Epidemik mialgiya. Kasallik qorin yoki ko‘krakning quyi yarim sohasida o‘tkir, yuza og‘riq xurujlarining paydo bo‘lishi bilan kechadi.
Klinikasi. Kasallik o‘tkir, shiddatli, ko‘pincha birdaniga boshlanib, et uvishadi, harorat 40° gacha ko‘tariladi, qattiq bosh og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, bemor qayt qiladi, badani qakshab og‘riydi. Birinchn sutkadayoq ko‘krakning ikkala tomonida yoki to‘sh osti sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq azob berganidan bemor yig‘landi, bu hol bemor harakat qilganida, nafas olgudek bo‘lganida, yo‘talganida aniqlanadi. Og‘riq xuruji bir necha daqiqadan 1,5—2 soatgacha, bir kun mobaynida davom etadi. Kasallik 2—6 sutka kech etib qulay kechadi, qaytalanib turadi.
GERPETIK ANGINA
Enterovirus infeksiyasining bu turini asosan A guruhga mansub Koksaki viruslari keltirib chiqaradi. Halqumning shilliq pardasiga gerpetik toshmalar shi kasallikning klinik belgisi xisoblanadi. Bu xastalik bilan asosan kichik yoshdagi bolalar og‘riydilar.
Ichak yoki gastroenterotik turi. Kasallikning bu yni Koksaki va ECHO viruslari keltirib chiqaradi, enterovirus infeksiyasining ichak turida ich ketishi yetakchi simptom bo‘lib hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalarda uchrab turadi. Ichak bilan birga odatda yuqori nafas yo‘llari ham zararlanadi. Ichak infeksiyalari o‘rta darajada ifodalanganda disfunksiya 2—8 hafta davom etadi.
Kasallikning kataral turi (yuqori nafas yo‘llari katari). Etiologiya jihatidan kasallikning bu turi YESNO enteroviruslari bilan bog‘langan. Ilk yoshdagi bolalarda uchrab turadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, xarorat 38-39°S gacha ko‘tariladi. 1 yoki 2-sutkaning oxiriga kelib, tumov, yo‘tal aksirish, halqumda giperemiya kuzatiladi. O‘pkada biroz quruq xirillashlar eshitiladi. Kasallik 7-8 kun davom etadi.
YESNO-ekzantema — Boston isitmasi. Kasallik haroratning 38—40° gacha ko‘tarilishi bilan boshlanib, 2-3 kun saqlanib turadi. Isitmalash jarayonida bosh va ichak og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, ich ketar paydo bo‘ladi. Kataral holatlar, yo‘tal, tumov, angina, konyunktivit ham kuzatilishi mumkin. Kasallikning 1-2-kunida yuzda, gavdada va qo‘l-oyoqlarda och qizil rangli dog‘simon papulyoz yoki polimorf toshmalar paydo bo‘lib, ular 1-2 kun saqlanib turadi, keyin nom-nishonsiz yo‘qolib ketadi, pigmentlar ham qolmaydi. Kasallik yengil o‘tib, batamom sog‘ayish bilan tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |