 470 (Rossiya), №63 (Tojikiston) va №592 (O’zbekiston)dagi nusxalar matnlarning to’laligi va yaxshi saqlanganligi bilan o’z qiymatiga ega qo’lyozmalar hisoblanadi. Asarning Shahrisabzda Muhammadamin kotib tomonidan ko’chirilgan bir nusxasining faksimilesi ikki jildda 1984-yili Dushanbeda chop etildi. 2006-yili Muhammadhakimxon asarining ikkinchi jildi arab yozuvida Tokioda xam bosilib chiqdi. Asarning tuzilishi: I bob. Payg’ambarlar. II bob. Qadimiy Eron sulolalari. III bob. Chin va Farang shohlari. IV bob. Chahoryorlar, umaviylar va abbosiylar xalifalari haqida. V bob. 1) Safforiylar, 2) Somoniylar sulolasi. 3) Ol Bo’ya hukmronligi. 4) G’aznaviylar. 5) Saljuqiylar. 6) Xorazmshohlar saltanati. 7) Chingiz va chingiziylar xonadoni. 8) Temuriylar. 9) Shayboniylar. 10) Ashtarxoniylar. 11) Mang’itiya saltanati. 12) Minglar toifasi. «Muntaxab at-tavorix» nusxalaridan Sankt-Peterburg nusxasida (S-470) yana ilova ham bor. Bu ilova xam Muhammadhakimxon qalamiga mansub bo’lib, unda Sheralixon davri (1842-1845 y.) hamda Xudoyorxonning taxt ustiga chiqishi bayon etilgani (689-707-betlar). «Muntaxab at-tavorix»ning manbalari juda xam ko’p bo’lgan. Qo’qon tarixchilarining asarlari fors-islomiy tarixnavisligi asosida shakllangan bo’lib, ularda umumjahon va lokal (mahalliy) tarixga bag’ishlab yozilgan asarlar uchraydi. «Muntaxab at-tavorix» asari umumjahon tarixiga bag’ishlangani bois muallif tarixni olam va odam yaratilishidan boshlab, XIX asrning o’rtalarigacha bayon qilgan. Shuning uchun taqdim etilayotgan ma’lumotlarning dastlabki qismi boshqa ko’plab tarixiy va adabiy manbalar asosida bitilgan. Shu sababli ular originallik kasb etmay, asarning qolgan qismi uchta mavzuga, ya’ni Buxoro mang’itlari tarixi, Qo’qonda hukm surgan minglar sulolasi xamda muallifning chet ellarga sayohati bayoni bo’yicha taqsimlanar ekan, bu ma’lumotlarning barchasi Muhammadhakimxonning o’z qalamiga mansub qimmatli manba hisoblanadi.


O’zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir davrda ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. o’zbekistonnning o’z tiklanish va taraqqiy etish yo’liga asoslangan tamoyillardan biri ham bu kuchli ijtimoiy siyosatdir. Kuchli ijtimoiy siyosat deganda “o’zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar shaxs sifatida shakllanishi, o’z qobiliyatini namoyon etishi, hayotini yanada farovon, munosib, ma’naviy boyroq qilishi uchun”1 zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha ijtimoiy kafolat va choralarning ta’minlanishi tushuniladi. Fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’makni ko’rsatish imkonini beruvchi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining vujudga kelishi ushbu yillardagi ijtimoiy siyosatning tabiiy yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi. Mustaqillik yillari mobaynida mavjud real iqtisodiy va demografik vaziyatni inobatga olgan holda bozor iqtisodiyoti sari bosqichma bosqich o’tish asnosida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratildi. Dastlabki bosqichlarida bu barcha aholini ijtimoiy himoyalanishini ta’minlovchi yo’li bo’lib, u o’z o’rnida insonlar hayoti darajasining keskin ravishda tushib ketishini oldini olish, mamlakatda turғunlikni saqlab qolish imkoniyatini berdi. Islohotlarning chuqurlashib borishi barobarida aholiga manzilli yordam ko’rsatilishiga katta e’tibor qaratildi. Barcha nafaqa va yordam trurlari oilalarga berila boshlandi, bunda asosiy e’tibor kam ta’minlangan oilalar, qariyalar va bolalarga qaratildi. Aholining turli qatlamlariga differensial yondoshish zamonaviy ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tomonlaridan biridir. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi barqaror iqtisodiy o’sish, aholi hayoti tarzining sifat jihatidan yaxshilanilishiga asoslangan. Ҳozirgi davrda aholining bandligini va xususan tadbirkorlik 1 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. М.: Дрофа, 1997.Б . 209. faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy faolligini rivojlanishi ijtimoiy himoyalashning asosi bo’lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy siyosatining yana bir yutuqlaridan bo’lib, ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimining vujudga kelishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’mak ko’rsatish imkonini beruvchi zamoaviy usul va texnologiyalardan keng foydalanish hisoblanadi. Mahalliy o’zini boshqarish organlari – xokimiyatlarda hududiy ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish, ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy psixologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimining tashkil topishi va rivojlantirilishi barobarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish imkoniyati ortib boraverdi. Zamonaviy o’zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimi alohida shaxslar, oila yoki guruhlarning moslashuvi, ijtimoiy reabilitatsiyasiga yo’naltirilgan ijtimoiy-gumanistik faoliyatning ma’lum bir uslubi tizimi sifatida namoyon bo’ladi. O’tish davrining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida O’zbekiston o’z muhtoj fuqarolarining zarur yordam va ko’magini olishi uchun xizmat qiladigan yangi ijtimoiy muassalar tizimini yaratish imkoniyatiga ega bo’ldi. Qariyalar, bolalar, nogironlar haqida qayғurish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, jamoatchilik tarzida o’zini boshqarish organlari (mahalla), IIV tomonidan amalga oshiriladi. Bunday muassasalar tarkibiga turli toifadagi fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari, aholiga psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish markazlari, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markazlari, oila, ayollar va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha hududiy markazlar va b. kiradi. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatilishi bo’yicha asosiy tamoyillar keltirilib o’tiladi. Ular orasida quyidagicha tamoyillar ham ijtimoiy xizmatlarni olishda teng imkoniyatlarga egaligi; ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishining manzilliligi va ommabopligi, aholining ojiz qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash kabi tamoyillar.
XX asrning so’nggi 10 yilligi jahon tarixiga ijtimoiy dunyoqarashda, jahon hamjamiyatining jo’g’rofiy-siyosiy tuzilishida tub o’zgarishlar davri bo’lib kiradi. Jahon yangi davrga qadam qo’ydi. Bu davrning o’ziga xos belgilari, bir tomondan, davlatlar va xalqlar o’rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorliklarning kuchayishi, yaxlit siyosiy va iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi, yagona xalqaro mehyorlar, qoidalar va andozalarga o’tish bo’lsa, ikkinchi tomondan, sotsialistik lagerning yemirilishi, totalitar tuzumlarning tugatilishi, bu tuzumlar o’rnida yosh mustaqil davlatlarning paydo bo’lishidir.
Hozirgi mustaqil O’zbekiston milliy istiqloliga erishgunicha sobiq SSSR deb atalgan qudratli, hukmron Markaz tasarrufida o’z erkinligidan, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish haq-huquqlaridan mahrum edi. SSSR Konstitutsiyasida bu Respublika “teng huquqli”, “mustaqil”, “suveren” davlat sifatida tahrif etilsa-da, amalda ko’zga ko’rinmas i’lar bilan qo’l-oyog’i bandi etilib qo’yilgan edi. Tabiiy boyliklar, resurslar, iqtisodiy imkoniyatlar, salohiyatga ega bo’lgan Respublikaning xo’jalik hayoti ham, madaniy-ma’naviy jabhalari ham ittifoq davlatining hoxish irodasi, oliy ko’rsatmasi bilan boshqarilib kelinar edi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi uning ko’p asrlik qaramlik va mutelik iskanjasida yashagan xalqi hayotida tarixiy voqea, burilish nuqtasi bo’ldi. SHu bilan birga uning davlat siyosatida, xalqaro maydondagi munosabatlarida ham o’ziga xos muhim bosqich bo’ldi. Avvalo, yosh, mustaqil, suveren davlatning jahonga yuz tutishi, uni ko’plab davlatlar, mamlakatlar tomonidan ehtirof etilishi, di’lomatik, savdo-sotiq va boshqa aloqalarni o’rnata borishi O’zbekiston Respublikasining xalqaro maydonga chiqishiga yo’l ochib berdi.
O’zbekiston qulay geostrategik mavqega ega. Hozirgi O’zbekistonning xududi tarixan shunday joy bo’lganki, bu yerda juda ko’p savdo yo’llari tutashgan, jo’shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini boyitish jarayoni kechgan. Hozirgi kunda O’zbekiston o’zining mustaqil energetika va suv tizimlariga ega bo’lgan sobiq Sovet O’rta Osiyosining markazida turibdi, ko’pgina masalalarda Respublikalar o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qilmoqda va xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda tobora faol rol o’ynamoqda. O’zbekiston mustaqil Markaziy Osiyo Respublikalari orasida g’oyat kata eks’ort imkoniyatiga ega bo’lgan juda muhim xomashyo-’axta va undan tayyorlangan mahsulotlarni yetishtiruvchi hamda yetkazib beruvchi asosiy Respublikadir. O’zbekiston Respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan yetarli ‘otentsialga ega. Yer bag’rining g’oyat qimmatli xomashyolarga boyligi chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, Respublikaning jahon bozoriga chiqishini tahminlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish imkonini beradi.
O’zbekiston o’z milliy manfaatlariga javob beradigan, mamlakatning jahon hamjamiyatiga qo’shilishini tahminlaydigan, milliy, mintaqaviy va jahon xavfsizligiga ko’maklashadigan tashqi siyosat yurgizmoqda.


Download 66.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling