Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet90/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Tashxisi. Uni qo‘yish odatda qiyin emas. Xastalikni qizamiq, qizilcha, skarlatina, turli dorivor va allergik toshmalardan farq qilishga to‘g‘ri keladi.
Davosi. Kalsiy preparatlari, vitamin S, 0,01 dan 0,05 g gacha (yoshga qarab) dimedrol, ilik vannalar va boshqalar. Anafilaktik shokda inyeksiya o‘rniga adrenalin yuboriladi, venaga efedrin yoki adrenalin, teri ostiga antigistamin preparatlari (dimedrol, pipolfen), steroid gormonlar (venaga), kislorod, sun’iy nafas oldirish, sedativ vositalar tayinlanadi va bemor zudlik bilan shifoxonaga yotqiziladi.
Profilaktikasi. Tozalangan zardoblardan foydalanish, dorini Bezredko usulida yuborish.


SPID (ORTTIRILGAN IMMUN YETISHMOVCHILIGI SINDROMI)

Immun sistemaning virusli kasalligi bo‘lib, bunda asosan T-limfotsitlar — xelperlar zararlanib, organizmning shartli patogen mikroorganizmlarga nisbatan umumiy reaktivligining keskin susayishi va onkologik xastaliklarga moyil bo‘lish qayd etiladi, natijada kasallik og‘ir kechadi va so‘zsiz o‘lim bilan tugaydi.


Etiologiyasi. Spid qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, odamning immun yetishmasligi virusi hisoblanadi (VICH). Hozirgi vaqtda ikki serovariant — VICH-1 va VICH-2 ma’lum. Spid viruslari retroviruslar oilasiga mansubdir.
Epidemiologiyasi. Zararlangan kishi, bemor yoki virus tashuvchigina SPID infeksiyasining manbai hisoblanadi. Virus odam organizmida qonda va turli a’zolarda bo‘ladi. U limfotsitlarda ayniksa ko‘p topiladi. Virus organizmda asosan sperma bilan ajralib chiqadi. Virusning tupukda, ko‘z yoshi, ayol sutida bo‘lishi haqida ham ma’lumotlar bor. Lekin virusning shu biologik suyuqliklardagi konsentratsiyasi juda oz bo‘ladi.
Bolalar bu xastalik bilan qon preparatlari quyilganda zararlanadilar. Bola tug‘ruq yo‘llaridan o‘tayotgan vaqtda ham infitsirlanishi mumkin. Bolaning ko‘krak suti orqali zararlanishi mumkinligi isbotlangan. Kasallik mikroshikastlar, yara-chaqalar orqali yuqadi (agar virus qon, tupuk, sperma, zararlangan teri qoplamlariga yoki shilliq pardalarga tushsa).
Kasallikning tabiblar muolaja qilganda yuqishi xam kuzatilib, bular VICH faollashuvini keltirib mqaradi, uning zo‘r berib ko‘payishi va T4- limfotsitlarning zararlanishiga sabab bo‘ladi. Bu ular sonining kamayishigagina emas, balki gumoral omillarning ortiqcha yuzaga kelishiga olib keladi. Bu omillar globulin mahsulotlariii V-limfotsitlar bilan faollashtiradi. Bu o‘z navbatida immun komplekslar sonining keskin ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ayni paytda monotsitlarning xemotoksisga va interleykin-1 mahsulotiga nisbatan kobiliyati yo‘qoladi. Qon zardobida antilimfotsitlar, antitelolar paydo bo‘lib, a- interferon, r2- mikroglobulin va a2- timozinning kislotaga barqarorlik darajasi oshadi. Bu o‘zgarishlarning xammasi hujayra sistemasida va gumoral immun javobning antigen ta’sirotlariga nisbatan bo‘lgan qaytmas buzilishlarga olib keladi va odam tasodifiy, shu jumladan «opportunistik» infeksiyalarga nisbatan zaif bo‘lib qoladi, bu infeksiyalar odatdagi sharoitlarda odam uchun zararsiz bo‘ladi. Bundan tashqari, sitotoksinli reaksiyalarning keskin darajada susayishi munosabati bilan atipik hujayralarning hosil bo‘lishi ustidan to‘la sifatli immun nazorat o‘rnatish mumkin bo‘lmay qoladi, bu esa SPID bilan og‘rigan bemorlarning turli o‘sma kasalliklariga ko‘proq chalinishiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda SPID faqat immun sistemasini zararlantirmay, balki boshqa a’zolar, birinchi galda markaziy nerv sistemasi (MNS) ni zararlantiradi, degan fikrlar mavjud.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling