Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- SKARLATINA (SCARLATINA)
- Epidemiologiyasi
Kasallik oqibati odatda yaxshi bo‘ladi. Sog‘ayish 1-haftaning oxiri, 2-haftaning boshlariga to‘g‘ri keladi. Suv-elektrolit almashinuvi kuchli bo‘lgan bolalarga o‘z vaqtida davo qilinmasa, o‘lim yuz berishi mumkin.
Profilaktikasi va o‘choqdagi chora-tadbirlar. Bemorlar 10—15 kunga ajratib qo‘yilishi zarur. Kasallikning yengil turida ular uyda davolanib, vrach nazoratida bo‘lishlari mumkin. Har kuni dezinfeksiya o‘tkazib turiladi. Bemor ajratmalarini zararsizlantirib -idishlari qaynatiladi, oxirida xonani ho‘l latta bilan artib dezinfeksiya qilinadi, bemor kiyim-kechagi va o‘rin-ko‘rpalari maxsus kamerada yuqumsizlantiriladi. Kasallikka qarshi spetsifik profilaktika ishlab chiqilmagan. SKARLATINA (SCARLATINA) O‘tkir infeksion allergik kasallik bo‘lib, haroratning ko‘tarilishi, organizmning umumiy intoksikatsiyasi, bodomcha bezlarining zararlanishi va terida mayda-mayda tugmasimon toshmalarning paydo bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Etiologiyasi. Skarlatina qo‘zg‘atuvchisi A guruhiga mansub gemolitik streptokokklar hisoblanadi. Bu guruhga kiruvchi streptokokklar 50 dan ortiq serologik tipdan iborat. Bularning har biri toksigenlik xususiyatiga ega, shuningdek, ular antitoksin immunitetlik darajasiga qarab skarlatina, streptokokkli angina, faringit, saramas va boshka kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Epidemiologiyasi. Skarlatina yoki boshqa streptokokk infeksiyasi (angina) bilan og‘rigan bemor infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Infeksiya asosan havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi, lekin qo‘zg‘atuvchi turli yiringli o‘choqlarda (otit, yiringli limfadenit), shuningdek, bemor foydalangan buyumlar (masalan o‘yinchoqlar)da ham bo‘lishi mumkin. Bemor birinchi kundanoq atrofidagilar uchun xavfli bo‘ladi va bu narsa butun kasallik davomida, ba’zan esa rekonvalessensiya davrida ham qoladi. Statsionardan chiqqandan so‘ng, rekonvalessentdan kasallikning yuqishi kechki kontakt deyiladi. Terining qipiqlanishn xali tugamagan bo‘lsa, rekonvalessent yuqumli xisoblanmaydi. Yuqumlilik burun-halqum holatiga, unda yallig‘lanish o‘choqlarining bor-yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi. Rekonvalessentlarning yukumliligi ma’lum darajada reinfeksiyaga ham bog‘liqdir. Skarlatinaning yashirin turi bilan og‘rigan bemorlar katta epidemiologik ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki bunda tashxis o‘z vaqtida ko‘yilmaydi. Skarlatinaga 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar ko‘proq beriluvchan bo‘ladilar. Bola hayotining birinchi 6 oyligida kamdan-kam kasal bo‘ladi. Kasallikka beriluvchanliknn Dik reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. (0,1 ml Dik toksinining termolabil fraksiyasini teri ostiga yuboriladi). Terida qizarish va infiltratsiyaning paydo bo‘lishi (musbat reaksiya) organizmning beriluvchanligidan darak beradi. Skarlatinani boshdan kechirganlarda mustahkam immunitet hosil bo‘ladi va bola ikkinchi marta kasal bo‘lmaydi, lekin antibiotiklarning keng qo‘llanilishi tufayli qaytadan skarlatina bilan kasallanish hollari ham kuzatiladi. Kasallikda ma’lum mavsumiylik qayd qilinadi: kuz-qish oylarida kasallik ko‘payib, yozda kamayadi. Issiq iqlimli o‘lkalarda, tropik va subtropik joylarda skarlatina kam uchraydi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling