Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Ko‘zgular bo‘shliqdagi jarohatlarni va tabiiy naychalarni kengaytirishga
xizmat qiladi. Tibbiyotda ginekologik, rektal va boshqa kasalliklarda qo‘llanib kelinadi. Ko‘zgularga asosiy talab – silliq, yaltiragancha sayqallangan bo‘lishi kerak. Yorug‘likni aks ettiradigan sathli bo‘lib, operatsiya qilinayotgan bo‘shliqni qo‘shimcha yoritish imkoniyatini yaratadi. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 22 Ko‘zgularni tayyorlashda zanglamas 12x18N9 po‘lat ishlatiladi. Asbobning chetlari a’zolarga zarar etkazmasligi uchun tumtoqlangan, sathi esa silliq sayqallangan bo‘lishi kerak. Mustahkamligini sinash uchun ustiga 10 kg gacha yuk qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ayni paytda ko‘zguning ishchi qismi egilmasigi zarur. Quyida umumiy jarrohlikda qo‘llaniladigan ko‘zgular ta’riflanadi: Duayen qorin ko‘zgusi (21-rasm) – qorin bo‘shlig‘idagi operatsiyalar jarayonida qorin devorlari chetlarini surib ochish uchun; ishchi qismi egarsimon shaklda bo‘ladi va to‘qimaga ancha ayab ta’sir o‘tkazadi, hatto kuchli tortilganda ham jarohatning chetlari kengroq ochiladi; dastasi tishli ilgaklar turi bo‘yicha yasalgan, ishchi qismining kengligi 60 va 100 mm. jigar ko‘zgusi – qorin bo‘shlig‘idagi operatsiya jarayonida jigarni surish va ushlash, uni fiksatsiya yoki himoyalash, shuningdek operatsiya qilinayotgan a’zoga yaqinlashishni qulay qilish uchun, yassi tor (kengligi 36 mm) , chetlar to‘mtoqlangan, kuraksimon ishchi qismga ega, ishchi qismi dastasiga 120* burchakda mustahkam o‘rnatilgan, uzunligi 285, eni 65 mm; Duayen ko‘zgusiga o‘xshash, lekin biroz uzunroq; jami 3 ta o‘lchovda ishlab chiqariladi: ishchi qismining uzunligi 70, 100 va 130 mm; buyraklar uchun ko‘zgu– peshob pufagi jarohatini kengaytirish, shuningdek buyraklargni surish (kengligi 29 mm, ishchi qismining uzunligi 100 mm) va ko‘tarish (kengligi 12 mm, ishchi qismining uzunligi 26 mm, radius bo‘yicha qayrilgan) uchun mo‘ljallangan; Fyodorov bo‘yicha buyrak ko‘zgusi – buyrakni va buyrak oyoqchasini operatsiya qilish paytida yumshoq to‘qimalarni chetga surish uchun qo‘llaniladi; ishchi qismi dastasiga nisbatan 120° burchak ostida joylashgan va yyoysimon egilgan, shu tufayli chuqur joylashgan a’zoni surib ochish imkoni yaratiladi va yumshoq to‘qimalarga jarohat etkazilmaydi, rusumi 20x13 bo‘lgan zanglamas po‘lat yoki titanning VT 1-10 qotishmasidan tayyorlanadi; o‘pkani chetga surish uchun ko‘zgu – qizilo‘ngachda operatsiya paytida o‘pkani chetga surish uchun ishlatiladi; o‘pka surilib ketmasligi uchun kuragida tirqishlar o‘yib yasalgan; jami 2 o‘lchovda ishlab chiqariladi: tor (eni 125 mm) va keng ( eni 150 mm) ; yurak uchun ko‘zgu – ko‘krak bo‘shlig‘idagi operatsiyalar paytida yurakni surib qo‘yish uchun; nozik-egiluvchan qilib, zanglamas 30x13 po‘latdan tayyorlanadi. Qattiqlik uchun ichki qismi zanglamas po‘latdan 3 o‘lchovda – 160x50, 112x40 va 70x40 mm tayyorlanadi; ikki tavaqali ko‘zgu : tabiiy naylar va bo‘shliqlarni kengaytirishga mo‘ljallangan (to‘g‘ri ichak, qin, burun uchun) ; umumiy jarrohlikda rektal ko‘zgu ishlatiladi, uning tavaqalari gayka va murvat yordamida ochiladi, prujina yordamida esa yopiladi; ishchi jag‘lar yaxshilab sayqallangan bo‘ladi; 30x13 rusumli po‘latdan tayyorlanadi. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 23 21-rasm. Duayen qorin ko‘zgusi. 22-rasm. Jarohat kengaytiruvchi va suruvchi asboblar Jarohat kengaytiruvchilar tegishli operatsiyalarda qorin va ko‘krak bo‘shliqlaridagi jarohatlarni ochish uchun qo‘llaniladi. Ular operatsiya paytida ushlab turishni talab qilmaydigan 2 tomonli ko‘zgulardir. Jarohatlarni kengaytiruvchi asboblarning quyidagi turlari qo‘llaniladi : kremalerali 2 tavaqali (22-rasm, a) : olib qo‘yiladigan 2 ta ko‘zguga ega; kremalera kengaytiruvchi harakatlarning avtomatligini ta’minlaydi; ba’zida to‘qimalarga tiralib qolganda, jarohat burchagini chiqarib qo‘yish zarurati tug‘ilganda 3 tavaqali, lekin olib qo‘yiladigan qo‘shimcha ko‘zgu turidagi jarohat kengaytirgich qo‘llaniladi; kremalerasiz 2 va 3 tavaqali (22-rasm, b) jarohat chetlarini ochiq holda ushlab turadi, natijada harakatchan ustunlar va harakatlanuvchi qism ustiga bosimidan hosil bo‘ladigan o‘zini o‘zi to‘xtatib qo‘yish barham topadi; ustun to‘rt burchakli kesikka ega, unga olib qo‘yiladigan 3-ko‘zgu o‘rnatiladi; Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 24 murvatli, qovurg‘alar uchun (22-rasm, v) jarohat ochilganda qovurg‘alarni minimal rezeksiyasida katta harakatni rivojlantirish, masalan, ko‘krak bo‘shlig‘i a’zolarini ochish va ularga yaqinlashish imkonini tug‘diradi; avtomatik xolda o‘zini o‘zi ushlovchi vazifasini bajaradi; qabul qilish paytida o‘yiqli qo‘shilmaning sozligiga e’tibor qaratiladi; romsimon (22-rasm, g) : torokal operatsiyalar va umurtqa pog‘onasi hamda buyrak operatsiyalarida keng qo‘llaniladi; jami 7 turdagi o‘lchovlarda ishlab chiqariladi; xuddi murvatli kengaytiruvchilar kabi, salmoqli, o‘pka va yurak operatsiyalarida qovurg‘alar orasi oson ochadi; jag‘lari romli yoki bir qadar tirqishlarga ega; rusumi 30x13 bo‘lgan zanglamas po‘latdan tayyorlanadi; a’zo ushlagich bilan(d) : qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida qo‘llaniladi, o‘lchovi 38x75 mm ilgaklardan tashqari almashtiriladigan novsimon ko‘zgularga ega: kichik va katta (eni 60 mm) , jigarni surishga mo‘ljallangan. bolalar uchun: bolalarning qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida qo‘llaniladi; jarohat chetlarini 90 mm. gacha kengaytirish imkonini beradi; o‘rnatilgan holatda to‘sqichli mexanizm bilan ushlab turiladi. A’zolar va to‘qimalarni surib chiqarish, himoyalashga mo‘ljallangan oddiy suruvchi asboblar: ichki a’zolarni surish uchun plastinka (22-rasm,a) qorin jarohatini tikishda va boshqa qator hollarda qo‘llaniladi, Buyalskiy kurakchasiga nisbatan ustuvorlikga ega, ayniqsa, katta a’zolar (jigar, oshqozon, taloq va b. ) ni surishda ahamiyati katta; yirik o‘lchovlarga ega; qorin bo‘shlig‘ini chetga surishda va himoyalashda ularning sirg‘alib ketishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi; L-62 jezi yoki 20x13 rusumli zanglamas po‘latdan tayyorlanadi; Buyalskiy kurakchasi (22-rasm, b) ichki a’zolar (oshqozon, qorin, ichak va boshq. ) ni, qorin jarohatiga chok o‘tkazishda, chetga surib turishda qo‘llaniladi, shuningdek osteomiya paytida yumshoq to‘qimalarni chetga surishda ishlatiladi; umumiy uzunligi – 212 mm; ravon, silliq, chetlari to‘mtoq bo‘lgan kurakcha bo‘rtiq sathli dastasiga tutashtirilgan. Yuqorida tasvirlangan kurakchadan tashqari, sanoatda cho‘zincharoq kurakcha ham ishlab chiqariladi (uzunligi 300 mm) . amputatsion retraktor (22-rasm, v) : oyoq-qo‘l amputatsiyasi paytida arra zarar etkazmasligi uchun yumshoq to‘qimalarni surish va himoyalashga xizmat qiladi, 4 tavaqali boshqa tavaqaga nisbatan turli holatlarda fiksatsiya qilish imkonini beradigan sharnir yordamida tutashtirilgan 2 ta yumshoq tovoqadan tarkib topgan; tovoqlar markazida yarim doira shaklida teshigi bo‘lib, ular tavaqalar ishchi holatida qo‘shilganda suyakning o‘tishi uchun istalgan o‘lchovlardagi yopiq tirqishni hosil qiladi; zanglamas metalldan tayyorlanadi. Og‘iz kengaytiruvchi asboblar og‘iz bo‘shligini majburan, masalan, ingalyasion narkoz paytida ochilishiga xizmat qiladi. Sanoatda og‘iz kengaytiruvchilar va tilni ushlab turuvchi asboblarning 2 turi ishlab chiqariladi: - kremalerali og‘iz kengaytiruvchi qayrilma jag‘larga ega bo‘lib, ular tufayli uni og‘izga kiritish ancha qulaylik tug‘diradi; turlicha egilgan bo‘lib 4 ta turi ishlab chiqariladi, uzunligi 125-190 mm; Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 25 - buramali (vintli) – ancha oddiy tuzilmaga ega, og‘izni ravon asta-sekin ochilishini ta’minlaydi; - tilni ushlovchi Mate turi tilni chiqarib olish va ushlab turishga xizmat qiladi; romsimon jag‘larga ega qisqich asboblar turi bo‘yicha tuzilgan, ishchi sathida ko‘ndalang soycha mavjud; kremaleraning birinchi tishiga yopishda jag‘ning ancha qalinligi sababli tilga jarohat etkazilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tishni ushlab turuvchi asboblar bolalar uchun ishlab chiqariladi, rusumi 30x13 po‘latdan tayyorlanadi. Qabul qilinayotganda jag‘lardagi tishchalar uchlari to‘mtoqligiga e’tibor beriladi. Egiluvchanlik bo‘yicha sinov kesigi 10x10 mm naychani jag‘lar orasida qisish yo‘li bilan amalga oshiriladi; ayni paytda asbobni yopilishida kremaleraning birinchi tishiga sarflanadigan kuch 1-2,5 kgs dan oshmasligi lozim. Kurakchalar (shpatellar) og‘iz bo‘shlig‘i ko‘zdan kechirilayotganda tilni chetga surish yoki bosib turish uchun qo‘llaniladi. Ular teshikli yoki teshikchalarsiz silliq qilib, mustahkam zanglamas po‘latdan tayyorlanadi. Kurakchalar atigi 2 mm qalinlikda bo‘ladi, shunga qaramay, egiluvchan bo‘lishi va ishlatilganda bukilib qolmasligi lozim. Kurakchalar puxta sayqallangan bo‘ladi. Qirilgan joylari bo‘lmasligi kerak, chetlari to‘mtoqlangan bo‘lishi lozim. To‘qimalarni chetga surishga xizmat qiluvchi muhofazali va dori, malhamdorilarni qadoqlash uchun ishlab chiqariladi. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling