Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
Klinikasi. Inkubatsion davri 4 kundan 18 kungacha cho‘ziladi, keyin kasallikning 1—6 kun davom etadigan boshlang‘ich davri rivojlanadi va avjga chiqish davri kuzatiladi. Kasallikning so‘nish va rekonvalessent davrida xastalik qayta avj olishi mumkin.
Kasallikning boshlang‘ich (prodromal) davri intoksikatsiya holatlari (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rishi), ba’zi bemor bolalarda bo‘g‘imlar va me’da-ichak yo‘li buzilishining lokal simptomlari, ko‘pincha og‘iz-burun uchburchagining oqarishi bilan aniqlanadigan yuz giperemiyasi (bu ba’zan bo‘yin terisiga va ko‘krakning yuqori qismiga ham o‘tishi mumkin) bilan birga davom etadi. Ko‘z shox parda tomirlari (skleralari)ga qon quyilgan bo‘ladi. Bemorlarning deyarli beshdan bir qismida yutinganda og‘riq, yo‘tal va tumov qayd qilinadi. Bemorning ichi ravon kelmaydi. Bu davr badanga toshma toshishi, toshma bo‘lmaganda esa birinchi isitma to‘lqini bilan tugaydi. Kasallik, avj olganda bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashadi, isitma ko‘tariladi, intoksikatsiya kuchayadi. Og‘ir hollarda meningizm hodisalari qayd qilinadi. Yuz va bo‘yin giperemiyasi, barmoqlar, oyoq kaftlarining qizarib shishishi kuzatiladi. Kasallikning birinchi kunlari tilni oq karash bog‘laydi, keyinroq u malina rangiga o‘xshab qizaradi. Tanglay shishuvi va giperemiyasi zo‘rayib boradi, lekin bu kasallik uchun yiringli angina xos emas. Jag‘ osti limfa tugunlarining unchalik kattalashgani bilinmaydi. Isitmaning oshib borishi soxta sil kasalligining doimiy simptomlari hisoblanadi. Bolalarning 60 foizida isitma 38—400 ga yetadi va o‘rta hisobda 4—7 kun saqlanib turadi. Kasallik avjiga chiqqanida, bu kasallikka xos simptomlardan toshma toshishi bolalarning 85 foizida qayd etiladi. Ko‘proq skarlatinaga o‘xshash toshmalar aniqlanadi. Bunda soxta silning skarlatinaga o‘xshash turi farq qilinadi. Soxta sil kasalligi avjiga chiqqanda mahalliy lokal simptomlarning paydo bo‘lishi yoki kuchayishi, bu kasallikka xuddi gepatit, appenditsit, gastroenterit, artrit kasalliklari kabi mustaqil kasallik xarakterini beradi. Kasallik klinikasida u yoki bu simptomlarning mavjudligiga qarab kasallikning turlari farq qilinadi. Soxta silning skarlatinaga o‘xshash, keyin esa generalizlangan, abdominal, artralgik, sariq va aralash turlari ajratiladi. Shuningdek, kataral, yashirin kechadigan va latent turlari ham mavjud. Kasallikning kechishiga qarab yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlari farq qilinadi. Ular yengil xurujlar, kaytalanish va asoratlar bilan o‘tadi. Soxta snl kasalligining yengil kechayotgan tipik turlari isitmaning subfebril bo‘lishi, intoksikatsiya belgilarining sust ifodalaiishi yoki umuman bo‘lmasligi, qisqa vaqt toshma toshishi, unchalik ahamiyatsiz maxalliy o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Kasallik o‘rtacha kechayotganda tana xarorati 38—39° gacha ko‘tariladi. Intoksikatsiyaning ifodalanadigan belgilari qayd etiladi, ko‘plab toshma toshadi, mahalliy simptomlar yaqqol bilinadi, lekin tez o‘tib ketadi. Kasallikning og‘ir turlarida isitma juda yuqori, intoksikatsiya belgilari sezilarli bo‘ladi, butun tanaga toshma toshadi, me’da-ichak yo‘lida, bo‘g‘imlarda, jigarda turg‘un zararlanish belgilari kuzatiladi. Kasallik atipik kechganda holsizlik, isitmaning subfebril bo‘lishi, tanglay giperemiyasi, konyunktivit, tumov, yo‘tal aniqlanadi, ko‘pincha o‘tkir respirator kasallik alomatlari kuzatiladi. Bemorlarning axvoli 3—5-kuni yaxshilanadi, lekin bunda kasallik retsidivlari xam bo‘lishi mumkinki, bunga o‘tkir kasallik sifatida qaraladi. Retsidivlarning kelib chiqishi bolalarda kasallik turiga qarab 16—22 foizni tashkil qiladi. Kasallik o‘tkir davridagidan farqli o‘laroq, retsidivlar klinikasida u yoki bu a’zoning zararlanishi ustun turib, intoksikatsiya alomatlari ikkimchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Retsidivlar bir oy davom etadi. Kasallikning xar bir bosqichidan so‘ng (boshlang‘ich, kasallik avj olganda, retsidiv) sog‘ayish davri bo‘lishi mumkin. Klinik sog‘ayishning asosiy shartlari tana haroratining turg‘un normallashuvi (10 kun va undan ortiq), lokal shikastlanishlarning yo‘qolishi, qon, siydik analizlarining normallashuvidir. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling