Ti va uning hayotdagi o’rni Reja Musiqa madaniyatini shakllanishi Musiqada yangicha uslub


Download 41.15 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi41.15 Kb.
#1273480
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

2.Musiqada yangicha uslub.
Hozirgi zamon o’zbek musiqa ijodiyoti serjabxa va ko’lami keng, usluban boy va rang-barang, rivojlangan va shiddatli jarayon sifatida gavdalanadi. Zotan, musiqiy madaniyatimiz juda qadim, betakror va noyob an’analarga ega bo’lgani holda, zamona zayli bilan yangidan-yangi yo’nalish, shakl, janr, uslublar bilan yanada boyib bormoqda. Demakki, asrlar osha bizgacha yetib kelgan ardoqli navobaxsh merosimiz qatori bir necha avlod ijodkorlarining ko’rkam musiqiy an’analari madaniy-ma’naviy mulkimizga aylandi. Har qanday san’at turi xar xil vositalar orqali hayotiy vokelikni aks ettirishga kodir ekan, so’nggi yuz yillik mobaynida Uzbekiston musikasining rivojlanishi nechoglik murakkab va uzgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yakkol tasavvur kilish mumkin. Xususan, 20-yillardan e’tiboran kompozitorlikka xos ifoda vositalarining izchil joriy etila boshlanishi musikiy madaniyatimizda musika ijodkorligining yangi tizimi barpo etilishidan dalolat berdi.
Tabiiyki, tez orada uzbek xalk ijodiyoti, an’anaviy bastakorlik xamda xavaskorlik singari uzaro chambarchas boglik katlamlar bilan uzviy bogliq ravishda mil- liy kadriyatlarimizga, «noan’anaviy» kompozitorlik ijodkorligi muxim tarmok sifa- tida kushiladi. Umumbashariy madaniy taraqqiyotga mos ravishda mazkur jabxa ulkamizda tarixan juda kiska muddat ichida uzil-kesil shakllanib, samarali rivoj topganini alohida extirof etish lozim.
Garbiy va Sharqiy Ovrupa mamlakatlari tajribasidan unumli foydalanibgina kolmay, uzgacha yaratuvchanlik qonun-qoidalarini uzlashtirish, uni uzbek xalk musikasining boy imkoniyatlari bilan moxirona payvand kilish maksadida ilgor kompozitorlarimiz nafakat Markaziy Osiyo, balki Shark mintakasi doirasida ulkan yutuklarni qulga kiritishga muvaffak buldilar.
Yangicha musikiy uslubda noyob zamonaviy asar yaratish, jaxon xalqlari musikasi rivojlanishini xisobga olib, tobora yangidan - yangi ijodiy ufklarni ochib berish bilan tavsiflanuvchi baynalminal jarayonga Uzbekiston uz munosib ulushi bilan dadil kira oldi. Kasbiy ulgayish bosqichlarini tezkorlik bilan utab, xar tomonlama yetuklik palla- siga kutarilishi bilan «O’zbek kompozitorlik maktabi» dunyo musiqa madaniyatida o’ziga munosib o’rinni egallashga intildi.
Asosan XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan ana shunday ijodga moyillik darajasi ilgari ayricha xolda bo’lgan ikki toifadagi musiqiy tafakkur an’analarining o’lkamizda uzviy mushtarakligiga erishilganligi bilan xam xarakterlanadi. SHu boisdan ko’p ovozlik uslub ila bunyod etilgan turli janrlardagi badiiy jixatdan barkamol, mumtoz asarlar ma’naviy qadriyatlarimizning jaxonshumul saloxiyatini yanada oshirdi.
Musiqiy madaniyatimizning yangi yo’nalishi bo’lgan o’zbek simfonik musiqasi 70- 80-yillarda peshqadam safga chiqib olganini eslab o’taylik. Bu urinda respublikamizda, kushni va kator xorijiy mamlakatlarda utkazilgan nufuzli madaniy tadbirlar, kontsert, ko’rik-tanlov xamda festivallarda katta muvaffaqiyat bilan ijro etilgan uzbekona poemalar, syuitalar, uvertyuralar, fantaziyalar, cholg’u kontsertlar va simfoniyalar xalqaro musiqa jamoatchiligi diqqat-e’tiborini qayta-qayta o’ziga jalb qilgan.
Bugungi kunda o’zbek musiqa san’ati nafaqat asl an’anaviy ko’rinishlarida, balki kompozitorlik yo’nalishlarida xam xalqaro miqyosda tobora kengroq tan olinmoqda. Bu ma’noda sof cholg’u musiqasi, xususan, uning ancha murakkab sanalmish simfonik ijodiyoti alohida e’tiborga molik. Endilikda respublikamiz kompozitorligi shunchaki xilma xil musiqa janrlarida yozish va izlanish tajribalaridan iborat bo’lmay, balki noyob an’- analariga, mumtoz namunalar xazinasiga ega sermaxsul oqimdir. Uni turli yillarda xalqchil kuy oxanglar zaminida yaratilgan noyob va betakror asarlar tashkil etadi. Zero, xar qanday andozada bastalangan musiqaning milliylik, badiiy barkamollik, o’ziga xoslik, mazmundorlik, ta’sirchanlik kabi fazilatlari xamisha qadrlidir.
Yuksak kasb maxorati, teran bilimdonlik, nozik did bilan kuxna milliy an’analarga tayanib yaratilgan asarlarning umri boqiyligini birgina o’zbek simfonik musiqasi misolida yaqqol ko’rish mumkin.
Jumladan, 30-yillarning ikkinchi yarmida yaratilgan Aleksey Kozlovskiyning ovoz va simfonik orkestriga moslashtirilgan extirosli “Tanovar” poemasi, “Lola” syuitasi, Reyngolpd Glierning “Farg’ona bayrami” shodiyona uvertyurasi tinglovchilarga xamon olam-olam zavqu shavq bag’ishlab kelmokda. Simfonik orkestr ishtirokida ijro etishga muljallangan ul - mas kashfiyot darajasidagi asarlar orasida Mutal Burxonovning yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun “Alisher Navoiyga qasida”si, Muxtor Ashrafiy, Georgiy Mushelp, Sulaymon Yudakovlarning qator simfonik asarlari, Doni Zokirovning “Lirik poema”si, Boris Nadejdinning “Bolalarga” syuitasi, Ikrom Akbarovning “SHoir xotirasiga”, “Epik poema”lari, “Samarqand xikoyalari” turkumi, Sayfi Jalilning “Samarkandnoma” simfoniyasi, Tulkin Qurbonovning simfonik kuylari, Mirsodiq Tojievning “Shoir sevgisi” poemasi va 19 ta muxtasham simfoniyalari, Mirxalil Maxmudovning 3 ta simfoniyasi, Nurilla Zokirov, Mustafo Bafoev, Rustam Abdullaev, Habibullo Raximov, Baxrullo Lutfullaev va boshka ijodkorlarning yutuqlari musiqiy madaniyatimiz ravnaqiga munosib xissa bulib qo’shildi.
Zaminimizdagi musiqa san’atining rivoji uch ming yilga borib taqaladi. O’tgan bu zalvorli davrlar mobaynida musiqiy madaniyatimiz juda ko’p marta o’zining uzok rivojlanish davrini bosib o’tdi va xalqimiz ma’naviy boyligining negizi sifatida ezgulik va taraqqiyot uchun xizmat kildi. Shuning uchun xam biz juda boy, rang-barang, kulami keng, usluban xilma xil, qiymati chin ma’noda bebaxo darajali ulug’vor musiqiy merosga egamiz.
O’rta asrlarda faqat mumtoz ijodkorlik qatlamida «O’n ikki maqom»dek muxtasham tizim, uning negizida shakllanib bizgacha yetib kelgan Buxoro va Xorazm makom turkumlari, Farg’ona-Toshkent maqomlari, an’anaviy ijrochilik va surnay yo’llari, xalq bastakorlik ijodkorligi, musiqiy dostonchilik san’ati musiqiy madaniyatimizning sarchashmalari sifatida baxramand qilib kelmokda.
3.Musiqa madaniyati rivojida milliy cholg’ular o’rni.
Milliy cholg’ularimizning toifalari ko’pchiligi, turfa yakka va jurnavozlik ijro an’analarining o’ziga xosligi bo’yicha milliy musiqa san’atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jaxonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog’iy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavkabiy Bu- xoriy, Darvish Ali CHangiy va boshqalar sharqona jaxonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning xam muallifi sifatida keng tanilgandirlar.
Ana shunday xalqchil va ustozona qatlamlar orkali bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimiz tufayli tarixan juda qisqa muddatlarda O’zbekistonda yanada yangicha, kup ovozli milliy kompozitorlik ijodiyoti uzil - kesil shakllandi, o’z qiyofasiga ega bo’ldi, jadal ravnaq topdi. Bunda xalq musiqamiz, ayniqsa, maqomchilik an’analari fakat xayotbaxshlikni taxminlabgina qolmay, balki maxsuldor zamin bo’lib xizmat kildi.
Ma’lumki, ulug’vor maqom san’ati milliy ma’naviy mulkimizning eng qimmatli va ardoqli xazinasidir. Uning asl namunalaridan necha-necha avlodlar baxramand bo’lib kelishmoqda. Hatto keng ko’lamli targ’ibot uchun rasman taqiqlangan paytlarda xam maqomlarning mavqei, amaliy-xayotiy moxiyati saqlanib qolaverdi. Xalqimizning yuksak ongi, didi, ruxiy talab va extiyojlariga bastakorlik ijodiyoti, ustozona xofizlik va sozandalik ijrochiligi ma’naviy ozuqa berib kelgan. SHu bois bunday san’at ustalari el- yurtimiz orasida xamisha qadrlanganlar va eьzozlanganlar.
Buyuk istiqlol tufayli musiqiy madaniyatimiz eski siyosiy - mafkuraviy tazyiqlardan xalos bo’ldi. SHu bilan birga, u ko’xna mumtoz an’analarimizning tula tik- lanishiga, ayniksa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma’naviy barkamol darajada tarbiyalashga misli ko’rilmagan imkoniyat yaratdi. Xususan, biz aynan mustaqillik davrida ko’xna maqom ijrochiligi va an’anaviy ijodkorligida yuzaga kelgan yangicha ijodiy saloxiyatning tiklanishini kuzatishga muyassar bo’lmoqdamiz.
Diniy-falsafiy ashulalar masalasiga kelsak, bular, avvalo bizning tarixiy boyligimizdir. Kimgadir g’ayri tabiiy tuyulsa xam, bu yo’nalishga to’sik bo’lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demokratik tamoyillarning amaldagi yakkol ifodasi bo’lsa kerak. CHunki mumtoz shark sheьriyatida bitilgan iloxiy, tasavvufona mavzular o’tmish musiqamizda o’zining oxanrabo, ta’sirchan ifodasini topgan va qadrlangan. Bunday ashulalarning o’z tinglovchilari, asosan, keksalar orasida shinavanda- lari, muxlislari bor. Buni albatta, xisobga olish zarur buladi.
Kezi kelganda shuni xam e’tirof etish kerakki, Yvrupaga turdosh zamonaviy musika ijrochiligi bo’yicha, jumladan, fortepiano, torli, damli va zarbli cholgular, aka­demik uslubdagi xonandalik ixtisosliklaridan ko’plab iqtidorli yosh musiqachilarimiz voyaga yetmokda. Ularning aksariyati respublika va chet mamlakatlarda nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishib, sovrindorlikni qo’lga kiritishayotgani quvonarli xoldir.
Avvallarni ovozni electron kuchaytirib bo’lmasdi, shuning uchun qo’shiqchi o’z yo’lini topishda ahamiyatli bo’lishi kerak edi. Bu esa aniq vokal texnikasini rivojlantiradi, aniq vocal tovushini ko’rsatish asta sekin bo’lgan. G’arb dunyosida ovoz klassik tovush sifatida o’rganilgan. Mikrofon kashf qilinishi bilan tovushlar ko’p masofaga kuchaytiriladigan bo’lgan. O’rganilmagan ovozlar o’rganilgan ovozlar darajasiga keltirilgan. Ma’nosi shuki, yangi tovushlardan foydalanilgan va yangi yaxshi ovoz tuzishda g’oyalar paydo bo’lgan.
Kuylashning ko’pgina yangi yo’llari yopilgan, kuchni talab qiladigan va o’rganish qiyin bo’lgani uchun yangi yo’nalishdagi qo’shiqchilar, ular “ommaviy musiqa” qo’shiqchilari o’zlari bilgancha kuylashni o’rganishga to’g’ri kelgan, chunki yangi kuylash stili kerak bo’lmagan. Ular klassik kuylarga qiziqishmagan., ularni o’rganishmagan. Natijada bu ularning ovoziga zara yetkazgan va kuylash stili xavfli va falsh bo’lgan – klassik qo’shiqchilarda ham vokaldan muammo bo’lgan.
Qo’shiqchilar haqida afsonalar.
Namoyishchilar qo’shiqlarni yozishlaridan oldingi davr haqida juda ham ko’p afsonalar bor. Boshqalariga o’xshamaydigan shunday ovozlar bo’lganki, boshqa hech qayerda uchramagan. Buni haqiqat ekaniga ishonmayman. Bu bo’lishi mumkin lekin, ijroji ovozi emas, shunchalik maxsuski lekin uni9ng texnikasi ovozini ko’rsata olgan. Qanday tajriba orttirishni bilish bilan yaxshi texnikaga ega bo’la olamiz. Afsuski, biz avvalgi ijrochilar G’arbiy afsonalarini qabul qila olamiz xolos, chunki bizda ularning rekordlariga isbot yoki qarshi dalil yo’q, va albatta ularning ovozlari o’zlari bilan ketgan. Ishonamanki, hamma qo’shiqchilar ovozlarni kuylay olgan.
Ish rivojlanganda, inson ovozi hamma ovozni ishlab chiqa oldi, kategoriyaga bo’lingan va aniq sistemada tashkil etilgan holda. Natijada, butun kuylash texnikasi g’oyasi shakllantirilgan, avvalgi texnika va ishonchlarga barcha musiqa turlariga murojaat qilingan. So’ng men ovozlar bilan tajriba o’tkazdim, klassik kuylash va klassikada ham metalsiz, yarim metal va to’liq metal tushunchalari borligini aniqladim. Bu menga shuni tasdiqladiki, vocal turlari ovoz strukturasiga zamin bo’ladi va barcha ovozlar, barcha kuy texnikasi va barcha kuy texnikasi va barcha musiqiy stillar tevaragida joylashadi.
Vocal turlari bilan qilinadigan keying ish ularning afzalliklari va chegaralarini aniqlashdir. Kuylovchi vocal turlari afzalliklarini yuqori baholasa, …2

Download 41.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling