"Tib qonunlari" asarining olamshumul ahamiyati Reja: Tib ilmi sarvari
Download 2.84 Mb.
|
Tib qonunlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3." Tib qonunlari " asaridan keltirilgan malumotlar
- Ibn Sino asarlari
- Tib ilmining sarvari.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1- davolash 117-“b” guruh 1- kurs talabasi Qayumov Humoyunmirzoning “Tarix ”fanidan tayyorlagan taqdimoti"Tib qonunlari" asarining olamshumul ahamiyatiReja:1. Tib ilmi sarvari2. "Tib qonunlari" asari yaratilish tarixi3." Tib qonunlari " asaridan keltirilgan ma'lumotlarAbu Ali ibn Sino
Ibn Sino asarlari
Tib ilmining sarvari.
Ibn Sino asarlari umumiy sonining 450 dan oshishi ham bunga guvohdir. Biroq bulardan 160 ga yaqini bizgacha yetib kelgan, xolos. Alloma nomini dunyoga tanitgan narsa, bu uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn Sinoning arab tilida yaratgan 5 jildli «Tib qonunlari» asari tibbiyotga oid benazir dasturul amaldir. Besh mustaqil kitobdan iborat bu majmuani ko'zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasida maxoratiga, bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan «Tip qonunlari» ning ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari bayon etilganligi buning ayni isbotidir.Olimning tibbiyotga doir 22 jildan tashkil topgan «Kitob ush-shifo» («shfo kitobi») asari ham mavjud. Abu Ali Ibn Sino faoliyatining ko'p qirraligi yana shundaki u ilm fanning boshqa sohalarida ham barakali ijod qilgan. Uning "Donishnoma ", «Insof kitobi», «Najot kitobi», «Tayr qissasi», «Salomon va ipsol», «Xayy ibn yaqzon» kabi falsafiy asarlari, 10 jildli «Arab tili kitobi» buning yorqin ifodasidir.Abu Ali ibn Sino“Tib qonunlari” asari fitonimlarning dorivorlik xususiyatlariga to`xtalib, xilma-xil shifobaxsh o`simliklarni keltiradi. Ba`zi o`rinlarda o`simlikning turkiy tildagi nomini ifodalagan bo`lsa, ba`zi o`rinlarda uning boshqa tildagi versiyasini keltiradi yoki bo`lmasa bir o`simlikning ikki xil nomini keltirgan holda uning dorivorlik xususiyatini namoyon qiladi. Xususan, muallif “Tib qonunlari” ning uchinchi kitobida taboshirfitonimiga quyidagicha ta`rif beradi: “quruqlikda o`suvchi taboshir , ayniqsa, qovurilgan taboshir, xususan, kofur bilan ishlangan taboshir ichni to`xtatuvchi vosita hisoblanadi”. Demak, taboshir o`simligi o`z xususiyatiga ko`ra ikki xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin ekan, ya`ni qovurilgan va kofur bilan ishlangan. Ushbu ikki ko`rinishining shifobaxsh xususiyati sifatida qayd etilgan ichni to`xtatish holati taboshir fitonimining dorivor vosita ekanligini anglatuvchi ifoda hisoblanadi.“Tib qonunlari” da keltirilgan o`simliklarning shifobaxsh xususiyatlari hozirgi kunda ham o`zining muhim ahamiyatiga ega bo`lib, muallif tomonidan qayd etilgan fitonimlar toponimik jihatiga ko`ra turli hududlarda mavjud bo`ladi, xususan, “Tib qonunlari”dagi shifobaxsh o`simliklarning joylashuv o`rniga ko`ra quyidagi asosiy guruhlarga ajratishimiz mumkin:a)Cho`l zonalarida tarqalgan dorivor o`simliklar; b)O`rmon hududida uchraydigan dorivor o`simliklar; c)Suv ichida mavjud bo`lgan dorivor o`simliklar. Yuqorida qayd etilgan o`simliklar tarqalish hududini aniqlash kishidan biologiya va geografiya fanlarini chuqur o`rganishni talab qiladi. Bu esa ushbu nomlari qayd etilgan fanlarning tilshunoslik bilan bevosita aloqadorligi asosida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”asarida qayd etib o`tgan o`simliklarning qo`llanilish usuli va ta`sir darajasiga ko`ra ham ikki usulda qo`llashni tibbiyot vakili sifatida ta`kidlab o`tadi. “Turp, yulg`un va tolbarglari suvlarining har biridan bir yarimuqiya, ituzum suvidan uchuqiya, o`ndirham xiyorshanbarning qaynatilib sovutilgani qo`shibich ketishkasalligini davolashda qo`llaniladi”,-“Tibqonunlari” asarining uchinchi kitobidan olingan ushbu jumlada xiyorbashir o`simligining qaynatib sovutilgan holati inson uchun shifo ekanligi haqida qayd etiladi. Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida fitonimlarning tibbiy xususiyatlariga to`xtalar ekan, ba`zi o`simliklarning ayni paytda bir nechta kasalliklarga shifo bo`lishi haqida ma`lumot ham keltirib o`tadi. Xususan, qirqbo`g`in o`simligining bir paytning o`zida qator illatlarga davo bo`la olishi muallif tomonidan qayd etib o`tiladi:E'tiboringiz uchun rahmat! Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling