Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet41/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Epidemiologiyasi. Kasallik dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, shu jumladan Markaziy Osiyoda ham uchraydi. Asosan uy va qishloq xo‘jalik hayvonlari infeksiyaning rezervuari va manbai bo‘lib hisoblanadi.
Kampilobakteriyalarsi tashuvchanlik quyonlarda, mushuklarda va o‘rdaklarda ko‘proq kuzatiladi. Kemiruvchilar ham qo‘zg‘atuvchini tashishi mumkin. Odamga qo‘zg‘atuvchi asosan hayvon ajratmalari tushgan suv va mahsulotlar orqali yuqadi. Qo‘zg‘atuvchi odamdan xam yuqishi mumkin. Bunga yangi tunilgan chaqaloqlarning kasallanishini misol qilib keltirish mumkin. Sog‘lom odamlarda ham bakteriya tashuvchanlik (1 foiz atrofida) uchrab turadi. Hayvonlar bilan ishlaydigan shaxslarda kasallik kasbiy xarakterda bo‘ladi. Kasallangan hayvonlar bilan bevosita kontaktda bo‘lgan shaxslarda kasallik (ayniqsa xayvonlarning yungini olish va ular bolalayotgan paytda) ko‘proq aniqlanishi mumkin. Infeksiya bilan zararlangan hayvon go‘shtini yaxshi pishirmasdan iste’mol qilganda ham kasallik yuqishi mumkin. Yaxshi pasterizatsiya qilingan sutni ichganda ham kasallanish hollari aniqlangan. Ko‘pincha bolalar (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi bolalar), homilador ayollar, nimjon va keksa odamlar bu kasallikka beriluvchan bo‘ladilar.
Patogenezi. Qo‘zg‘atuvchi me’da-ichak yo‘liga asosan alimentar yo‘l orqali o‘tadi. Ba’zi hollarda kasal hayvonlarga yordam berilayotganda qo‘zg‘atuvchi terining shikastlangan joyi orqali o‘tishi ham mumkin. Me’da-ichak yo‘llarida va infeksiya kirgan joy sohasida yallig‘lanish o‘zgarishlari paydo bo‘ladi. Keyin bakteriyemiya va urug‘lanish jarayonlari boshlanadi. Xomilador ayollarda infeksiyaning transplatsentar yo‘l bilan o‘tishi tufayli bola tushishi yoki homila zararlanishi mumkin. Zaiflashib qolgan odamlarda kasallik turli a’zolarda ikkilamchi o‘choqlar (endokardit, meningit, ensefalit, peritonit va boshq) shakllayishi bilan septik kechishi mumkin.
Kampilobakteriozning shunday kechishi jigar sirrozida, kaxeksiyada, shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va keksalarda xam kuzatiladi. Ko‘p qayt qilish va ichning muntazam ketib turishi organizmning suvsizlanishiga, shok xolatiga, buyrak yetishmovchiligiga olib keladi. Yaxshi immun sistemasiga ega bo‘lgan, ya’ni kuchini yo‘qotmagan shaxslarda bu kasallik klinik jihatdan yaqqol yuzaga chiqmaydi (subklinik turi, sog‘lom bakteriya tashuvchanlik).

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling