Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet103/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Tashxisi. Odamni tulyaremiya bor-yo‘qligiga tekshirishda immunologik usullar hisoblangan agglutinatsiya reaksiyasi, PGAR qo‘llanadi. Erta tashxis qo‘yish maqsadlarida tulyaremin yordamida teri va teri usti sinamalaridan foydalaniladi. Atrof-muhit, kemiruvchilar va hokazolarda qo‘zg‘atuvchini aniqlash uchun bakteriologik usullar qo‘llanadi. Tulyaremiyani infeksion mononukleoz, o‘lat, kuydirgi, melioidoz, manqa, toksoplazmoz, odenovirus infeksiya, bakterial zotiljam (pnevmoniya), tif-paratifoz xastaliklar, brutsellozdan ajratish lozim.
Tulyaremiyani kasallik turi va kechishining og‘ir-yengilligiga ko‘ra davolash lozim. Hozirgi vaqtda streptomitsin, levomitsetin, tetrasiklin qatoridagi antibiotiklar eng samarali davolash vositasi bo‘lib hisoblanadi. Bolalarga tulyaremiya vaksinasi qilinmaydi.
Bubonlar tezroq so‘rilib ketishi uchun konservativ terapiya tadbirlari hisoblangan kulrang simob surtma dorisi bilan kompresslar qo‘yiladi.
Tulyaremiya profilaktikasi aholini faol immunlash va sanitariya-epidemiologik hamda tashkiliy xo‘jalik chora-tadbirlarini olib borish yo‘li bilan o‘tkaziladi.


OKSIM (ARNTAYE EPIZOOTICAE)

Isitmalash, umumiy zaharlanish, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining aftoz zararlanishlari, qo‘l kafti terisining zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir virus kasalligidir.


Etiologiyasi. Filtrlovchi virus—oqsim qo‘zg‘atuvchisidir. Oqsim virusi o‘lchamlari 20—30 nm bo‘lib limfa va aftoz pufaklar epiteliysida to‘planadi va juda yuqumli hisoblanadi.
Virus tashqi muhit omillari ta’siriga ancha chidamlidir. Yuqori haroratda virus halok bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Hayvonlar orasida oksim kasalligi epizootik tusda bo‘ladi. Qoramol, cho‘chqalar va yovvoyi xayvonlar oqsimga eng beriluvchi bo‘ladi. Odamlar oqsim bilan kamdan-kam kasallanadi. Asosan kasal hayvonlarning sutini ichgan bolalar zararlanadi.
Oqsimda kasal hayvonlar infeksiyaniig asosiy manbai xisoblanadi, bunda hayvonlar so‘lak, sut, siydik va axlat bilan tashqi muxitga juda ko‘p miqdorda virus ajratadi. Shu sababli oksim tarqalishida quyidagilar katta xavf tug‘diradi: sut, sut maqsulotlari, go‘sht, shuningdek, teri, shoxlar, tuyoq, bu yerda virus uzoq vaqt saqlanib turadi. Kasal hayvonlarga qarab turadigan odamlar ham oqsim bilan zararlanishlari mumkin. Oqsim virusi og‘iz shillik pardasi, teri, ayniqsa ularning shikastlangan yuzalariga tushganda yuqadi. Kasallik ko‘proq yoz va kuzda kuzatiladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling