Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet49/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 9—10 kundan 14 kungacha, kamdan-kam 17 kungacha, passiv immunizatsiya olgan bolalarda 21 kungacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik uch davrga bo‘linadi. 3 kundan 5 kungacha cho‘ziladigan katta prodromal davri, toshma toshish (3 kun) davri va 2 haftagacha cho‘ziladigan rekonvalessensiya yoki pigmentatsiya davri shular jumlasidandir. Kasallikning birinchi davriga behollik, isitmaning ko‘tarilishi, tumov, yo‘tal va konyunktivit xos bo‘ladi. Yana muhim tashxisiy belgilardan biri lunj shilliq pardasida qizil rangli ingichka gardish bilan o‘ralgan mayda dog‘ — Belskiy — Filatov — Koplik dog‘lari va qattiq tanglayda ekzantemalarning paydo bo‘lishidir. Toshma toshish davrida qaytadan isitma ko‘tariladi. Toshma dog‘simon papulyoz ko‘rinishida bo‘lib, 1-kuni quloqlar orasini, 2-kuni gavdani, 3—4-kunlari qo‘l-oyoqlarni qoplaydi. Toshma toshishning 4-kunidan boshlab toshma qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday yo‘qola boshlaydi va pigmentatsiya davriga o‘tadi. Toshma qaytayotganda teri qipiqsimon mayda po‘st tashlaydi. Bu davrga kelib, isitma pasayadi.
***** 73-74 betlar yuk
Serologik profilaktika o‘tkazilgan bolalar qizamikqa mutlaqo chalinmaydilar yoki uni yengil o‘tkazadilar. Immunoglobulin yuborish yo‘li bilan hosil qilinGan immunitet 3—4 xafta davomidagina saqlanib turadi. Shuning uchun ham bu vaqt o‘tgandan so‘ng qaytadan aloqada bo‘lganda yana bir marta 1 ml immunoglobulin yuborish lozim bo‘ladi. Faol immunizatsiya uchun tarkibida kuchsizlangan qizamiq virusini saqlagan (L-16) vaksinadan foydalanib, bir marta teri ostiga yuborilganda bola organizmida qizamiqqa qarshi immunitet hosil bo‘ladi. Vaksina yuborilgandan so‘ng ko‘pincha qizamiqni eslatuvchi reaksiya paydo bo‘ladi (qarorat ko‘tarilib, toshmalar toshadi), lekin bu bola salomatligi uchun unchalik xavfli emas. O‘chog‘da xona shamollatilib, ho‘l latta bilan artib turiladi.
Bolalarda qizamiqqa qarshi immunizatsiya L-16 qizamiq vaksinasi bilan o‘tkaziladi. Tirik vaksinalar bilan qizamikqa qarshi emlashlar 10 oylikdan boshlab 8 yoshgacha o‘tkaziladi. Qizamiq bo‘lmagan bolalarga 12 oylik bo‘lganda davolash yoki profilaktika maqsadida immunoglobulin qilinganda o‘zida qizamiqqa qarshi antitelolar tutgan qon preparatlari yuboriladi yoki qon quyilganda vaksinatsiya o‘tkaziladi. Qizamiq vaksinasini qo‘llashga 3 oydan keyingina ruxsat etiladi. Tirik vaksina bilan vaksinatsiya o‘tkazilgandan so‘ng 2 hafta o‘tgach, immunoglobulin qilish mumkin.
Dekretizatsiya guruxidagi immunizatsiya qilish grafigi buzilgan bolalarga immunizatsiya qilishga ruxsat etilgandan so‘nggina uni o‘tkaziladi. Bunda qizamiqqa qarshi antitelolar bor-yo‘qligini aniqlash maqsadga muvofiqdir, agar antitelolar soni yuqori titrlarda bo‘lsa, bola emlanmaydi. Ba’zi hollarda epidemik ko‘rsatmalarga qarab emlashlar zudlik bilan o‘tkaziladi.
Qizamiq bilan kasallanmagan va unga qarshi emlanmagan 2 yoshdan oshgan bolalar tezda emlanishlari zarur. 3 oylikdan 12 oylikgacha bo‘lgan bolalarga 3,0 ml immunoglobulin yuboriladi. Bolalarda qizamikqa qarshi immunitetni aniqlash maqsadida maxsus GATR va PGAR antitelolari aniqlanadi. Antitelo titri GATR ning 1:4 va undan yuqori bo‘lishi, PGAR ning 1:10 va undan yuqori bo‘lishi bolaning qizamiqda berilmasligidan darak beradi.
«Xavfli guruhga» kiruvchi bolalar uchun, ularning yoshidan va qizamikqa qarshi profilaktik emlashlarning o‘tkazilishi darajasidan kat’i nazar, o‘ziga xos emlashlar grafigini tuzish lozim bo‘ladi. Qizamiqqa qarshi emlashni o‘tkazishga ruxsat etilmaydi. Bolalarda o‘tkir va surunkali infeksion kasalliklar bo‘lganda, bunday bolalar tuzalganlaridan so‘ng 1 oydan keyingina emlanadilar.
Klinik laboratoriya o‘zgarishlari bilan surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalarni emlash masalasini remissiyadan so‘ng 1 oydan keyin komissiya hal etadi. Komissiya tarkibida bo‘lim boshlig‘i, uchastka pediatri, lozim bo‘lganda vrach immunolog va maxsus vrachlar bo‘ladi. Komissiyadan qon kasalliklari va o‘smalar bilan og‘rigan, tuxum oqsiliga, monomitsin va aminoglikozidlar guruxiga mansub (neomitsin, kanamitsin, streptomitsii, degidrostreptomitsin) antibiotiklarga o‘ta sezuvchan, immunitet tanqisligiga duchor bo‘lgan bolalar o‘tkazilib, bunday bolalarga tuzalganlaridan keyin kamida 6 oydan so‘ng emlashga ruxsat etiladi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling