Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Zondlar
Mazkur guruhga mansub asboblar asosan tashhis va nazorat uchun xizmat qiladi. Ularning yordamida jarohat yo‘li, bo‘shliqlar va yo‘llarni, u erda begona qattiq jismlarning mavjudligini, shuningdek teshik yo‘llar, bo‘shliqlar va boshqalarni aniqlash mumkin. Zondlar ko‘pincha zanglamas 12x18N9T rusumli po‘latdan yoki qoplamali jezdan tayyorlanadi. Sanoatda zondlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: novsimon, uzunligi 170 mm – jarrohlik zondi (23-rasm, a) ; 215 mm- proktologik (23-rasm, b) , uchi tugmasimon doirali; asbob nov shaklida bo‘lib uchi qattiq, bu esa unda yumshoq to‘qimalarni kesib tashlash imkonini beradi; nov tubi pichoq yoki qaychi tig‘ining gardishi silliq yurishi uchun tekis sathga ega bo‘lishi kerak; tugmasimon 2 tomonli (23-rasm, v) aylana kesikli (diametri 2, uzunligi 160 mm) , biroz qalinlashgan va doiralashgan chetlar (tugunchalar) ga ega naydir; 120° burchakda bukilish va sinmasdan yana to‘g‘rilanishi lozim; jarrohlik zondi, quloqchali oldingisiga qaraganda bir uchida tugmacha o‘rniga quloqchasi mavjud, u tufayli jarohatga ligaturalar, tomponlar va drenajlar qo‘yish imkoniyati tug‘iladi; buqoq uchun Koxer zondi (23-rasm,g) qalqonsimon bezni olib tashlash uchun ishlatiladi, salmoqli va mustahkam asbob, zanglamas 20x13 yoki 30x13 po‘latlardan tayyorlangan; ishchi qismi teshikchali bo‘lib yalpoq dastasiga egadir. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 26 23-rasm. Jarrohlik zondlari Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling