Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet33/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bemorlar va tashuvchilardir. Bemor kasallanishning birinchi kunidayoq yuqumli bo‘lib qoladi, chunki u o‘z axlati orqali ko‘p miqdorda mikroblar ajratadi. Dizenteriya kasalligi bo‘lgan bemor vaqtida aniqlanmaganda ham kasallik ko‘plab tarqalishi mumkin. Xuddi shunday «Sog‘lom» tashuvchilar ichagida kamdan-kam hollarda patologik o‘zgarishlar (kasallikning simptomsiz turi) aniqlanadi. Infeksiya qo‘zg‘atuvchining qandaydir yo‘l bilan og‘izga tushishi orqali yuqadi.
Shigellalar ayrim turlarining turli xududlarda tarqalishi, asosan infeksiyalarning turlicha yo‘llar bilan tarqalishiga bog‘liq, infeksiyaning suv yo‘li orqali o‘tishida Fleksner shigellalari tufayli yuzaga kelgan dizenteriya o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, oziqovqat orqali o‘tishida esa asosan Zonne shigellalari dizenteriyasi yuzaga keladi.
Yosh bolalarga kasallik asosan bevosita kontakt orqali yuqadi. Dizenteriya uchun yozgi-kuzgi mavsumiylik xosdir. Bu kasallik bilan yosh bolalardan tortib katta yoshli bolalar ham og‘riydilar.
Immunitetning o‘ziga xosligi qo‘zg‘atuvchining ko‘rinishiga qarab (serologik turda ham), uning monospetsifikligidadir.
Klinikasi. Dizenteriyaning klinik turi organizmning reaktivligiga (sezuvchanligiga), uning qanday holatda ekanligiga va dastlabki nospetsifik sensibilizatsiyasiga bog‘liq. Inkubatsion davri 1 kundan 7 kungacha davom etadi. Og‘irligi bo‘yicha, kasallikning yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir va toksik turlari farq qilinadi, tipi bo‘yicha mahalliy (ichaklardagi) o‘zgarishlar ustun turuvchi va umumiy (toksik) o‘zgarishlar ustun turuvchilarga bo‘linadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi, ko‘pincha harorat ko‘tarilib, holsizlik, ba’zan qayt qilish, qorinda og‘riq va tez-tez ich ketishi kuzatiladi. Axlat suyuq bo‘lib, yashil rangda, shilimshiq va ko‘pincha qon aralash ketadi. Og‘ir hollarda ichakdan kelayotgan suyuqlik axlat tusini yo‘qotadi. Yo‘g‘on ichak (ayniqsa sigmasimon ichak)ning spazmi, ichaklarning dam bo‘lishi, orqa chiqaruv teshigining bo‘shashib qolishi ham xarakterli belgilardan hisoblanadi. Kasallik yengil kechganda 3—5 marta, ogir hollarda 15—20 martagacha ich ketishi mumkin. Kasallik bir necha kundan 2—3 oygacha va undan ortiq (surunkali kechganda) davom etishi mumkin. Kasallik sngil kechganda umumiy intoksikatsiya belgilari unchalik kuchli bo‘lmasdan, umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi kuzatiladi, kasallik og‘ir kechganda (ayniqsa toksik turida) umumiy intoksikatsiya belgilar kuchli namoyon bo‘lib, isitma yuqori bo‘ladi, hushdan ketish, adinamiya, qayt qilish, qaltirash, yurak tomir faoliyatining pasayishi aniqlanadi. Go‘dak bolalarda kasallik kechishining o‘ziga xos xususiyatlaridan. biri ichaklarda bo‘ladigan o‘zgarishlarning kuchli namoyon bo‘lmasligidir. Ularda kamdan-kam hollardagina axlat xususiyatini yo‘qotadi, u ko‘pincha dispeptik xususiyatga ega bo‘lib, qon aralash ich ketishi ko‘pincha kuzatilmay, o‘rniga uning ekvivalenti kuzatiladi (defekatsiya vaktida bolalar yig‘laydilar, yuzlari qizarib ketadi, anus atrofi qizarib, terlaydi). Ko‘pincha dizeiteriyali ileit kuzatilib, bunda kasallik juda og‘ir o‘tadi (yuqori harorat, kuchli qayt qilish, meteorizm kuzatilib, ich ketish enteritlardagi kabi bo‘ladi). Kasallikning toksik turi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlanmaydi, lekin ularda ko‘pnncha ikkilamchi toksikozlar kelib chiqadiki, ularning asosida moddalar almashinuvining chuqur buzilishi yotadi. Bularning hammasi infeksion yoki noinfeksion ta’sirlarning oqibati bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi toksikozlarning klinikasi umumiy ahvolning yomonlashuvi, tez-tez qayt qilish, adinamiya, organizmning suvsizlanib qolishi va ozib ketishda namoyon bo‘ladi.
Dizenteriyaning kechishida turli kasallik va asoratlarning qo‘shilishi sababli kasallikninr retsidivlari kuzatilishi mumkin. Dizenteriya o‘tkir turining surunkali turiga o‘tishi kamdan-kam kuzatilib (2—3 foiz hollarda), ba’zan bunda tashxis o‘tkir dizenteriyani boshidan o‘tkazgan bolalarda kelib chiqadigan ichaklar disfunksiyasi natijasida xato qo‘yiladi.
Kasallik asoratlari (ichaklardan qon ketishi, to‘g‘ri ichakning tushishi, oqsilsiz shishlar va boshqa) kamdan-kam uchraydi. Ko‘pincha ikkilamchi infeksiyaning qo‘shilishi natijasida kelib chiqadigan asoratlar (otit, pnevmoniya, piodermiya, piuriya) kuzatiladi, bu asoratlar go‘dak yoshdagi bolalarda ko‘proq uchraydi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling