Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet91/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. SPID infeksiyasining kechishida qator bosqichlarni ajratsa bo‘ladi. SPID da inkubatsion davrni hamma vaqt ham aniklash imkoni bo‘lmaydi. VICH bilan infitsirlanganlarning taxminan yarmida kasallik yuqqan daqiqadan boshlab 2—4 xafta o‘tgach harorat ko‘tariladi va u 2 hafta mobaynida yuqoriligicha saqlanadi, limfa tugunlari, jigar va qorataloq kattalashadi. Aksari angina anyqlanadi. Xastalikda yuzaga keladigan simptomlar kompleksi mononukleazasimon sindrom deb ataladi. Bunday bemorlarning qonida ancha ifodalangan limfotsitopeniya topiladi. Bu sindromning umumiy davomliligi 2—4 hafta, shundan keyin ko‘p yillarga cho‘zilib ketadigan maxfiy davr boshlanadi. Bemorlarda mononukleazasimon sindrom tipi bo‘yicha kasallikning birlamchi alomatlari ko‘rilmaydi, lekin ularda ayrim klinik simptomlar paydo bo‘ladi. Kattalashgan limfa tugunlari paypaslab ko‘rilganda og‘riqsiz, harakatchan bo‘ladi. Kasallikning bu davrida ortiqcha toliqish va terlash hollari kuzatilishi mumkin. Bunday bemorlarning periferik qonida leykopeniya, T4-limfotsitlar miqdornning vaqt-bevaqt kamayishi, trombotsitopeniya va virusga nisbatan doim topiladigan antitelolar qayd qilinadi. Xastalikning bu bosqichini xronik (surunkali) limfadenopatiyaning sindromi sifatida belgilash qabul qilingan, chunki u asosan limfa tugunlarining vaqt-bevaqt kattalashuvi bilan namoyon bo‘ladi. Bu davrda bemorni faqat kattalashgan limfa tugunlarigina emas, balki haroratning ko‘tarilishi, tungi paytda va hatto harorat normal bo‘lganda terlash bezovta qiladi, tez-tez ich ketadi, tana vazni kamayishi qayd qilinadi. Teriga oddiy gerpes toshishi yoki zamburug‘li, yiringli toshmalar toshishi mumkin, ko‘pincha barqaror kandidozli stomatitlar va ezofagitlar paydo bo‘ladi.
Kasallik keyinchalik avj olganda asl SPID klinikasi rivojlanib, u asosan og‘ir «opportunistik» infeksiyalar va turli xil yangi tuzilmalar bilan namoyon bo‘ladi. Yetakchi klinik sindrom ifodalanishiga qarab, shartli ravishda o‘pka, serebral, me’da-ichak, onkogen va boshqa kasallik turlari farq qilinadi.
O‘pka turi aksariyat pnevmotsist zotiljam (pnevmoniya) bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik quruq, hadeganda bosilmaydigan yo‘tal, to‘sh ortida og‘riq turishi, yuqori isitma, taxipnoe, terlash, umumiy darmonsizlik bilan ta’riflanadi. O‘pkada tarqoq krepitatsiyalovchi va mayda pufakchali xirillashlar eshitiladi. Zotiljam uzoq muddat davom etadi, davolanishi qiyin bo‘ladi, tez-tez takrorlanib turadi. Balg‘amda va biopsiya materialida (zararlanish o‘choqlaridan olingan) pnevmotsistalar topiladi. Ko‘pincha bolalardagi o‘pka zararlanishi sitomegalovirusli pnevmoniya bilan namoyon bo‘ladi. U interstitsial infiltratsiya va shish, alveolyar hujayralar giperplaziyasi bilan ta’riflanadi. Kasallik interstitsial pnevmoniya ko‘rinishi tez-tez ro‘y beradigan o‘tkir nafas yetishmovchiligini rivojlanishi bilan tugashi mumkin. Rentgenologik jihatdan interstitsial pnevmoniya aniqlanadi, lekin lokal infiltratsiya o‘choqlari xam bo‘lishi ehtimol.
O‘pkadagi jarayon vaqti-vaqti bilan goh kuchayib, goh so‘nishi mumkin, lekin klinik jihatdan ko‘p oylar va hatto yillar namoyon bo‘lmasligi mumkin. Bunday bolalarda odatda «opportunistik» infeksiyalar bo‘lmaydi.
Me’da-ichak turi enterit yoki enterokolit bilan namoyon bo‘ladi, uni shartli-patogen flora, zamburug‘lar va sodda jonivorlar keltirib chiqaradi. Bu tur uchun og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalari va qizilo‘ngachning zamburug‘lar tomonidan zararlanishi xosdir. Shuningdek, uzoq vaqt davom etadigan salmonellyoz, stafilokokkli enterokolitlar, proteozlar va boshqalar uchrab turadi. Me’da-ichak yo‘li zararlanishi asosida bolalar uchun eng xos bo‘lgan simptomlarning rivojlanishi — distrofiya zo‘raygan holdagi tana og‘irligining tushishi yotadi.
Mezenterial va retroperitoneal adenopatiya, shuningdek, gepatosplenomegaliya bolalardagi ko‘p uchrab turadigan SPID ning abdominal ko‘rinishi hisoblanadi. Kasallik aortal, mezenterial va portojigar limfa tugunlarining keskin kattalashuvi bilan namoyon bo‘lib, bular yirik tomirlarni zich o‘rab turadigan katta xaltalarni hosil qiladi. Ko‘pgina hollarda limfa tugunlari susaygan tovush o‘tkazuvchanligi bilan ta’riflanadi. SPID da limfa tugunlarining kattalashuvini, diareya sindromida bo‘lgani kabi ikkilamchi infeksiyaning qo‘shilib ketishi bilan izoxlash qabul qilingan.
Serebral turi miyaning toksoplazmoz abssesslar, o‘rtacha o‘tkir o‘tadigan gerpetik yoki sitomegalovirusli ensefalitlar bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, xozirgi vaqtda VICH ning o‘rtacha o‘tkir ensefalit, zo‘rayib boruvchi demensiya, paraparez va ataksiyani keltirib chiqarishi mumkinligi aniq tasdiqlangan. SPID ga yo‘likqan bolalarda izoxlash qiyin bo‘ladigan nevropatiya va surunkali meningit belgilari qayd qilinad. Ayrim hollarda og‘ir nevrologik simptomlar avj olib, bular tutqanoq tutishi, psixomotor rivojlanishi buzilishlari, znsefalopatiya, miya massasining ko‘paymasligi bilan namoyon bo‘ladi.
VICH infeksiyasi bilan og‘irlashgan, rivojlanadigan ikkilamchi kasalliklar etiologiyasi turlicha bo‘lishi ko‘p jihatdan turmush, iqlim sharoitlariga qarab aniqlanadi. Pnevmotsista, o‘rab oluvchi va oddiy gerpes viruslari, sitomegalovirus, mikobakteriyalar, salmonellalar eng ko‘p uchrab turadigan etiologik agentlar bo‘lib hisoblanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling