Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet35/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Davolash. 5—10 kunni tashkil etadi. Toksikoz og‘ir kechgan vaqtida buyrak usti bezlari po‘stloq qismining gormonlari qo‘llanadi. Prednizolon 1—3 mg yoki kortizon sutkasiga xar 2—3 kunda bu doza 30—50% ga kamaytiriladi. Davolash kursi 4-7 kunni tashkil etadi.
Fizioterapiyadan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, turli o‘simliklarning (moychechak, sariq choy) qaynatmalari ichiladi, vitaminlar, disbakteriozning oldini olish uchun biopreparatlar (laktobakterin, bifidum bakterin) qo‘llanadi.
Dizenteriyaning surunkali turida stimullovchi terapiya katta ahamiyatga ega (gemotransfuziya, gammaglobulii, pentoksil, metatsil, fermentlar, vitaminlar, askorbin, nikotin kislotalar, V- guruh vitaminlari). Allergiyaga qarshi va simtomatik davo qo‘llanadi.
Asoratlar. Umumiy qonunlarga asoslanib davo qilinadi. O‘tkir dizenteriyani boshidan kechirganlarnn maxsus sanatoriya bo‘limlariga o‘tkazish tavsiya etiladi.
Bolalarni davolash quyidagi shartlarga amal qilgan holda, uyda ham olib borilishi mumkin: kasal bolani boshqa bolalardan ajratib qo‘yish, zarur sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, bemorni to‘g‘ri parvarishlash, to‘g‘ri ovqatlantirish va vrach ko‘rsatmalarini aniq bajarish, vrach-pediatrning kasallikning o‘tkir vaqtida bemor oldiga kundalik tashrifini tashkil etish.
Profilaktikasi. Sanitariya-profilaktika chora-tadbirlari umumiy xarakterga ega bo‘lib, turar joylarni obodonlashtirish, sanitariya nazoratini o‘rnatish (pashshalarga qarshi kurash, tashib yuruvchilarni aniklash va ularni davolash, bemorlarni erta ajratib qo‘yish) dan iborat. Davolash tugagandan so‘ng 1—2 kundan keyin o‘tkazilgan bakterial tekshirish yaxshi natija bersa, bemorning kasalxonadan chiqishiga ruxsat etiladi. Bolalarga kasalxonadan chiqqanlaridan so‘ng 1 oydan keyin yasliga borishga ruxsat etiladi. Ular orasida sust profilaktika o‘tkazilmaydi. O‘chog‘da o‘tkaziladigan chora-tadbirlar: a) bemorlarni aniqlash va izolatsiya qilish; b) tashuvchilarni aniqlash va davolash; v) doimiy dezinfeksiya o‘tkazish; g) surunkali dizenteriyali bemorlarni, rekonvalessentlarni va tashuvchilarni dispanser naeoratiga olish; d) sanitariya sharoitlarini yaxshilash v) sanitariya tashviqotini olib borish.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling