Prognozi. Odatda yomon emas.
Davosi. Gigiyenaga rioya qilish zarur. Bunda infeksiyadan ikkilamchi shikastlanishning axamiyati katta. Toshma pufakchalariga 1% li brilliant yashili yoki margansovka (to‘q rangda) surtish tavsiya etiladi. Yiringli asoratlar rizojlanganda antibiotiklar va sulfaiilamidlar qo‘llanadi. Kasallik cho‘zilib ketganda stimullovchi terapiyadan foydalaniladi.
Profilaktikasi. Sanitariya chora-tadbirlari qo‘llanadi. Bemor uy sharoitida toshma toshgandan keyin 5 kun ichvda alohida yotqizilishi kerak. Dezinfeksiya qilish talab qilinmaydi. Kasal bilan aloqada bo‘lgan va ilgari suvchechak bilan og‘rimagan bolalar 11 kundan 21 kunga qadar ajratib qo‘yiladi.
CHINCHECHAK (VARICELLA VERA)
Ifodalangan intoksikatsiya papulovezikulyoz toshmalar paydo bo‘lishi bilan kechadigan o‘tkir virusli kasallikdir.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — filtrlanuvchi virus. Chinchechak tarkibida DNK saqlovchi yirik viruslar qatoriga kiradi. Hujayralar zararlanganda epidermalar o‘ziga xos sitoplazmatik kiritmalar xosil qiladi (Gvarniyeri "tanachalari). Viruslar tashqi muxit ta’siriga nisbatan chidamli bo‘lib, bir necha oylar mobaynida o‘z xayot faoliyatini saqlab qoladi. Ular antibiotiklar va qator kimyoviy preparatlarga chidamlidir. 3% li xloramin eritmasi bir soat ichida chinchechak virusini zararsizlantiradi.
Epidemiologiyasi. Bemor odam infeksiya manbai bo‘lib va u inkubatsion davr oxiridan tortib, to kasallikning butun davri mobaynida yuqumli xisoblanadi. Kasallikdan o‘lgan kishilar ham juda yuqumli bo‘ladi. Infeksiya asosan havo-tomchi yo‘li orqali o‘tadi. Lekin kasallik buyumlar yoki kishilar orqali ham yuqishi mumkin. Kasallikka beriluvchanlik barcha yoshda nihoyatda yuqori bo‘ladi. Xastalikdan tuzalgandan keyin barqaror immunitet qoladi. Hozirgi vaqtda chinchechak dunyo miqyosida tugatilgan.
Patogenezi. Virus yuqori nafas yo‘llari yoki teri orqali tushar ekan, regionar tugunlariga kiradi va bu yerda ko‘payadi. 1—2 kun o‘tgach, virus qonda topiladi, undan parenximatoz a’zolarga, teriga kirib, to‘qima hujayralarida zo‘r berib ko‘payishi — qayta vnrusemiyaga olib keladi.
Ijtimoiy omillar — axolining past iqtisodiy, madaniy, sanitariya-gigiyena darajasi chechakning tarqalishida.muhim rol o‘ynaydi. Chinchechak oxirgi marta 1977 yili Somalida aniqlangan, 1980 yilning may oyidan boshlab butun dunyo ushbu darddan holi bo‘ldi, deb e’lon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |