Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet98/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Tashxisi. Toshmalar kasallikning 6—7- kuniga qadar toshadi. Terlamaga klinikada tashxis qo‘yish mumkin. Tashxis qo‘yishda kasallikning o‘tkir boshlangani, isitma balandligi, boshning qattiq og‘rishi, uyqusizlik, bezovtalanish, yuz va konyunktivalar giperemiyasi (qizargani) hisobga olinadi. Kasallikning 3—4- kunidan boshlab, jigar va taloqning kattalashuvi, Kiari — Avsinning musbat simptomi qayd qilinadi. 4—6- kundan boshlab xarakterli toshma toshadi. KBR EGAR tashxisni tasdiqlovchi asosiy usullardir. Ularni ishlatish imkoni bo‘lmagan taqdirda provatsek rikketsiyalari bilai agglutinatsiya reaksiyalari qo‘llanadi.
Agglutinatsiya reaksiyalari va KBR uchun 1:160, gemagglutinatsiya reaksiyasi uchun 1:1000 nisbat zardobni bir marta tekshirishdagi diagnostik titr hisoblanadi.
Boshqa rikketsiozlar (kalamush va kana toshmali terlamasi)dan, ba’zan grippning og‘ir turlaridan, ornitoz, gemorragik isitma, krupoz zotiljam, ich terlamadan ajratiladi.
Davosi. Tetrasiklin guruhiga mansub antibiotiklar eng samarador hisoblanadi. Levomitsetinni ishlatsa ham bo‘ladi. Antibiotiklar normal haroratning 2-kuniga qadar beriladi. Davolash kursi odatda 4— 5 kun davom etadi. Intoksikatsiyani bartaraf etish maqsadida 5% li glukoza eritmasi yoki.natriy xloridning izotonik eritmasi venaga tomchilab yuboriladi. Oksigenoterapiya qo‘llanadi (kislorod burun kateterlari yoki niqoblari yordamida yuboriladi). Qon aylanishi izdan chiqqanda Ringer eritmasi, 10% li glukoza eritmasi, prednizolon, mezaton, korglikon va boshqa preparatlar yuboriladi. Keskin qo‘zg‘alishda barbituratlar, xloralgidrat ko‘rsatilgan. Iliq (37— 38°S) suv quyib artinish tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Yiringli-septik asoratlarda penitsillin va uning unumlari, eritromitsin qo‘llanadi. To‘la qimmatli ovqatlanish (2-yoki 15-sonli parhez) va vitamin berib davolash katta ahamiyat kasb etadi. Bemorlarni to‘g‘ri parvarishlash (to‘la orom berish, havo, qulay o‘rin-ko‘rpa va kiyim-kechak, terini va og‘iz bo‘shlig‘ini har kuni yuvish) muhim rol o‘ynaydi.
Prognozi. Hozirgi vaqtda qulay hisoblanadi. Bemorni statsionardan to‘la klinik sog‘ayganidan keyin, lekin harorat normal bo‘lganiga kamida 12 kun bo‘lgandagina chiqariladi.
O‘choqdagi profilaktika chora-tadbirlari. Profilaktika tadbirlari aholi orasida bitlab ketishga qarshi qaratilgan (turli tibbiy ko‘riklarda pedikulyozni aniqlash, pedikulyozi bor shaxslar orasida sanitariya ishlovini o‘tkazish, kiyimlarni kamerada dezinfeksiya qilish). Toshmali terlamasi bo‘lgan bemor aniqlanganda va kasalxonaga yotqizilganda (yoki ana shu kasallik bor, deb gumonsiraganda) bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar ustidan kuzatuv olib boriladi.
Tana harorati oshib ketganda tashxisni oydinlashtirish uchun bu shaxslar darhol kasalxonaga yotqiziladi. Uchoqda dezintoksikatsion-dezinfeksion chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Toshmali terlamaga qarshi vaksina ishlab chiqilgan, emlashlar epidemik ko‘rsatmalarga ko‘ra qilinadi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling