Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Patogenezi va patologik anatomiyasi
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Vaboda kasallik qo‘zg‘atuvchisi odam organizmiga og‘iz orqali suv yoki ovqat mahsulotlari bilan birga tushadi. Vabo vibrionlari ingichka ichakka kirib olib ko‘payadi. Ular o‘t haydovchi sistemada ham ko‘payishi mumkin. Vabo vibrionlari o‘z hayoti davomida ekzotoksin ajratadi, u izotonik suyuqlikning ko‘plab ajralishiga (gipersekretsiyaga) yordam beradi. Me’da-ichak yo‘lida izotonik suyuqlikning tezda yo‘qolishi — barcha kasallik klinik alomatlarining sababi hisoblanadi. Natijada gemokonsentratsiya hodisalari kuzatiladi, giperproteinemiya, leykotsitoz, eritrotsitoz rivojlanib, oraliq va boshqa metabolik, toksinli mahsulotlar to‘planadi.
Klinikasi. Bolalarda kasallikning eng yengil turidan tortib to og‘ir turlarigacha qayd etiladi. Ularda vaboning turli klinik turlarda va xillarda kechishi har xil omillarga bog‘liq bo‘ladi, bunda bolalarning individual va yoshga oid reaktivligi ma’lum o‘rin tutadi. Kattalarda kasallik kechishining turli bosqichlari aniqlanadi. Kichik yoshdagi bolalarda esa kasallik bosqichini hamma vaqt ham belgilab bo‘lmaydi. Bolalarda vaboning inkubatsion, simptomlar kamaygan va klinik sog‘ayish davrlari farq qilinadi. El-Tor vabosida inkubatsion davr 1—2 kundan 5 kungacha, kamdan-kam hollarda esa uzoq muddat davom etishi mumkin. Vaboda ko‘pincha ich ketadi, goho ich ketishidan oldin bola qayt qiladi. Kamdan-kam hollarda bolalarda prodromal simptomlar kuzatiladi. Bolaning ishtahasi kamayadi, injiqlanadi, qorni og‘riydi. Kasallikning ko‘rsatib o‘tilgan simptomlari asosan katta yoshdagi bolalar orasida uchraydi, ba’zi bemorlar ko‘ngil aynishidan noliydilar, bu holat qayt qilishdan oldin paydo bo‘lib, ketidan ich ketadi. Qusuq massalarida dastlab ovqat qoldiqlari bo‘lishi mumkin, keyin unga o‘t, shilliq qo‘shiladi, keyinroq esa ular rangsizlanadi va guruch yuvindisiga o‘xshash, goho qon aralashgan bo‘ladi. Kasallik boshlanganda bola ko‘p qayt qiladi, keyinchalik qusuq kamayadi. Bu xol suyuqlik yo‘qotilishi va suvsizlanishning tez rivojlanishi natijasida kuzatiladi. Bola kuchanaverganidan madori quriydi, vazni yo‘qoladi, yuzi o‘tkirlashib, ko‘zlari ich-ichiga kirib ketadi, ko‘zining tagi ko‘karadi, og‘iz qurib, umumiy toksikoz va eksikozning boshqa tipik alomatlari paydo bo‘ladi. Ilk va kichik yoshdagi kasal bolalarda toksinli sindrom va suvsizlanish belgilari ayniqsa tez rivojlanadi. Bolaning ichi suyuq kelib sariq, sarg‘ish-yashil rangda bo‘lishi mumkin. Kasallik boshlanganidan bir necha soat mobaynida 5—10—20 martagacha ich keladi. Axlat massalari suvga o‘xshash rangsiz bo‘lib, goxo guruch yuvindisiga o‘xshaydi. Ayrim bemorlarda esa axlat massalari go‘sht yuvindisini eslatadi. Vaboda axlat ishqorli reaksiya (rN 7,0—9,0) ga ega, solishtirma og‘irligi qariyb 1002—1014 bo‘ladi. Kasal bolalarda suyuqlik va mineral tuzlarning ko‘p miqdorda yo‘qotilishi natijasida suvsizlanish holati rivojlanadi. Bunda ilk yoshdagi bolalarda og‘ir suvsizlanish holati katta yoshli bolalardagiga qaraganda tezroq rivojlanadi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling