Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet38/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Burun difteriyasi. Bu kasallikning pardali (burun shilliq qavatida, burun to‘sig‘ida, burun chng‘anog‘ida, burun bo‘shlig‘i devorlarida fibrinoz.pardalar hosil bo‘ladi) va kataral-yarali (bunda burundan oldin seroz, keyin esa seroz-qonli suyuqlik ajraladi va burun teshiklari atrofidagi terini ta’sirlab, natijada teri yoriladi) turlari mavjud. Difteriyaning lokal (ko‘z, teri, jarohat yuzlarida, jinsiy a’zolarda uchraydigan) turi birmuncha kamroq uchraydi.
Ko‘z difteriyasi. Qovoqning shishishi, qon aralash yiring ajralishi bilan kechadi. Konyunktivada kulrang-oqimtir pardalar ko‘rinib turadi.
Teri difteriyasi. Terining shikastlangan joylarida, bo‘yinda, burun ostida kuzatiladi. Terida giperemiya, shish va kulrang fibrinoz pardalar paydo bo‘ladi.
Jaroxat difteriyasi. Jarohat yuzasi kulrang-qo‘ng‘ir karashlar bilan qoplanadi, seroz-yiringli, ba’zan qonli ajralmalar paydo bo‘ladi.
Kindik yarasi difteriyasi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tipik fibrinoz yiringli karashlar va tez bitib ketmaydigan yaralar paydo bo‘ladi.
Difteriyaning asoratlari. Organizmga toksinli ta’sir etishi bilan izoxlanadi va ko‘proq kasallikning toksinli turida uchraydi. Asoratlarga qon aylanishining buzilishi, miokardit, chegaralangan falajlar, polinevrit va nefroz kiradi. Bularning ichida birmuncha xavflirog‘i kasallik 1- xaftasining oxiri-da va 2- haftasining boshida rivojlanishi mumkin bo‘lgan miokarditdir. Umumiy ahvolning yomonlashuvi, rang oqarishi, taxikardiya, yurak chegarasining kengayishi, yurak tonlarining bo‘g‘ik eshitilishi, aritmiya, sistolik shovqin, jigarning kattalashuvi miokardit simptomlarp hisoblanadi.
Falajlar. Kasallikning 1-xaftasida yumshoq tanglay yoki akkomodatsiyaning falajlanishi kabi chegaralangan, shuningdek, umurtqaning sust falajlanishi turida namoyon bo‘ladigan polinevrit (birmukcha kechroq — kasallikning 3-haftasida yuzaga chiqadigan) ko‘rinishida bo‘ladi. Uning ilk belgilari bo‘lib, ayniqsa barmoqlarda ko‘proq bilinadigan paylar refleksining pasayib, keyinroq esa umuman yo‘qolib ketishi hisoblanadi. Ba’zan bularga nafas mushaklarining (hiqildok, kovurg‘alararo mushaklar, diafragma) falajlanishi qo‘shilib kelishi mumkinki, bu hol bemorlarning hayotiga katta xavf tug‘dirishi. mumkin. Og‘ir miokardit xollarida miya tomirlarida emboliya iatijasida hosil bo‘ladngan falajlanish kamroq uchraydi. Buyrak tomonidan bo‘ladigan asoratlar - toksik nefroz ko‘rinishidagi (albumnnuriya, silindruriya, ozgina gematuriya) yetishmovchilikka sabab bo‘ladi. Krup hollarida eng ko‘p uchraydigan asoratlarga ikkilamchi (kokkli) flora yuzaga chiqadigan pnevmoniya kiradi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling