Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asoratlari.
Epidemiologiyasi. Bemor odam, ayniqsa kasallik avj olgan davrda, ko‘pincha grippning belgilarsiz kechadigan turini boshidan kechirgan bemor infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik asosan havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Kasallikka chalinish xavfi barcha yoshdagilar uchun yukori hisoblanadi. Kasallik asosan havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Kasallikka chalinish xavfi barcha yoshdagilar uchun yuqori hisoblanadi. Bunday gripp kasallikni chaqirgan virusga nisbatan immunitet hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Hosil bo‘lgan immunitet ko‘pincha omillarga bog‘liq ravishda (yoshga, organizmning individual reaktivligiga va boshq) bir necha vaqtgacha saqlanib turishi mumkin.
Kasallik katta epidemiyalarga, hatto pandemiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Patogenezi. Virus organizmga yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlari orkali tushib, qon orqali tarqala boshlaydi va (yo‘lida uchragan) nafas yo‘llarining epitelial qobig‘ini, shuningdek, nerv, yurak va qon tomir sistemasini zararlantiradi. Gripp virusi umumiy zaxarlanishga sabab bo‘lib, organizm rezistenligini susaytiradi, ikkilamchi infeksiyaning (bakteriya) qo‘shilishiga imkon yaratadi. Klinikasi. Inkubatsiya davri bir necha soatdan bir-ikki kungacha davom etadi. Qasallik ko‘pincha o‘tkir, yukori harorat bilan boshlanib, bunda ba’zan kasallik oldi belgilari xam kuzatiladi. Qasallikka umumiy zaharlanish (bosh og‘rig‘i, adinamiya, mushaklarda og‘riq, giperesteziya) belgilari xosdir: Ayni paytda shamollash belgilari xam paydo bo‘ladi. Shu bilan birga soxta krup, astma xuruji, abdominal (qorinda og‘riq, kayt kilish, tez-tez ich ketishi), gemorragik (burundan qon oqishi), serebral (qaltirash, xushdan ketish) buzilishlar yuz berib, ularni rentgen tekshiruvi orqali aniqlash mumkin, bunda o‘pka bo‘lmalarining birlamchi zararlanish sindromlari kuzatiladi. Kasallik boshlanishida qonda qisqa muddatli leykotsitoz, keyinchalik esa leykopenya, limfotsitoz, monotsitoz va normal yoki bir oz tezlashgan eritrotsitlarning cho‘kishi aniqlanadi. Haroratning egri chizig‘i ko‘pincha ikki to‘lqinli egriliqdan iborat bo‘ladi. Isitma 2—3, ba’zan 5—6 kun, quruq yo‘tal 4—7 kun davom etadi. Umumiy zaharlanish, bosh og‘rishi, holsizlik, bosh aylanishi, ishtahaning yo‘qolishi A viruslar tarqatgan grippda nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Nimjon, go‘dak bolalarda ko‘proq uchraydigan konyunktivit, burun, yutqun shilliq pardalarida, burun yo‘llarida bo‘ladigan kataral o‘zgarishlar V viruslar tarkatuvchi gripp uchun xarakterlidir. Go‘daklarda ko‘pincha laringotraxeit, bronxit, bronxiolit, zotiljam kabi asoratlar rivojlanadi. Ikkilamchi mikroflora qo‘shilgan vaqtda krup sindromi uzoq muddat davom etib, ba’zan to‘lqinsimon kechadi. Bunda yumshoq tanglayning shilliq qavatida, traxeyada shish va gemorragik o‘zgarishlar, shuningdek, yiringli va nekrotik yallig‘lanish kuzatiladi. Yangi tutilgan bolalarda gripp nisbatan yengilroq kechadi (onadan o‘tgan immunitet hisobiga). Ba’zan xastalik sust immunitetning bo‘lmasligi sababli ogir xolda o‘tib, bakterial sepsisni eslatadi. Asoratlari. Aksari yosh bolalarda uchrab turadi. Og‘ir asoratlardan biri — zotiljamdir. Shuningdek, sinusitlar, stomatitlar, laringit, otit, goho ensefalit ham kuzatiladi. Tashxisi. Grippni o‘tkir respirator, shuningdek, qizamiq, ko‘kyo‘tal, qorin tifi kabi kasalliklar bilan differensial tashxis qilish lozim. Laboratoriya usullaridan gemagglutinatsiya reaksiyasi, gemagglutinatsiyani to‘xtatish reaksiyasi yordamida (juft zardoblarda) virusni neytrallovchi antitelolar titrining o‘sishini aniqlash, rinotsitoskopiya, shuningdek, virusni ajratish usullaridan foydalaniladi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling