Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi.
- Profilaktikasi.
BEZGAK (MALARIA)
Odam organizmiga sodda jonivor turkumiga oid qo‘zg‘atuvchining‘ tushishi natijasida yuzaga keladigan kasallik bo‘lib, u tana xaroratining siklik ko‘tarilishi, jigar va taloqning zararlanishi, kamqonlikning rivojlanishi bilan ta’riflanadi. Bu kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda tarqaladi. Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi plazmodiylarning uch kunlik, to‘rt kunlik va tropik bezgakning turlaridir. Bezgak parazitlari ikki yo‘l: jinssiz, ya’ni odam organizmida (shizogoniya) va chivin organizmida jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi (sporoniya). Epidemiologiyasi. Bezgakka uchragan bemor parazit tashuvchi infeksiya manbaidir. Odam va uy hayvonlari qoni bilan oziqlanadigan va tuxumini kichik-kichik iliq suv havzalariga qo‘yadigan urg‘ochi chivin kasallik tarqalishiga sabab bo‘ladi. Kasallik o‘tgandan so‘ng odam organizmida uzoq davom etmaydigan beqaror immunitet hosil bo‘ladi. Kasallikka tabiiy beriluvchanlik boshqa kasalliklar kabidir. Patogenezi. Odamni chivin chaqqanda qo‘zg‘atuvchi qonga sporozoitlar ko‘rinishida tushadi. Sporozoitlar eritrotsitlarga o‘tib, jinssiz rivojlanish bosqichiga o‘tadi va bezgak xurujlariga sabab bo‘ladi. Jinsiy rivojlanish bosqichida chivin me’dasida Anopheles natijada hosil bo‘lgan sporozitlar chivinning so‘lak bezlariga o‘tadi, chivin odamni chaqqandan keyin u odamning qoniga o‘tib, kasallik tarqatadi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 10—14 kun. Qisqa prodromal davrdan so‘ng, titroq, et junjikishi bilan boshlanadigan tipik bezgak xuruji paydo bo‘ladi; harorat 40—41°S gacha ko‘tariladi, dumg‘azada og‘riq paydo bo‘lib, bemor qayt qiladi. Isitma 6—8 soat o‘tgandan so‘ng, tezda pasayadi, bemor terlaydi. Keyingi xuruj birinchi xuruj boshlanishiga nisbatan 48 coatdan (uch kunlik bezgakda) so‘ng yoki 72 soatdan so‘ng (to‘rt kunlik bezgakda) boshlanadi. Jigar , ayniqsa taloqning kattalashishi bezgak uchun xos belgilardir. Tropik bezgak kasallikning birmuncha og‘irroq turi xisoblanadi. Kasallikda isitma xuruji qisqa yoki davomli (2-12 soat) bo‘lishi mumkin. Lab terisida gerpetik toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Periferik qonda, ayniqsa yosh bolalarda eritrotsitlar soni kamayib, gemoglabin miqdori tushib ketadi, turli ko‘rinishdagi leykopeniya yuzaga keladi, monotsitoz paydo bo‘ladi. Tropik bezgakda tana xarorati bezgakning boshqa xillaridagi kabi ba’zan uzoqroq davom etishi, me’da-ichak va buyrak faoliyatining buzilishi talvasa, komatoz xolatlar tufayli bilinmasligi mumkin. Ba’zan xa deganda bosilmaydigan diareya, qorindagi og‘riqlar, o‘tkir appenditsit yuzaga kelishi mumkin. Qayta-qayta xurujlardan keyin jigar va taloqning, terining yengil subikterikligi qayd qilinishi mumkin. Kasallik og‘ir kechgan xollarda nefrotik sindrom yuzaga keladi. Bezgak komasi kasallikning eng og‘ir asoratlaridan xisoblanadi. Tashxisi. Epidemiologik ma’lumotlar, kasallikning klinik manzarasi va qonda parazitlar qon tomchisi va yupqa surtma yordamida aniqlanadi. Tropik bezgakda, dastlab parazitning faqat xalqasimon turi aniqlanadi. Gametositlar 10 kun o‘tgandan so‘ng yuzaga chiqadi. Bezgak plazmodiylari kasallikning turli bosqichlarda 20 foiz eritrotsitlarda uchraydi. Bu kasallikning gripp, tif-paratifoz kasalliklar, sil, sepsiz, brutselloz va boshqa xastaliklardan ajrata bilish kerak. Davosi. Bezgakka qarshi xingamin, delagil, xloroxin, primaxin, xinin, xinotsit sulfat (miqdori yoshga qarab) kabi maxsus preparatlar qo‘llanadi. Xinotsid uch kunlik va to‘rt kunlik bezgakdan batamom tuzalishga yordam beradi. Profilaktikasi. Infeksiya manbalarini zararsizlantirish, ya’ni shu kasallik bilan og‘rigan bemorlarni muntazam va uzoq (kasalxonada) davolashdan, kasallikni tashuvchi chivinlar va gijjalarni yo‘qotishdan iborat. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling