Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiksatsion qisqichlar
Dissektorlar to‘qimalarni qatlamlarga ajratish va tomirlarni surishda, ularni
vaqtincha qisib turishga, jarrohlik aralashuvlarda ligaturalarni ushlashga mo‘ljallangan, qon to‘xtatuvchi qisqichlardan ishchi jag‘lar va kremalerada kertik va tishlari yo‘qligi bilan farqlanadi. Dissektorlar kattalar uchun to‘g‘ri va qayrilgan uchli ishlab chiqariladi (uzunligi 210-270 mm, 7 raqamda) , bolalar va chaqaloqlar uchun ham tayyorlanadi. To‘qimalarni qisishda sarflanadigan kuch 1- 2 kg dan ortmaydi. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 15 Fiksatsion qisqichlar turli a’zolarni mahkam ushlab turishga xizmat qiladi. Ular ko‘pincha “omburlar” deyiladi, uzunligi qon to‘xtatuvchi qisqichdan ortiqroq bo‘ladi. Asosiy talab – qaysi a’zolarga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha joydagi to‘qimalarga imkon qadar jarohat etkazmaslikdir. SHu bois qisqichlar egiluvchan bo‘lishi lozim. Vazifasiga qo‘ra fiksatsion qisqichlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: o‘pkani mahkam ushlash uchun – uchburchak shaklidagi eni 28 mm jag‘lar bo‘lib, mayda soychali branshalari – egiluvchan, kremaleraning birinchi tishiga qisish kuchi kamida 0,5 kg tashkil qiladi. Bu ularning “yumshoqligi” ni tavsiflaydi; jag‘lar yumaloq shaklda ham, qayrilgan qilib tayyorlanadi; gemorroidal tugunlarni mahkam ushlash uchun – ishchi jag‘larida qavariq shakldagi soychalar mavjud, jag‘lar eni 18 mm, omburlarning uzunligi 225 mm, jag‘lar biroz qayrilgan bo‘lib ishlab chiqariladi; ichak uchun darchali – ichakni ushlash uchun, ishchi jag‘lari yumaloq bo‘lib mayda kertiklari bor; kattalar uchun (uzunligi 210 mm, jag‘lar eni 12 mm) bolalar uchun (uzunligi 165 mm, jag‘lar eni 10 mm) ishlab chiqariladi, egiluvchan bo‘lishi lozim, tishli – panjali – zich tog‘ay va pay to‘qimalar uchun. gardishi bo‘ylab o‘tkir tishchalarga ega tojdor jag‘lari bo‘ladi, qisqichlar uzunligi 200 mm; ichak devorini ushlash uchun – kattalar uchun (uzunligi 200 mm) va bolalarning uchun (uzunligi 152 mm) ishlab chiqariladi, ishchi qismida o‘tkir tishchalari mavjud (15-rasm) . O‘t pufagi, o‘pka pardasi, yurak quloqchasi uchun qisqichlar mavjud. Yordamchi qisqichlardan operatsiya paytida asboblarni ushlab turish va uzatishga mo‘ljallangan qisqichlar ham ishlatiladi. Ular to‘g‘ri va qayrilgan qilib, jag‘larida mayda soychalar bilan ishlab chiqariladi. Oshqozon-ichak qisqichlari ichak yoki oshqozonni ko‘ngildagi holatda qattiq qisish uchun mo‘ljallangan, yorish paytida suyuqlik yo‘li bug‘ilib, ichidagi jarohatga tushishi (tomishi) oldi olinadi. Qisqichlar egiluvchan va bosuvchilarga bo‘linadi. Bosuvchi qisqichlar a’zoni kuchli bosib va to‘qimalar ezilishini vujudga keltirib, uni mahkam ushlaydi. Bunday qisqichlar a’zoning olib tashlanadigan qismiga rezeksiya paytida qo‘yiladi. Egiluvchan qisqichlar to‘qimalarga birmuncha yumshoq ta’sir o‘tkazadi va ular a’zoning operatsiya paytida qoldiriladigan qismiga qo‘yiladi (16-rasm) Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 16 15-rasm. Ichak devorini ushlash uchun qisqich. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling