Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
RESPIRATOR SINSITIAL INFEKSIYA (RSI)
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemiologiyasi
- Etiologiyasi
RESPIRATOR SINSITIAL INFEKSIYA (RSI)
Bolalarda nafas olish a’zolarining zararlanishi bilak kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, u emizikli va yosh bolalarda ko‘pincha bronxopnevmoniya va pnevmoniya rivojlanlanishi bilan birga davom etadi. RSI virusi tarkibida RNK tutadigan viruslarga mansub bo‘lib, paramiksoviruslar oilasiga kiradi. Viruslar tashqi muhitga chidamsiz bulib, efirning 30% li eritmasi bilan ishlanganda parchalanib ketadi. Qizdirilganda inaktivlanadi, dezinfeksiyalovchi vositalar ta’sirida tezda halok bo‘ladi. Epidemiologiyasi. RSI virusi havo-tomchi infeksiyalari turkumiga kiradi. Kasallik juda yuqumli bo‘lib, kasal odam infeksiya manbai hisoblanadi. Bu kasallikka moyillik go‘dak bolalarda kuchli bo‘lib ularning infeksiyaga ko‘plab chalinishi asosan -qish oylarida kuzatiladi. Ona organizmidan bolaga platsenta orqali o‘tgan antitelolar himoya ahamiyatiga ega emasligi aniqlangan. Himoya mexanizmida asosan nafas yo‘lidagi shilliq qavatning mahalliy mexanizmlari muhimdir. Bemor organizmida o‘ziga xos maxsus antitelolar ishlab chikariladi. Shiliq qavatning shishishi va bronxiolaning spazm bo‘lishidan nafas olish qiyinlashadi, natijada emfizema rivojlanadi. Shu bilan birga ikkalamchi infeksiya ham yuzaga kelishi mumkin. Klinikasi. Inkubatsion davr 2 kundan 7 kungacha. Kasallik tumovdan, faringitdan, aksirishdan boshlanib, bunda intoksikatsiya belgilari umuman bo‘lmasligi mumkin. Isitma subfebril kechadi. Bolaning burun teshiklaridan mo‘l seroz suyuqlik keladi, u og‘izdan nafas oladi, chaqaloqlar juda besaranjom bo‘lib, emmay qo‘yadilar va yaxshi uxlay olmaydilar. O‘pka eshitib ko‘rilganda (nafas olinganda) qisqa nam xirillashlar eshitiladi. Burunlab oralig‘ida sianoz paydo bo‘lib, shamollash uchuqlari paydo bo‘ladi. Ko‘krak qafasi rentgen orqali tekshirilganda unchalik o‘zgarishlar kuzatilmaydi, ba’zan emfizema bo‘lganligi aniqlanadi. Respiratorsinsitial infeksiyaning klinik turi uning qanday kechishiga bog‘liq. Bu kasallik katta yoshdagi bolalarda kichik yoshdagi bolalarga qaraganda yengilroq kechadi. Periferik qonda leykotsitlar mikdori o‘zgarmaydi. ECHT (eritrotsitlarning cho‘kish tezligi) normal holda bo‘ladi. Tashxisi. Tashxis klinik va epidemiologik ko‘rsatkichlarga asoslanib qo‘yiladi. Yangi qon zardobidagi virusni neytrallaydigan titrning oshib borishini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, halqumdan olingan surtmani antitelolarning flyuoressirlanish usuli orqali ham maxsus antitelolar aniqlanadi. Differensial tashxis turli etiologiyali URK guruhi bilan ham aniqlanadi. Davosi. Kasallikning yengil turida kislorod bilan ingalatsiya qilish, ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish, bronxospastik holatlarda va asoratlar rivojlanganda odatdagi terapevtik miqdorlarda antibiotiklar va spazmolitik vositalar tayinlash zarur. Maxsus davolash usuli yo‘q. Rinovirus infeksiya O‘tkir yuqumli tumov kasalligi bo‘lib, rinit bilan xarakterlanadigan rinoviruslar guruhi orqali yuzaga keladi, umumiy intoksikatsiya hollari kuchsiz namoyon bo‘ladi. Rinoviruslar tarkibida RNK tutadigan viruslar turkumiga kiradi. Ularning 3 serologik turi mavjud. Bemor va virus tashuvchilar infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Infeksiya havotomchi yo‘li bilan yuqadi. Bakterial dizenteriya (shigellyoz) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, turli xildagi shigellalar orqali yuzaga keladi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadi, qorin tutib-tutib og‘riydi, axlat shilimshiq va qon aralash bo‘lib, suyuq keladi. Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi to‘rt asosiy ko‘rinishga ega bo‘lgan shigellalar guruhiga mansub bakteriya bo‘lib, ularning nomi quyidagichadir: Grigoryev—Shiga, Shtutser — Shmits Fleksner va Zonne. Turli ko‘rinishdagi dizenteriya mikroblarining solishtirma og‘irligi, ularnivg etiologik tuzilishiga qarab, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitda yetarli darajada rezistent bo‘lib, ma’lum sharoitlarda bir necha oygacha yashay oladi, Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling