Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet106/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Enterovirus infeksiyalarining klinik kechishi juda xilma-xildir. Kasallikning qisqa muddat kechishi, sog‘ayish bilan tugallanishi enterovirus kasalliklarining hamma klinik turlari uchun xosdir. Tilning karash boylashn, halqum qizarishi, yumshoq tanglay shilliq pardasining donadorligi, bo‘yin limfasi tugunlarining shishib chiqishi, qabziyatlar eng asosiy simptomlar bo‘lib hisoblanadi. Ana shu simptomlap mavjud bo‘lganda umumiy og‘ir intoksikatsiya qayd qilinmaydi.
Kasallikning to‘lqinsimon, 2—3 yoki 4—5 kun orab qaytalanib turishi barcha enterovirus kasalliklarida aniqlanadi.
Asoratlar odatda kuzatilmaydi.


SEROZ MENINGIT

Bu enterovirus infeksiyaning eng ko‘p uchraydigan klinik turidir. Kasallik o‘tkir boshlanib, harorat 40° gacha ko‘tariladi, bosh qattiq og‘riydi.


Meningeal simptomlar enterovirus seroz meningitlar klinikasida yetakchi simptomlar bo‘lib hisoblanadi, bular kasallikning 2—3-kunida paydo bo‘ladi. Es-xushning xiralashuvi, uyquchanlik yoki ortiqcha qo‘zg‘aluvchanlik, bosh aylanishi, talvasa tutishi uchrab turishi ehtimol.
Ko‘pincha birinchi kunlarda neytrofillar limfotsatlar hisobiga oshgan (500—1000 mm3 gacha) bo‘ladi, oqsil va qand normal ko‘rsatkichlar atrofida. Periferik qon tomonidan leykotsitoz bilan neytrofilyoa va formulaning chapga siljishi ko‘riladi. Sog‘ayish davrida 15—20 foizgacha eozinofiliya aniqlanadi.
Seroz meningit qulay kechadi. Bemor 7—10 kundan keyin sog‘ayib ketadi.


KASALLIKNING PARALITIK (POLIOMIYELITGA
O‘XSHASH) TURI

Enterovnrus infeksiyasining bu klinik turi asosan maktabgacha yoshdagi bolalarda sporadik ko‘riiishda uchrab turadi.


Klinik manzara ifodalangan polimorfizm bilak ta’riflanadi. Markaziy asab sistemasidagi zararlanish joyiga qarab, spinal, pontin, bulbar turlari kuzatilishi mumkin. Monoparezlar xolida o‘tadigan reflekslarning pasayishi, oz-moz mushak atrofiyasi bilan davom etadigan spinal turlari ko‘proq uchrab turadi. Parezlar to‘la sog‘ayish fonida paydo bo‘lib, qo‘l-oyoqlarda bir oz quvvatsizlik aniqlanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling