Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
Klinikasi. Saramasning inkubatsion davri bir necha soatdan 3—7 kungacha davom etadi. Kasallik odatda birdan et uvishishi, tana haroratining tezda 39—40° ga chiqib ketishi, umumiy holsizlik, bosh og‘rishi, ba’zan qayt qilishdan boshlanadi. Bir necha soat yoki 1 — 2 kundan keyin terining u yoki bu yeri qizarib, shish paydo bo‘ladi, shu joyni ushlab ko‘rganda teri qizishi, og‘riq paydo bo‘lishi, atroflari aniq ko‘rinib turuvchi yallig‘ldnish kuzatiladi. Qizarish periferiya bo‘ylab tarqala boshlaydi, chetlari g‘adur-budur bo‘lib, sog‘lom teridan yaqqol ajralib turadi. Katta yoshdagi bolalarda saramas ko‘pincha yuzda, bo‘yinda, ko‘krak yoshidagi bolalarda esa badanda, ba’zan oyoq-qo‘llarda joylashgan bo‘ladi. Yallig‘lanish darajasi, xarakteri va kasallikning kelib chiqishiga qarab, saramasning bir necha turlari: eritematoz, vezikulyar, bullyoz, gemorragik, flegmonoz va gangrenoz turlari ajratiladi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda ko‘pincha kasallikning zritematoz turi kuzatiladi.
Kasallikning tarqalishiga qarab, mahalliy yoki chegaralangan, tarqalgan va adashgan turlari farqlanadi. Xastalik odatda 6—14 kun davom etadi, ba’zan bor-yo‘g‘i 2 kunda o‘tib ketishi mumkin. Ba’zi hollar esa, ayniqsa, adashgan turida bir necha haftagacha davom etishi mumkin. Saramasning erta qaytalanishi ham kuzatilgan, bunda kasallik sog‘aygandan bir necha kundan keyin retsidiv kelib chiqadi. Kech retsidivlarda zsa kasallik bir necha oy yoki yildan keyin qaytalaydi. Kasallik retsidivlar bilan kechganda uzoq vaqt davom etib, bir necha yillar, hatto o‘n yillab davom etishi mumkin. Teridan tashqari saramas shilliq pardalarda, burun, og‘iz, yutqin, traxeya va bronxlarning shilliq qavatlarida ham aniqlanadi. Qonda leykotsitoz, chap tomonga siljigan neytrofilyoz kuzatiladi. Ko‘pincha limfotsitoz va monotsitoz kuzatilishi mumkin. ECHT odatda oshgan, ko‘krak yoshidagi bolalarda u uzoq zaqtgacha yuqori darajada (20 mm/s) saqlanib qoladi. Saramas ko‘krak yoshidagi bolalarda faolligi, tez tarqalishi va ko‘pincha adashgan turiga aylanishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda, odatda kasallik bolaning sog‘ayishi bilan yakunlanadi. Tashxisi. Klinik ma’lumotlarga asoslanadi. Streptokokk infeksiyasida immunologik reaksiyalar (antistreptolizin titrini aniqlash) diagnostik ahamiyatga ega. Saramasni infeksion eritema, piodermiyadan ajrata, bilish kerak. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling