Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensial tashxisi
- Profilaktikasi
Tashxisi. Tashxis epidemiologik, klinik va laboratoriya ma’lumotlariga asoslanib qo‘yiladi. Laboratoriya tekshirish usullaridan: bo‘yalgan materialni mikroskop ostida ko‘rish, immunoflyuoressent usuli, oziqali muhitga ekish, laboratoriya hayvonlariga yuqtirish va serologik usul — Askoli bo‘yicha pretsipitatsiya reaksiyasidan foydalaniladi.
Differensial tashxisi. Kuydirgining teri orqali yuqadigan turini teri stafilokokk kasalliklari, tulyaremiya, ko‘k yiring tayoqchalari paydo qilgan infeksiya, zotiljam bilan differensial tashxis qilish kerak. Davosi. Kuydirgining hamma turida asosiy va spetsifik davolash usuli — kuydirgiga qarshi immunoglobulin qo‘llanadi. Davolash kursining muddati va preparatlarning miqdori individualdir. Preparatlarni yuborishdan oldin 37°S gacha qizdiriladi va Bezredko bo‘yicha mushaklar orasiga yuboriladi. Terapevtik miqdori 20—30 ml, hozirgi vaqtda zardob o‘rniga kuydirgi immunoglobulinidan foydalanilmoqda. Profilaktika maqsadida bolalarga —5—8 ml, o‘smirlarga -12 ml, kattalarga —25 ml immunoglobulin yuboriladi. Penitsillin sutkasiga 2—3 marta mushaklar ichiga yuboriladi (sutkalik miqdori—500000—1500000 TB). Zararlangan joyga surtma dori surtilgan bint bog‘lanadi. Kuydirgini spetsifik davolash simptomatik, ayniqsa yurak preparatlari bilan birga olib boriladi. Profilaktikasi. Kuydirgiga qarshi chora-tadbirlar infeksiya manbai va o‘choqlarini topishga va yo‘q qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Infeksiyaning yuqish yo‘llarini tugatish, odam va hayvonlarni kuydirgi yuqishidan saqlash lozim. Profilaktik chora-tadbirlar quyidagilarni ko‘zda tutadi: kuydirgi bilan kasallangan va shunga taxmin etilgan hayvonlarni ajratib qo‘yish, kuydirgidan o‘lgan hayvonlar jasadini, zararlangan obyektlarni yoqib yo‘q qilish, kasal hayvonlar turgan yerlarni zararsizlantirish, suv ichish joylarini tozalash, botqoq yerlarni quritish. Odamlarni kuydirgiga qarshi emlashda STI — sporali kapsulasiz vaksina qo‘llanadi, bu vaksina kuydirgi mikroblarinvng virulentidan tayyorlangan. Vaksina yuqori samaradorligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. Vaksina teri usti yoki ostiga yuboriladi. 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga—0,3 ml, 11 yoshdan 14 yoshgacha—0,5 ml, kattalarga—1 ml vaksina yuboriladi. Revaksinatsiya 1 yildan so‘ng o‘tkaziladi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling