Ti va uning hayotdagi o’rni Reja Musiqa madaniyatini shakllanishi Musiqada yangicha uslub
Download 41.15 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Musiqa madaniyatini shakllanishi.
1-Mavzu. Musiqa madaniyati va uning hayotdagi o’rni Reja 1.Musiqa madaniyatini shakllanishi 2.Musiqada yangicha uslub. 3.Musiqa madaniyati rivojida milliy cholg’ular o’rni Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi mukaddasdir. T., “O’zbekiston”, 1995. 2. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T., “O’zbekiston”, 1992. 3. MaxmudovT. Mustakillik va ma’naviyat. T., “SHark”, 2001. Mualliflar guruxi. Madaniyatshunoslik. Farg’ona, 1997. 4. M.Abdullaev. Madaniyatshunoslik asoslari. Farg’ona, 1997. 5. O.Umarjonov. Jahon dinlari. Farg’ona, 2001. 6. B.Axmedov. Amir Temur. T., 1994. 7. I.Rajabov. Maqom asoslari. T., 1992. 8. Musiqa ijodiyoti masalalari. Maqolalar to’plami. T. “Yangi asr avlodi”. 2002. 9.Cathrine Sadolin. Complete vocal technique. 2012. www.Completevocalinstitute.com 10. Larri Star & Christopher Waterman. American popular music. Oxford Universite Press. Inc. 2007. 1.Musiqa madaniyatini shakllanishi. O’zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzok tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo’llari, shuningdek, folьklor - xavaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko’rinishlari bir-birini to’ldirib keldi. Ushbu musikiy merosimiz bugungi kunimizda xam ma’naviy madaniyatimizning bir bo’lagi sifatida namoyon bo’lmokda. Mustakillik sharofati bilan milliy-ma’naviy kadriyatlarimizga, urf- odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan qadrli an’analarimizga bo’lgan e’tibor, ularni yangidan islox etish jarayoni ustivor yo’nalish kasb etdi. Milliy kadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma’naviy boyligimizga bo’lgan e’tibor davlat miqyosiga ko’tarildi. Mustakillikning dastlabki yillaridanoq ota- bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy boyliklarni, jumladan, musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan xamoxang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilindi. Bu borada o’tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma’naviy boyligimiz asosiy omil bo’lib xizmat qilmokda. Tarixdan ma’lum, ma’naviyatimizning asosiy bo’g’ini bo’lgan musiqiy madaniyatimiz, an’anaviy qo’shiqlarimiz, maqom ijrolari xamisha xalkimizning kundalik hayotida ma’naviy ozuqa sifatida eьtirof etib kelingan. Xalq og’ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida xam qo’shiq va musiqa ularga xamrox bo’lgan. Zero, bugungi muborak mustakillikka erishgan kunimizda, o’zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma’naviyatimizning bir bo’lagi bo’lgan, ota-bobolarimizdan meros bo’lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an’anaviy ko’shiklarimizga murojaat kilish tabiiy bir xoldir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma’naviy dunyokarashini shakllantirishda muxim axamiyat kasb etadi. An’anaviy musiqa va qo’shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mexr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda xam shu dolzarbligini yo’qotmagan xolda mustakillikka, mexnatkashlar ongini shakllantirish yo’lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo’lib qolaveradi. Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san’ati milliy musiqa san’atining xalqhayoti va ijodi bilan chambarchas bog’lik xolda paydo bo’lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san’at turlaridan xisoblanadi. Ayniksa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi ko’shiklari o’lmas meros bo’lib, barcha davrlardagidek bugun xam «labbay» deb javob bermokda. Lekin shu bilan bir qatorda fakat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo’shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo’lmish musiqiy san’at bilan shug’ullanayotgan barcha mutaxassis va san’atkorlarga muhim vazifa qilib qo’yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi xayotni boshlab yubordi. Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o’zgarishlar paydo buldi. Prezidentimiz ta’kidlaganlariday, ma’naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm- rusumlar, milliy mafkura, vatan- parvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash singari juda ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. “Xalkimizning kelajagi, - deb yozadi Islom Karimov, - eng avvalo, uning o’ziga, ma’naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog’liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma’naviy va aqliy o’sish extiyojiga g’ov bo’lmasligi lozim.Ma’naviylik va maxrifiylik xalqimizning ko’p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o’ziga xos xususiyati bo’lib keldi”. Ushbu tamoyillardan kelib chikib, ma’naviy jabxalarning barcha yo’nalishlari o’zlarining maksad va vazifalarini belgilab olishlari zarur bo’ladi. Ayniksa, bu jabxada musiqiy madaniyatning ma’naviy hayotdagi o’ziga xos o’rnini baxolash, uning ta’sirchanlik kuchini mustakillik mafkurasi tomon yo’naltirish uning bosh mezoni ekan- ligini anglash muximdir. Madaniy xayotda bugungi kunda shu tamoyilga ko’ra siljishlar kuzatilmokda. Ijodkorlarning fikri- zikri ana shu tamoyillar yo’liga yo’naltirilgan desak, xato qilmagan bo’lamiz. Musiqiy madaniyat o’zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o’zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o’zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan xam tushgani yo’k. U xalq ijodining yuksak namunalari, folьklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholg’u va ashula asarlari, dostonlar ijrochiligi xamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom musiqasini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy madaniyatida o’zlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini ko’shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi xam salmoqli o’rin tutadi. asr oxirlariga kelib o’zbek musiqiy madaniyatida o’zgarishlar davri boshlandi. Bu albatta, Turkiston o’lkasini Rossiya tomonidan istilo qilinishi bilan bog’liqdir. Bu borada ikki tomonlama qarash bilan o’rganmok zarur bo’ladi. Chunki baьzi bir hollarda milliy musiqa madaniyatimizga salbiy ta’sirini kuzatsak, ikkinchi tomondan, o’ziga xos rivojlanish davri bylganligini xam eьtirof etish zarur bo’ladi. Chunki nota yozuvining kirib kelishi, o’lkamizda milliy musiqa san’atimizni ilmiy ravishda o’rganish, folьklor va etnografiya soxasidagi rivojlanishga sezilarli ta’sir etdi. Bu borada V.A. Uspenskiy, Ye.E. Romanovskaya, N.N.Mironov singari musiqashunos va etnograf olimlarning mexnatlarini aytib o’tish zurur bo’ladi. Ilyos Akbarov, Mutal Burxonov, Yunus Rajabiy, Tolibjon Sodikov, Muxtor Ashrafiy singari musiqamiz darg’alari ulardan saboq oldilar. Bundan tashqari, jaxon musiqiy madaniyatining durdonalari sanalmish fortopiano sozi, opera va balet, simfonik ijro, jaxon klassik musiqiy sozlarining kirib kelishi musiqiy madaniyatimizning xar tomonlama serqirra rivojiga salmoqli xissa ko’shdi. Natijada, o’zbek xalq musiqalari, ko’shiqlari, maqomlari joy olgan 20 jilddan ortiq kitoblar dunyo yuzini ko’rdi. So’nggi 130 yil ichida musikiy madaniyatimiz murakkab, keskin ziddiyatlarga, ijobiy va salbiy ko’rinishlarga to’la tarixiy davrni boshidan kechirdi. Ana shu xolatlarga qaramay, o’tgan davrlar mobaynida ilm fan, san’at, jumladan, musiqiy madaniyat soxasida faxrlanishga arzigulik ishlar amalga oshirilganligini extirof etish zarur. Yakkol misol sifatida musiqa ijodiyoti, ijrochiligi, musika ilmi, taxlili singari soxalarni olish mumkin.Shu o’tgan davrlarning salbiy okibatlari sifatida hayotimizning o’ta siyosiylashtiriluvi, milliy kadriyatlarimizni mensimaslik, uning toptalishiga yo’l ko’yilishi, xalqchil yo’nalishlarga bepisandlik munosabatida bo’lish, azaliy xalqaro madaniy aloqalar rivojlanishiga suniy to’siqlar qo’yilishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Download 41.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling