Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Igna tutqichlar choklar qo‘yishda jarrohlik ignalarini ushlab turish va
to‘qimalardan o‘tkazishga mo‘ljallangan. Tuzilishiga ko‘ra ular qon to‘xtatuvchi qisqichlarga yaqin, biroq ularning ishchi qismi kaltaroq va, demak, igna qisish kuchi to‘qimada ishlatilayotgan qon to‘xtatuvchi qisqichlarga nisbatan 2-3 marta ortiqdir. Bu esa zarur, chunki ignani jag‘lar ishonchli ushlab turishi kerak, buning uchun jag‘larda mayda to‘rt burchak shaklida kertiklar yasalgan. Sanoatda igna tutqichlarning har xil turlari va o‘lchovlari ishlab chiqariladi: Gegar turidagi jarrohlik tutqichlar -to‘g‘ri halqali, uzunligi 160, 200, 250 mm, 3- ta o‘lchovda ishlab chiqariladi; olmos qoplamali igna tutqichlar ham shu o‘lchovlarda chiqariladi; qayrilgan dastali igna tutqich (Mate) - ilgari eng ommabop edi. Ushbu tutqich Gegar tutqichidan tekis prujina borligi bilan farq qiladi, uzunligi 170 va 250 mm qilib tayyorlanadi; maxsus igna tutqichlar maxsus jarrohlik uslublari uchun so‘nggi yillarda paydo bo‘ldi. Mikrojarrohlik operatsiyalari uchun kichik o‘lchamlardagi fiksatorli ko‘z igna tutqichlari qo‘llaniladi. Igna tutqichning funksional xususiyatlari uning jag‘lari orasiga qisilgan 0,4x18 mm ixcham jarrohlik ignasi yordamida qalinligi 0,5 mm zamsh-terini 10 marta teshish usuli bilan tekshiriladi (kremalerasi birinchi tishga mustahkam yopilganda) . Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 18 Ayni paytda ignaning dastlabki holati o‘zgarmasligi lozim. Ko‘z igna tutqichlarini tekshirish birmuncha qisqa (0,4x9 mm) igna bilan amalga oshiriladi. Igna tutqichlar 30x13 rusumli zanglamas po‘latdan ishlab chiqariladi. Kornsanglar sterillangan asboblar va bog‘lash matolarni, tamponlar va drenajlarni uzatishga xizmat qiladigan qisqichlar. Umumiy jarrohlikda va uning maxsus sohalarida qo‘llaniladi. Kornsanglar qavariq shakldagi jag‘larga ega, ishchi sathida qavariq chuqurlik va qiya soy mavjud. Qulfi murvatli kornsanglar to‘g‘ri, uzunligi 260 va 230 mm va qayrilgan, birmuncha kichik uzunlikda ishlab chiqariladi. Rusumi 30x13 bo‘lgan zanglamas po‘latdan tayyorlanadi. Operatsiya choyshab qisqichlari operatsiyani jarayonida bemor tanasiga sterillangan kiyim-kechak (choyshablar, sochiqlar va boshqalar) ni qistirishga mo‘ljallangan. Operatsiya maydonini infeksiyadan saqlash maqsadida to‘siq sifatida ishlatiladi; zanglamas 30x13 rusumli po‘latdan tayyorlanadi; kremalerali (Mikulich) : operatsion kiyim-kechakni qorin terisiga biriktirib qo‘yish uchun ishlatiladi (17-rasm, 1) ; qurilmasi bo‘yicha qon to‘xtatuvchi qisqichni eslatadi, lekin tishlardan tashqari, qiya soyga ega, qisqichning bosimi kremaleraning birini tishiga tushadi – 0,4 kg; zanglamas po‘latdan tayyorlanadi, uzunligi 200 mm; kremalerali: teriga operatsion choyshabni biriktirish uchun ishlatiladi (17-rasm, 2) , qisqich asbobning qisqa turi, bo‘lib qayrilgan, o‘tkirlangan, o‘tkir tishlar shaklida jag‘larga ega, ular yordamida mato ushlanadi va teriga qadaladi; tishlari ishchi holatda zich qo‘shilib, biri ikkinchisiga 2 mm o‘tishi lozim; plastinkasimon: operatsion choyshabni teriga biriktirish uchun (17-rasm, 3) . Uzunligi 90 mm, mo‘ychinakka o‘xshaydi; kiyimga va teriga yopishib turishi qulay bo‘lishi uchun biroz egilgan; ishchi qismining tishchalari 2 mmga yopiladi, rusumi 30x13 bo‘lgan po‘latdan tayyorlanadi; qisqich yuzasi pardozlanmagan. 17-rasm. Choyshab qisqichlari Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 19 Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling