Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet42/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Inkubatsion davr 1 kundan 6 kungacha: (ko‘pincha 1—2 kun) davom ztadi. Klinik kechishiga qarab kasallik quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) gastrointestinal, 2) yoyilgan septik, 3) surunkali, 4) subklinik (bakteriya tashuvchanlik).
Ko‘pincha gastrointestinal turi kuzatiladi. Bolalarda diareya kasalliklari orasida kampilobakterioa 3 dan 31 foizini tashkil qiladi. Kasallik ko‘pincha bola xayotning birinchi yilida uchraydi. Kasallikning bu turlari sporadik xolat ko‘rinishida kattalarda xam uchrab turadi. Xastalik o‘tkir boshlanib, isitma, umumiy intoksikatsiya simptomlari va gastroenterit sindromi paydo bo‘ladi. Bemorlar ko‘ngil aynishidan, epigastral sohada og‘rikdan shikoyat qiladilar, ko‘pincha qayt qiladilar. Ich suyuq, ko‘pikli, son aralash shilimshiq bo‘lib, ko‘p keladi. Suvsizlanish simpgomlari (teri va shilliq qavatlarning ko‘chishi ba’ei bemorlarda qisqa vaqt qaltirash) rivojlanishi mumkin. Bolalarda xarorat paydo bo‘lib, umumiy intoksikatsiya belgilari yaqqol seziladi, ularning axlatida shilimshiq va qon qayd qilinadi, organizmiing suvsizlanishi rivojlanadi.
Kasallikning tarqalgan (generalizatsiyalangan) turi bola hayotining birinchi oylarida kuzatiladi. Kasallik haroratning yuqori bo‘lishi, harorat chizig‘ining sutka mobaynida o‘zgarib turishi, ozib ketish, anemiya bilan ifodalanadi. Xastalik bakteriyemiyani sepsis ko‘rinishida, a’zolarning shikastlanishi bilan kechadi. Ko‘pincha hayt qilish, ichburug‘, suvsizlanish, jigarning kattalashishi aniqlanadi.
Ayni paytda pnevmoniya, peritonit, jigar va bosh miya absessi rivojlanadi. Shuningdek, buyrak va miokardlarda mikroabssesslar kuzatiladi. Ba’zi bemorlarda disseminirlangan tomir ichi qon ivish sindromi rivojlanadi. Shuningdek, infeksion-toksik shok aniqlanadi. Kampilobakteriozning subklinik (simptomsiz) turining o‘chog‘i asosan sog‘lom odamlarni tekshirganda kuzatiladi. Bu axlatdan ko‘zg‘atuvchilarning ajralib chiqishi va qon zardobida maxsus antitelolarning ko‘payib borishi bilan xarakterlanadi.
Kasallik boshidanoq sust, xronik (kasallikning o‘tkir bosqichlarisiz) turda kechadi. Isitma subfebril kechib, behollik, ko‘p terlash, mehnat qobiliyatining ishtahaning pasayishi, asabiylashish, aloq-chaloq tushlar ko‘rish, ozib ketish qayd etiladi. Shu bilan birga ayrim bemorlarda ko‘ngil aynishi, ba’zan qayt qilish, ichning buzilishi, ba’zan faringit kuzatiladi. Kamdan-kam hollarda (infeksiya sust kechayotganda) artrit, tromboflebit, endokardit, perikardit, plevra emfizemasi kuzatiladi. Ba’zan navbatdagi xurujlarda meningit (seroz yoki yiringli) belgilari paydo bo‘lishi mumkin.
Tashxisi. Kampilobakterioz klinik ko‘rinishlarining turli-tumanligi, bu kasallikning klinik jihatidan aniqlashni ancha qiyinlashtiradi. Shuningdek, bunda epidemiologik taxminlarni (hayvonlar bilan bevosita aloqada bo‘lish, kasallikning guruhli xarakterini) ham nazarda tutish lozim. Tashxis axlatda, qonda, miya suyuqligida, abssesslardagi yiringda, abort qilingan homila to‘qimalarida qo‘zg‘atuvchi bor ekanligi aniqlangandan so‘ng qo‘yiladi. Ekma uchun tarkibida tioglikolyat, brilliant yashili bo‘lgan maxsus selektiv qattiq oziqali muhitdan yoki tarkibida antibiotiklar bo‘lgan 5% li qo‘y yoki ot qoni bo‘lgan triptikazosoyali bulyondan foydalaniladi. Retrospektiv tashxis uchun 10—14 kun oralatib olingan yangi zardob ishlatiladi. Antitelolar borligini aniqlash uchun turli reaksiyalardan (KBR, GATR, mikroagglutinatsiya, immunoflyuoressent usulidan) foydalaniladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling