Ti va uning hayotdagi o’rni Reja Musiqa madaniyatini shakllanishi Musiqada yangicha uslub


Qadimgi yunonistonda estrada tushunchasining paydo bo’lishi


Download 41.15 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi41.15 Kb.
#1273480
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Qadimgi yunonistonda estrada tushunchasining paydo bo’lishi.
Estrada tarixini o’rganish uchun shu tushunchani paydo qilgan tarixiy daqiqlqrni tasavvurimizda tiklab, uning o’z davri tomoshalardagi ilk ko’rinishlarini izlaymiz va o’rganamiz.
Sayoxatimizni qadimgi greklarning tasavvuri va tafakkurini ifodalagan miflar- rivoyatlardan boshlaymiz. Ularning miflari diniy ruxda bo’dib, olam avvalida Xaosdan iborat bo’lgan, degan fikrni ta’kidlaydi. Xaos-bugun xam xamma narsaning aralashib ketgan shakli ma’nosida ishlatiladi. Xaosdan Yer-Geya va yerosti olami –Tartar paydo bo’lgan. Geyadan uning o’g’li Uran, osmon xudosi kelb chiqqan. Uran va Geyadan titan-katta xudo Kronos tug’ilgan.
Kronosdan-Aid, Poseydon, Gestiya, Demetra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan.
Zevs boshliq kichik xudolar-titanlar, ya’ni katta xudolar xukmdorligini ag’darib tashlab, olamni o’zlari idora qila boshlaganlar. Shunday qilib, Zevs-bosh xudo, Osmon ma’budasi va nikox xomiysi Gera uning xotini bo’lgan.
Greklar tabiatdagi mo’jiza va o’zgarishlarning sodir bo’lishiga Xudolar sababchi deb qarab, ularning vazifalarini quyidagicha taqsim qilganlar:
1.Poseydon -dengiz xudosi
2.Demetra - xosildorlik va don xudosi
3.Gestiya - uy-ro’zg’or ma’budasi
4.Aid - yer osti xudosi
5.Afina - donishmadlik va urush xudosi
6.Appolon - ro’shnolikva san’at xudosi
7.Artemida - oy va ov ma’budasi
8.Gefest - temirchilik xudosi
9.Afrodita - go’zallik va sevgi xudosi
10.Dionis - go’zallik yigit qiyofasidagi xoil va vino xudosi.
Greklar o’z miflarida xudolar bilan odamlar o’rtasidagi munosabatni bog’lay boshlaydi. Natijada Prometey osmondan olovni odamlarga olib tushgani uchun jazolanadi. Yarim xudo-qaxramon Greklar 12 marta qaxramonlik ko’rsatadi. U xudolar va odamlar nikoxidan paydo bo’lgani uchun aloxida ezozlangan. Gerakl yovuzlikka qarshi kurashadigan, sher terisini yopingan, qo’liga tayoq tutgan qaxramon obrazidir.
Dunyo madaniyatida katta o’rin tutadigan bayramlar qadimgi greklarning xam o’z xudolariga bag’ishlab o’tkazadigan asosiy tadbiri bo’lgan. Bu bayramlarni tantanali nishonlash uchun ular, xatto qo’shni shaxarlaridan mexmonlar chaqirishgan. Natijada, bayramlar –xalq o’yinlari ko’rigiga, jismoniy tarbiya ko’rgan yigitlar o’rtasidagi musobaqalarga, yasangan qizlarning kiyimlari namoyishiga xamda xor, qo’shiq va raqs ustalarining musobaqasiga asos bo’lgan.
Teatr, aktyor, tragediya, komediya, mim, xor, orkestr, drama, saxna, estrada , stadion, bu-qadimiy greklar yaratgan tomosha san’ati atamalari bo’lib, ular xozir xam o’z moxiyatini yoqotmagan. Bular tarixiga xam bir nazar tashlaylik.
Otning taqasi shaklini eslatadigan qadimgi grek teatrlari 20-25 mingcha tomoshabinni sig’dira olgan. O’rtasi tekis bo’lgan, atrofi tepalik bilan o’ralgan joyni ular jixozlab-stadion, ya’ni musobaqa joyi deb atashgan. Uch tomoni tuproq bilan o’ralgan tepalik shaxarning bir tomoni tekislikdan iborat bo’lsa, bu joyni jixozlab-teatr deb atashgan. Demak, Greklar tomoshabinlar o’tiradigan joyni teatr deb atashgan. Tekislikning tomoshabinga eng yaqin, oldi qismi-orxestr, xor joylashadigan maydoncha deb atashgan. Bugun xam shunday, musiqali teatrlarda tomoshabin bilan saxna orasidagi joyga- orkestr va xor joylashadi.
Xor bilan muloqotga kiruvchi va uni boshqaruvchi Korifeyni, tomoshabinlarga yaxshiroq ko’rinishini ta’minlash uchun, uni orxestrni orqa tomonida maxsus jixozlangan- taxta chorpoya ustiga chiqarishgan. CHunki, xorning obro’si, baland bo’lib, uning oldida yurish mumkin emas edi.
Keyinchalik, korifey va xor bilan muloqot qilishi uchun chorpoya ustiga birinchi aktyor xam chiqqan. Saxnada Korifey bilan birga birinchi aktyo’rning paydo bo’lishi taxta jixozni yanada kegaytirishni talab qilgan va uni greklar –“estrada”, ya’ni saxna, tom ma’noda-“maxsus ko’tarilgan joy”, deb ataganlar. Demak, estrada-aktyorlar idrosi uchun maxsus jixozdab ko’tarilgan joy bo’lib, saxna atamasi bilan xamon o’z moxiyatini saqlab kelmoqda. Qadimgi greklar, “skene” deb, estrada-saxna ortidagi maxsus chodir, ya’ni palatani atashgan. U yerda aktyorlar kiyingan va saxna jixozlarini saqlagan.
Keyinchalik estrada-saxna orti maxsus devor bilan to’silgan va “skene”-chodir tomoshabinga ko’rinmaydigan bo’lgan. Bu devorda uchta eshik qoldirilgan va undan aktyorlar saxnaga kirib-chiqib turgan. Ilk bor bu devorga Dionis uchun atalgan qurbonliklar osib qo’yilgan. SHunday qilib devor asta-sekin mavzuga mos o’zgarib, ilk dekorattsiya- saxna bezagi vazifasini o’tay boshlagan.
Bugungi kundagi teatr tushunchasi bizda yaxlit tomosha ko’rsatish maskanini anglatadigan bo’lsa, greklarda esa tomoshabinlar o’tiradigan joy- teatr; xor joylashadigan joy-teatr; xor joylashadigan joy-orkestr; aktyorlar xarakat qiladigan joy, saxna-estrada; jixozlar saqlanadigan joy-skena tushunchalaridan iborat bo’lgan.
Ovoz odamlar o’ylaganidek qiyin emas. Bu instrumentdir, va uni odamlar har kuni eshitadi. Albatta bu ehtiyojlar professional kuylash barobarida tajribadan o’tadi, biroq ovoz bilan qanday ishlashni, tabiiy funksiyalardan qanday foydalanish va uni rivojlantirishni bilish muhimdir, so’ngra siz bulardan qaysisi eng muhim ehtiyojligini o’rgana olasiz.
Ovoz odatda aniq ishlanadi. Bolalikdan halaqit qilgan o’zboshimcha ovozlar ustida ham. Kuylash texnikasi siqishlarni chetlashda muhimdir, u ovozda erkin ishlashga yordam beradi. Buning ma’nosi shuki, ovozda qandaydir muammo bo’lmasa, har kim kuylay oladi. Demak kuyning texnik ko’rinishlari bilan ishlashda hech qanday texnik sabablar yo’q, agarda sizda o’ziga xos texnik muammo bor bo’lmasa1.



Download 41.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling