Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet65/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 7—20 kun, ko‘pincha 7—10 kun, kamdan-kam 3—5 yoki 30 kungacha cho‘zilgan bo‘ladi. Xastalik deyarli doim o‘tkir, badan uvishishi, bosh va mushaklar og‘rishi, isitma ko‘tarilishi va ko‘plab terlash bilan boshlanadi. Faqat bemorlarning bir qismidagina (kasallikning yashirin davrida) umumiy holsizlik, ko‘ngil aynishi, 2—4 kun davom etadigan bo‘g‘imlardagi og‘riq qayd etiladi. Harorat tezda 38—39°S gacha ko‘tariladi va remittirlovchi, og‘ir hollarda esa doimiy xarakterda bo‘ladi. Kasallik yengil kechganda harorat subfebril va qisqa (2—3 kun) bo‘ladi.
Xastalikning dastlabki kunlarida bosh og‘rig‘i, umumiy lohaslik, mushak va bo‘g‘imlarda, belda keskin og‘riq, darmonsizlik, uyqusizlik, tomoqda og‘riq, quruq yo‘tal aniqlanadi.
Yuz odatda giperemiyalangan, ko‘z skleralari va konyunktivasiga qon quyilgan, xalqum qizargan bo‘lib, tonzillit kuzatiladi.
Kasallikning 3—4- kunida, ba’zi bemorlarda rozeolez yoki papulyoz toshmalar paydo bo‘ladi. Kasallikka bronx va o‘pkaning shikastlanishi xosdir.
Kasallikning 2—3- kunidan boshlab bemorlarni quruq yo‘tal, laringit va ayniqsa traxeobronxit bezovta qiladi. Bemorda pnevmoniya kasallikning 5—7- kunidan boshlab paydo bo‘ladi va 8—12-kuniga kelib avjiga chiqadi. Pnevmoniya nafas qisishi, perkutor tovushning qisqarganligi, nafasning yuza bo‘lishi, o‘pkaning kuyi qismida, ko‘pincha o‘ng tomonida yakkam-dukkam xirillashlarning eshitilishi bilan ta’riflanadi. Bunday xolat kasallik qaytalayotganida, tana harorati normal bo‘lganda ham kuzatilishi mumkin. Kasallikning 8—10- kunlarida xarorat yuqori bo‘lishi bilan birga yo‘tal kuchayadi, balg‘am paydo bo‘ladi (ba’zan qon aralash), nafas qisishi, sianoz, et junjikishi, o‘pkada esa bir qadar ifodalanadigan pnevmoniya belgilari qayd etiladi. Bu bemorlarning balg‘ami va qonida patogen mikroblar — asosan stafilokokklar ko‘payganini bildiradi. Bunda abssess xam vujudga kelishi ehtimol.
Ornitozda interstitsial, kichik o‘choqli zotiljam yuzaga chiqishi mumkin. Bu kasallikning hamma turlarida bronx tomir ildizining kengayganligidan dalolat beradi, ba’zi hollarda bifurkatsion limfa tugunlari kattalashgan bo‘ladi. O‘choqli jarayonlar virus bakteriyali pnevmoniyalarga xosdir. O‘pkadagi, ayniqsa interstitsial o‘zgarishlar bemor tuzalgandan keyin ham uzoq vaqt saqlanib qoladi. Rentgenda tekshirilganda surat to‘rsimonligi bemor tuzalgandan bir necha oy va yil o‘tgandan so‘ng ham saqlanib qoladi.
Yurak-tomir sistemasidagi o‘zgarishlarga kasallik tuzalayotgandagi ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda vujudga keladigan taxikardiya bilan almashadigan bradikardiyaning asoratsiz hollari xosdir. Lekin bolalarda kasallikning birinchi kunlaridanoq taxikardiya qayd etiladi. Ko‘pchilik bemorlarda arterial bosim tushib ketgan bo‘ladi. Kasallik o‘rtacha va og‘ir kechayotgan bemorlarda yurak tonining bo‘g‘iqligi, sistolik shovqinining paydo bo‘lishi aniqlanadi, EKG da T-tishchasining ikki bosqichligi, S-T intervalinint cho‘ziqligi yurakning toksik-diffuz shikastlanganligidan darak beradi. Toksik-allergik xarakterdagi miokarditlar extimoldan holi emas. Me’da-ichak yo‘lida quyidagi o‘zgarishlar yuz beradi: bemorning ishtahasi pasayadi, ko‘ngli ayniydi, ichi ketadi, qayt qiladi. Til yo‘g‘onlashgan, kulrang karash bilan qoplangan, chetlari toza, tishlar o‘rni bilinib turadi. Qorin yumshoq og‘riqsiz. Jigarning kattalashganligi deyarli hamma bemorlarda kuzatiladi, taloq esa bemorlarning yarmida shishgan bo‘ladi.
Siydik-tanosil sistemasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
Nerv sistemasi u yoki bu darajada deyarli hamma bemorlarda zararlangan bo‘ladi. Bu kasallikning ko‘proq uchraydigan simptomlaridan — bosh og‘rig‘i, holsizlik, uyqusizlik, adinamiya, bo‘shashish, og‘ir hollarda depressivlik, alaxsirash, es-xushning yo‘qolishi, ruhiy motor qo‘zg‘alish, besaranjomlik, ko‘rish qobiliyatining qisqa vaqt tushib ketishi hisoblanadi. Qisqa vaqt qulay kechadigan meningizm, hatto seroz meningizm holatlari ro‘y berishi mumkin.
Kasallik kechishiga qarab, grippga o‘xshash, pnevmotik, tifoid va meningeal turlarga bo‘linadi, ko‘pincha dastlabki ikkitasi uchraydi. Kasallik og‘ir, o‘rtacha og‘ir, yengil, yashirin turlarda kechadi. Yengil va yashirin kechayotgan kasallikni aniqlash qiyin bo‘lgani uchun unga ko‘pincha gripp, yukori nafas yo‘llari yallig‘lanishi, o‘tkir respirator kasallik kabi tashxis qo‘yiladi. Ko‘pincha kasallik yaxshi tuzalib ketmagan hollarda u qaytalanishi mumkin. Kasallik erta (o‘tkir shaklidan 2—4 hafta o‘tgandan so‘ng) va kech (3—6 oy-dan so‘ng) qaytalanishi mumkin. Xastalik surunkali kechishi mumkin.
Hamma bemorlar xam batamom tuzalib ketmay, (ornitozning surunkali turi), ba’zilarda astenovegetativ ko‘rinnshdagi kamchiliklar, nafas yo‘llari va o‘pkaning surunkali yallig‘lanish jarayonlarini, o‘choqli pnevmosklerozni qayd etish mumkin.
Asoratlar kamdan-kam bo‘ladi, ovoz tutamlarining falajlanishi, polinevritlar, radikulit, tromboflebit, parotit, kollaps, shuningdek, ensefalitlar, miokardlar va ikkilamchi stafilokokk jarayonlarining o‘choqligidan tortib, to generalizatsiyalanganigacha asoratlarga misol qilib keltirish mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling