Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Jarohat kengaytiruvchi va suruvchi asboblar
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Jarohat kengaytiruvchi va suruvchi asboblar
Jarohatlarni kengaytirish asboblari operatsiya vaqtida, birinchi kesishdan keyin qon oqishini to‘xtatish va jarohatni ko‘zdan kechirish zarur bo‘lganda, uning chetlarini kengaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Jarrohlikda turli asboblar ishlatiladi, ular yordamida jarohatning chetlari surilib kengaytiriladi, bu bilan zarur ish sharoitlari ta’minlanadi. Jarohatlarni kengaytirishda eng oddiy va ko‘p qo‘llaniladigan asboblar, bu – jarrohlik ilgaklaridir: tishli (Folkman bo‘yicha) o‘tkir va to‘mtoq tishli chiqariladi (19-rasm) : tishlari 2, 3, 4, 6 talik bo‘lib, zanglamas 30x13 rusumli po‘latdan tayyorlanadi, o‘tkir ilgaklar – qalin to‘qimalarni ushlash uchun qo‘llaniladi, tumtoqlari esa mayinroq to‘qimalarga qo‘yiladi, uchta, to‘rtta tishli o‘tkir ilgaklar 2 o‘lchovda ishlab chiqariladi: katta va o‘rtacha, 4 ta tishli tumtoq ilgaklar 3 o‘lchovda tayyorlanadi: kichik, o‘rtacha va katta. Asbob egilishida etarlicha mustahkamlik qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim, chunki ba’zida jarohat to‘qimalarini kengaytirishda sarflanadigan kuch 12-15 kgs- ga etadi, ratsional shakldagi dastaga ega bo‘lib, u asbobni qo‘lda mahkam ushlash (fiksatsiya qilish) imkonini berish kerak, buning uchun ko‘rsatkich barmoq halqa orasidan o‘tib uni butun operatsiya davomida ushlab turishi lozim. Asbob sathiga, xuddi ko‘zgu yaltiragani kabi, sayqal berilishi lozim. plastinkasimon – jarohat chetlarini ochish uchun, yirik qon tomirlarni chetga surish va yumshoq to‘qimalarni ajratishga mo‘ljallangan: ilgaklar 2 tomonli, bir necha o‘lchovda ishlab chiqariladi: eng uzuni (215 mm) – plastinkasimon Faraber bo‘yicha (20-rasm) – uchlari 30 va 50 mm uzunlikda egilgan; qalinligi 2 mm zanglamas po‘latning silliq, sayqallangan yaltiroq tunukasidan tayyorlanadi. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 21 19-rasm. Tishli ilgaklar 20-rasm. Faraber bo‘yicha plastinalar Asbob egiluvchanligi va mustahkamligini ilgak dastasiga yuk ilib, sinovdan o‘tkaziladi: kichik ilgaklar uchun har bir tishchaga - 1,5 kg, o‘rta va katta ilgaklarga - 2 kg dan yuk osiladi. Ayni paytda ilgak tekis joyga tayanadi. Sinov natijasida tishchalar deformatsiya qoldiqlariga ega bo‘lmasligi lozim. Faraber bo‘yicha juft ilmoqlar ham shunga o‘xshaydi, uzunligi qisqaroq (156 mm) , chiqqan uchlari 22 va 32 mm, faqat 2 donadan ishlab chiqariladi. Ular jarohatlarni 2 tomonga kengaytirish uchun xizmat qiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan asboblardan tashqari, diafragmal nerv uchun plastinkali ilgaklar 2 tomonlama, uzunligi 150 mm va biroz qisqaroq qilib tayyorlanadi. Yanada kichik uzunlikdagi (125 mm) va eni 10 mm ilgaklar Dyupyuitren kontrakturalari paytida barmoq uchlaridagi operatsiyalarga mo‘ljallangan to‘plamga kiradi. Ilgaklarning egiluvchanligi 5 kg yukni osib qo‘yish yo‘li bilan sinovdan o‘tkaziladi. Sinovlar natijasida ilgaklarning uchlari deformatsiya qoldiqlariga ega bo‘lishi mumkin emas. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling