Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Oqibati. Kasallik yosh bolalarda bir qadar og‘irroq kechadi. Asoratlarning qo‘shilib qolishi prognozni qiyinlashtiradi. Davolash


Download 426.91 Kb.
bet30/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Oqibati. Kasallik yosh bolalarda bir qadar og‘irroq kechadi. Asoratlarning qo‘shilib qolishi prognozni qiyinlashtiradi.
Davolash. Asosan simptomatik (ko‘rpa-to‘shak qilib yotish, issiq qilish, to‘la qimmatli ovqatlanish, atsetilsalitsil kislotasi, amidopirin berib) davo qilinadi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar yosh bolalarda asoratlarning kelib chiqish xavfi tug‘ilganda va ular paydo bo‘lganda tayinlanadi.
Profilaktikasi. Umumiy sanitariya-profilaktika tadbirlarini ko‘rish, bemorlarni barvaqt ajratib qo‘yish bolalarni muntazam chiniqtirib borish.
Gripp kasalligi avj olgan hollarda, o‘chog‘da barcha bolalarga profilaktika maqsadida interferoi burun yo‘llariga 2 tomchidan 1 kunda 4 mahal tomiziladi. Bu tadbir epidemiologik kuzatish davrining boshidan oxirigacha o‘tkaziladi. Bundan tashqari, bolalarga epidemiologik ko‘rsatmalar asosida viruslarga qarshi sintetik dorilardan remantadin gidroxlorid berish mumkin. 1—9 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 4 mg/kg hisobidan, 9 yoshdan katta bolalarga sutkasiga 150— 200 mg dan beriladi. Profilaktika maqsadida ko‘krak yoshidagi nimjon va ko‘pincha bemor bolalarga grippga qarshi immunoglobulin (0,15 mg/kg) tayinlanadi.
PARAGRIPP (PARAGRIPPE)

O‘tkir virusli, yuqumli kasallik bo‘lib, qisqa muddatli isitma va zaharlanish, yuqori nafas yo‘llarining zararlanishi bilan xarakterlanadi.


Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi dumaloq shaklli paragripp viruslari bo‘lib, tarkibida RNK tutgan bo‘ladi. Paragripp viruslarining 4 xil serotipi ajratilgan.
Epidemiologiyasi. Infeksiya havotomchi yo‘li bilan yuqadi. Bemor odam kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi. Kasallik yilning sovuq vaqtlarida ko‘payadi. Ko‘proq 2—3 yoshdagi bolalar kasallanadilar. 5 yoshga yaqinlashgan bolalarning 90 foizidan ortig‘ida paraggripp virusiga qarshi antitelolar bo‘ladi.
Immunitet spetsifik bo‘lib, nisbatan turg‘un bo‘ladi.
Patogenezi. Paragripp viruslari bola organizmiga yukori nafas yo‘llarining shilliq pardalari orqali tushib, nafas yo‘llari epiteliysini zararlantiradi.
Inkubatsiya davri qisqa, 2—3 kun bo‘lib, qisqa muddatli virusemiya kuzatiladi, bunda organizm zaxarlanishining bir qator belgilari aniqlanadi.
Klinikasi. Kasallikning asosiy alomatlari yuqori nafas yo‘llarining zararlanishi belgilaridan iborat bo‘ladi. Kasallik o‘tkir, tana haroratining ko‘tarilishi bilan boshlanadi. Umumiy zahadlanish alomatlari kamdan-kam hollarda kuzatilib, unchalik kuchli bo‘lmaydi.
Bolalarda birinchi navbatda tashqi nafas yo‘llarining kataral o‘zgarishlari namoyon bo‘lib, jumladan kuchli yo‘tal, burun yo‘llarining bekilib qolishi, laringotraxeit, bronxit va ba’zan bronxnolit aniqlanadi. Yengil sklerit, konyunktivit kuzatilishi mumkin. Krup ko‘proq 1 yoshdan 2—3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ifodalanadi. Kasallik uzoq davom etmaydi, kam hollarda asoratlar (otit, sinusit, pnevmoniya) qoldiradi, oqibati yomon tugamaydi. Paragrippning klinik ma’lumotlarga qarab unga tashxis qo‘yish ancha mushkuldir. Ko‘pincha eng ko‘p tarqalgan va qulay bo‘lgan serologik usuldan foydalaniladi. Yangi zardoblardagi QBR va GATR dan 7—10 kun oralatib foydalaniladi. Usib borish davomida titr miqdorining 4 marta va undan oshishi tashxis titri hisoblanadi. Paragrippni gripp va virus etiologiyali (adenorino, respirator-sinsitial viruslar va boshqa boshqa respirator kasalliklar bilan differensial tashxis qilish zarur.
Davosi. Maxsus davolash usuli yo‘q. Davolash simptomatik vositalarini tayinlashdan iborat. Asoratlar rivojlanib brrgan hollarda antibkotiklar qo‘llanadi. Odatda qisqa davolash kursi davomida ampitsillin va boshka sintetik antibiotiklar, shuningdek, yallig‘lanishga qarshi vositalar, desensibillovchi preparatlar, vitaminlar, ingalatsiyalar tayinlanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling